O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport unversiteti


Mavzu: Gips bo‘tqasining normal quyuqligini aniqlash



Download 2,33 Mb.
bet15/26
Sana10.07.2022
Hajmi2,33 Mb.
#773462
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
AЙК ваРҚТ услубий курсатма 1 қими 2020 2021 Nusxa ko‘chirmoq

Mavzu: Gips bo‘tqasining normal quyuqligini aniqlash
Tabiiy gips toshini pishirishda xumdonning temperaturasini qanchalik oshirsak, yangi xil gipsli bog‘lovchilar hosil bo‘laveradi. Tabiiy gipsni (SaSO4. 2H2O) 120-170 °S qizdirganda, u qisman degidratotsiyalanadi va o‘zidan 1,5 molekula suv yo‘qotadi. Hosil bo‘lgan maxsulot tez quyuklanuvchan va qotuvchan yarim molekulali (SaSO4. 5N2O) qurilish gipsi bo‘ladi. Agar shu tabiiy gipsni yoki angidritni (SaSO4) 600-700 0S gacha qizdirsak angidrid gipsi yoki sement hosil bo‘ladi.
Qurilish gipsi qurilish qorishmalari, qurilish buyumlari tayyorlash, gipsli quruq suvoq, plita, panellar, devorbop tosh va bloklar, memorchilik bezak buyumlari, sement zavodlarida portlandsement tarkibiga qo‘shimcha qo‘shish sifatida va gipsli pussolon portlandsementli bog‘lovchilar olishda qo‘llaniladi.
Gips butqasining normal quyuqligini aniqlash
Normal (optimal) quyuqlikdagi gips bo‘tqasi balandligi 10 sm, ichki diametri 5 sm bo‘lgan latun yoki mis sildindrdan bo‘shatilganda uning doira shaklidagi yoyilgan diametri 18 sm bo‘lishi kerak.

9.1- rasm. Suttarda quyuqlik o‘lchagichi va mis sildindr
Normal quyuqlikdagi gips bo‘tqasi uchun suv gipsning og‘irligiga nisbatan 50-70% bo‘lishi kerak. Bu ko‘rsatkich gips sifatiga ko‘ra o‘zgaradi. Gips bo‘tqasining normal quyuqligi laboratoriyada Suttarda quyuqlik o‘lchagichi asbobida topiladi.
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: Suttarda quyuqlik o‘lchagichi, belkurakcha, gips qorish uchun idish, texnik tarozi, tarozi toshlari, po‘lat chizg‘ich, shisha plastinka, yumshoq latta, sekundomer, gips namuna, suv ish tartibini GOST 23789-18 ga binoan
Ish tartibi
1. Suttarda quyuqlik o‘lchagichi oralig‘i 1.0 sm dan qilib doiralarga bo‘lib chiqilgan, diametri 24 sm li oyna listdan va latun yoki misdan ishlangan silindrdan iborat. Doiralarga bo‘lingan oddiy kog‘oz oyna list ustiga ikkinchi oyna listni qo‘yib uzaro qisib qo‘yiladi va sirti yumshok latta bilan yaxshilab tozalanadi. Uning doira markaziga ichki sirti namlangan latun yoki mis silindr qo‘yiladi va zudlik bilan gips bo‘tkasi tayyorlanadi.
2. Tayyorlangan gipsdan 300 g tortib olinadi va suv (150-210 ml li ya’ni 50-70% gips og‘irligiga nisbatan) tovoqcha qo‘yilib 60 sek. davomida oz-ozdan gips solib belkurakcha bilan bir xil qorishmaga ega bo‘lguncha korishtiriladi hamda 1 min. qorishmani tindirib qo‘yiladi.
Z. Bir minut tindirib bo‘lingandan keyin ikki marta chaqqon harakat
bilan qorishtirib, tezlik bilan silindrga solinadi. Gips bo‘tqasining ortikchasi namlangan po‘lat chizg‘ich bilan sidirib tashlanadi.
4. Gips bo‘tkasi bilan to‘lg‘azilgan silindr tik xolatda 15-20 sm balandlikka o‘ng ko‘l bilan tez ko‘tariladi. Shunda gips bo‘tqasi silindrdan tushib, doira shaklida yoyiladi. Agar yoyilish diametri 18 sm dan kichik bo‘lsa, suv kam qo‘shilganligini, 18 sm dan katta bo‘lsa, suv ko‘p qo‘shilganligini bildiradi. Ushbu sinash gips bo‘tqasining yoyilish diametri 18 sm bo‘lgunga qadar suv miqdorini ko‘paytirib yoki kamaytirib bir necha marta qaytariladi. Tajriba natijasida topilgan suv miqdori (gips og‘irligiga nisbatan % hisobida) shu gips uchun normal quyuqlik darajasi hisoblanadi.
Gips normal quyuqlik darajasini topishga hammasi bo‘lib (gipsni suvga solishdan boshlab to silindrni ko‘targuncha) 2 min. vaqt ketishi kerak.
Qurilish gipsining normal quyuqlanishi suvning miqdori 50 dan to 80% oralig‘ida bo‘ladi. Topilgan natijalar 9.1.-jadvalga yozib boriladi.
9.1.-jadval

Utkazilgan sinovlar

Sinash uchun
Olingan gips
og‘irligi, g

Suv
miqdori, %

Bo‘tqaning suttarda
doirasida yoyilish
diametri, sm

Gips
bo‘tqasining normal
quyuqligi,
%

Eslatma

1.
















2.
















3.
















Xulosa. GOST 125-18 talabiga mos keladi yoki mos kelmasligi tekshirladi.
Bajardi: ____________
Qabul qildi: _________


Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish