O‘zbekistonda MDHga ko‘p rejali munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi mexanizm va bevosita muloqotlar olib borish, davlatlararo muzokaralarni tashkil qilish, jumladan MDH formatida davlat rahbarlari va tegishli idoralar boshliqlari darajasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish maydoni, shuningdek, ko‘p tomonlama hamkorlik shart-sharoitlarini yaratishda manfaatdor bo‘lgan suveren davlatlarning birlashmasi sifatida qarashadi. MDHning 1993-yil 22-yanvardagi Minsk konsensiyasini ko‘rsatish mumkin. Ushbu konsensiya Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Moldova, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida — fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risida bo‘lib O‘zbekiston uni 1993-yil 6-mayda ratifikatsiya qilgan. Ushbu shartnomaga binoan tegishli davlatga ayblanuvchini topshirish to‘g‘risidagi talabnoma yuborilishi kerak. Talabnomada shaxsning familiyasi, ismi sharifi, fuqaroligi, turar joyi, tashqi qiyofasi belgilari, jinoyatdan ko‘rilgan zararning miqdori ko‘rsatiladi. Davlat shaxsni qachon va qayerda topshirishini xabar berishi lozim. Shaxs qidiruvi interpol tizimi orqali ham e’lon qilinishi mumkin. Buning uchun ushbu tashkilotda mavjud bo‘lgan qoidalarga bo‘y sunish lozim bo‘ladi. Xalqaro qidiruv e’lon qilishi uchun mas’ul idoralar Ichki ishlar vazirligi, IIB va O‘zbekiston MMB Interpol bo‘limlari hisoblanadi. Hozirgi paytda xorijda jinoyatchining qidiruvini tashkil etish uchun xalqaro qidiruvning asoslari va tushunchalari ishlab chiqilgan. Unda mazkur qidiruvning asoslari va shartlari, yashiringan shaxslar qidiruvini tashkil etishga tegishli hujjatlar aylanuvi, hamda Interpol MMB tomonidan jinoyatchilarni chet elda aniqlanishi bilan bog‘liq hamkorlik masalalari yoritiladi [8]. Shuningdek, O‘zbekiston MDHning jinoiy ishlar bo‘yicha hamkorlikka oid quyidagi hujjatlariga qo‘shilgan: — “Mahkumlarni jazoni o‘tashlarini davom ettirishlari uchun topshirish to‘g‘risida”gi Konvensiya (1998 yil 6 mart, Moskva) [9]; — “Jinoiy jazolarni ijro etishni tashkil etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida”gi Bitim (1997 yil 12 sentyabr, Baku) [10]; — “Mustaqil davlatlar ichki ishlar vazirliklarining jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorligi to‘g‘risida”gi Bitim (1992 yil 24 aprel, Olma-ota) [11]; — “Mustaqil davlatlar ichki ishlar vazirliklarining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorligi to‘g‘risida”gi Bitim (1994 yil 17 fevral, Ashxabod) [12]. O‘zbekiston Respublikasi MDHning asosiy nizomiy va tarmoq organlari faoliyatida ishtirok etadi. O‘zbekiston Hamdo‘stlik tashkil etilgandan bоshlab uning dоirasida iqtisоdiy intеgratsiyani chuqurlashtirish va yangicha asоsda хo‘jalik alоqalarini jarayonlarga siyosiy tus bеrmagan hоlda amalga оshirish tarafdоri bo‘lgan davlatlar qatoriga kirgan. MDH Ichki ishlar vazirliklarining 1992-yilgi Jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuviga asosan, tomonlar milliy qonunchiligi asosida jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi hamkorlikni quyidagi shakllarda amalga oshiradilar: 1) jinoyat ishlari, tezkor hisobot ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi hujjatlarga oid so‘rovnoma va iltimoslarni bajarish; 2) sodir etilgan va tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyatlar va ularga tegishli shaxslar to‘g‘risida tezkor-qidiruv, tezkor-aniqlov va kriminalistik ma’lumotlar, shuningdek, arxiv ma’lumotlari bilan almashuv; 3) tezkor-qidiruv va protsessual harakatlarni o‘tkazishda ko‘maklashish; 4) ish tajribasi, normativ va qonun hujjatlari, ichki ishlar organlari masalalari bo‘yicha o‘quv adabiyotlar, shuningdek, kadrlar malakasini oshirishda yordam ko‘rsatish; 5) bir-birlarini o‘zaro kelishuv asosida avtomobil, kriminalistik va maxsus texnika, aloqa vositalari bilan ta’minlash; 6) maxsus va boshqa turdagi yuklarni transport vositalari orqali tashishga ko‘maklashish; 7) ichki ishlar organlari ish faoliyati masalalari bo‘yicha ilmiy-texnik ma’lumotlar almashish, hamkorlikda ilmiy izlanishni o‘tkazish, o‘zaro qiziqish uyg‘otayotgan dolzarb muammolar bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish [11].
Do'stlaringiz bilan baham: |