O’zbekiston respublikasi Toshkent davlat transport universiteti



Download 0,53 Mb.
bet7/12
Sana21.03.2022
Hajmi0,53 Mb.
#505234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
mintaqaviy va milliy xavfsizlik

iii. . Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlarning barqaror rivojlanishi va xavfsizligiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday tahdid va xavf-xatarlarga o‘z vaqtida munosib javob qaytarish borasida o‘zaro maqbul yondoshuvlar Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu borada BMT minbaridan turib dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat berayotganligini, bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinayotganligini shuningdek, xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblashini aytib o‘tdi [4]. Bundan tashqari, giyohvand moddalar va ularning noqonuniy aylanmasi dunyodagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston, butun Markaziy Osiyo uchun asosiy giyohvand moddalar xavfi dunyoda opiatlar ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanuvchi qo‘shni Afg‘oniston orqali o‘tadi. Mintaqani MDH mamlakatlari bilan bog‘laydigan transchegaraviy va transkontinental havo, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari giyohvand moddalar kontrabandasi uchun jozibador “tranzit koridorlar” hisoblanadi. Bundan tashqari, xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashning samaradorligini oshirish jahon xaritasida suveren davlat sifatida shakllangan O‘zbekiston Respulikasi uchun ham dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu esa mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlaganida ham namoyon bo‘moqda [5]. Bundan tashqari, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarimizning jamiyatda erkin va farovon yashashlari uchun, iqtisodiyotning yanada rivojlanishi uchun ham jinoyatchilikka barham berish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan Harakatlar Strategiyasining 2.4-bandida ham jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish masalalari [6] kiritilganligi ham yuqoridagi fikrlarni yana bir bora isbotlaydi. Yuqorida keltirilgan omillar sababli O‘zbekiston Respublikasining mintaqadagi jinoyat sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik hamda uning huquqiy asoslarini shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan nafaqat xalqaro jinoyatchilik balki, transmilliy xarakterdagi jinoyatlarga barham berish borasidagi o‘zaro hamkorligini o‘rganib uni tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan, shu sababli ham mintaqaviy tashkilotlar bilan jinoyatchilikka qarshi kurash masalasi va boshqa masalalar yuzasidan ham hamkorlikni oshirishdan manfaatdor hisoblanadi. Ushbu mintaqada jinoyatchilikka qarshi kurash masalasida Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mintaqaviy tashkiloti bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari. Mustaqillikka erishga dastlabki davrlardanoq mamlakatimiz MDH a’zosi hisoblanadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrdagi MDH tuzish to‘g‘risida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim Protokoli asosida tashkil qilingan. Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina MDH ishtirokchi davlatlari hisoblanadi [7]. Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlarning barqaror rivojlanishi va xavfsizligiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday tahdid va xavf-xatarlarga o‘z vaqtida munosib javob qaytarish borasida o‘zaro maqbul yondoshuvlar va kelishilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, muammo va kelishmovchiliklarni hal qilish, MDH hududidagi fuqarolarning o‘zaro muloqot yuritishlari uchun keng imkoniyat yaratdi.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish