Lokomotiv brigadasi (локомотивная бригада). Lokomotivlar, shuningdek, motorvagon poezdlarga xizmat ko’rsatish uchun tayinlanadigan xodimlar.
Kam ishlaydigan uchastkalar (малодеятельные участки). Yo’lovchi va yuk poezdlari grafik bo’yicha (jami) bir kecha-kunduzda ko’pi bilan 8 juft miqdorda o’tadigan uchastkalar.
Manyovr tarkibi (маневровый состав). Manyovrlarni amalga oshiruvchi lokomotiv bilan o’zaro ulashtirilgan vagonlar guruhi.
Postlararo peregon (межпостовой перегон). Yo’l postlari yoki yo’l posti va stansiya bilan chegaralangan peregon.
Do'stlaringiz bilan baham: |