Stansiya navbatchisi (дежурный по станции). Stansiya boshlig’ining almashib turadigan yordamchisi bo’lib, stansiyaning asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llarida (manevr dispetcheri yo’q yo’llarda qolgan yo’llar bo’yicha ham) harakat tarkibining harakatlanishi, poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazib yuborish bo’yicha yakka o’zi buyruq beradi.
Yuk poezdining indeksi (индекс грузового поезда). 10 raqamdan iborat, barcha yuk poezdlariga tuzilish stansiyalarida beriladi. Birinchi to’rt raqam poezd tuzilish stansiyasining yagona tarmoq razmetkasi (ESR), keyingi ikki raqam - ushbu stansiyada tuzilgan tarkibning tartib raqami, oxirgi to’rt raqam - poezdning etib borish stansiyasining yagona tarmoq razmetkasini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |