O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Peregonda poezdning majburiy to’xgashidagi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/119
Sana02.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#311727
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   119
Bog'liq
PTE uz

 

Peregonda poezdning majburiy to’xgashidagi  

hatti-harakatlar tartibi 

 

275.

 Poezdning peregonda majburiy to’xtashida mashinist quyidagilarni bajarishi kerak: 

shoshilinch to’xtash talab etilmasa, poezdni  iloji boricha  yo’lning tekis uchastkasida va 

maydonchada to’xtatish; 

poezdning avtotormozlarini va lokomotivning yordamchi tormozini ish holatiga keltirish; 

peregon  bo’ylab  harakatlanuvchi  lokomotiv  va  motorvagon  poezdlar  mashinistlariga, 

peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilariga to’xtash xaqida radio aloqa orqali xabar berishi 

kerak.  Stansiya  navbatchilari  bu  xaqda  poezd  dispetcheriga  etkazishlari  kerak.  Shuningdek, 

yo’lovchi poezdi boshlig’iga (mexanik-brigadirga) UQT-diapazonli radio aloqa orqali bildirishi 

kerak; 

agar  to’xtash  svetoforning  man  etuvchi  ko’rsatkichi  bilan  bog’liq  bo’lmasa,  uning 

sabablarini va yo’lni davom ettirish mumkinligini aniqlash; 

agar poezd harakati 20 va undan ortiq daqiqa ichida amalga oshmasa va poezdni bir erda 

avtotormoz  bilan  ushlab  turishga  imkon  bo’lmasa,  lokomotiv  qo’l  tormozi  ishga  tushiriladi  va 

tarkibda  mavjud  bo’lgan  qo’l  tormozlarini  (yo’lovchi  vagon  kuzatuvchilari,  konduktorlar, 

xo’jalik poezdida ish rahbari tomonidan) ishga tushirish uchun signal beriladi. Bunday xodimlar 

mavjud  bo’lmagan  poezdlarda  mashinist  yordamchisi  lokomotivda  bor  bo’lgan  tormoz 

boshmoqlarini  g’ildiraklar  ostiga  qo’yib  chiqishi,  ularning  etishmovchiligida  esa,  DATK 

boshqaruvi raisi belgilagan tartibda vagonlarning qo’l tormozlarini ishga tushirishi; 




66 

 

poezd  radio  aloqasi  orqali  stansiya  navbatchisi  yoki  poezd  dispetcheriga  to’xtash 



sabablari va harakatga to’sqinlik qiluvchi vaziyatni bartaraf qilish choralari xaqida  qo’shimcha 

ma’lumot berish. Poezd radio aloqasi nosozligida xabarni telefon aloqasi bor eng yaqin punktdan 

(mashinist  yordamchisi,  konduktor,  yo’lovchi  vagon  kuzatuvchisi,  xo’jalik  poezdida  ish 

boshqaruvchi tomonidan) stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga etkazish; 

poezdga  xizmat  ko’rsatuvchi  barcha  xodimlar  bilan  birgalikda  harakatga  to’sqinlik 

qiluvchi  vaziyatni  bartaraf  etish  uchun  choralar    ko’rish,  kerak  paytda  poezd  va  qo’shni  yo’lni 

to’sib qo’yishni ta’minlash. 

276.

 Peregonda to’xtagan poezdni to’sib qo’yish quyidagicha bajariladi: 

yo’lovchi  poezdini  -  tiklash  va  o’t  o’chirish  poezdi,  shuningdek,  yordamchi  lokomotiv 

talab qilinganda, zudlik bilan, chaqiriqdan so’ng; 

agar  poezd  barcha  signalizatsiya  va  aloqa  vositalarining  tanaffus  paytida  jo’natilgan 

bo’lsa - darhol poezd to’xtaganidan keyin. 

Har  bir  holda  ikki  yo’lli  va  ko’p  yo’lli  peregonning  qo’shni  yo’llari  poezdlar  harakati 

uchun  to’sqinlik  qiluvchi  joy,  birinchi  navbatda  poezd  kutilayotgan  tarafdan  zudlik  bilan 

to’silishi kerak. 

To’sib  qo’yish  tartibi  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarida  signalizatsiya  bo’yicha 

yo’riqnoma  tomonidan,  xodimlarning  hatti  harakat  tartiblari  -  poezdlar  harakati  va  manyovr 

ishlari bo’yicha Yo’riqnomada  o‘rnatiladi. 



277.

  Avtoblokirovkali  uchastkalarda  yo’lovchi  poezdning  peregonda  to’xtab  qolganida 

oxirgi  vagon  kuzatuvchisi  poezd  siganallarining  yaxshi  ko’rinayotganini  tekshirishi,  peregonni 

sinchkovlik  bilan  kuzatishi  va  ketidan  poezd  kelayotganida,  uni  to’xtatish  choralarini  ko’rishi 

kerak. 

278.

  Agar  poezd  yuqorilikka  ko’tarilishda  to’xtab  qolgan  bo’lsa  va  oxirida  suruvchi 

lokomotivi  bo’lmasa,  mashinist,  kerak  bo’lsa,  poezdni  o’sha  peregonning  engilroq  profiliga 

tisarib qo’yishi mumkin. 

Bu holda tisarilayotgan poezdning oldida lokomotiv brigada xodimi, bosh konduktor yoki 

xo’jalik  poezdida  ishlar  rahbari  bo’lishi  kerak.  Tisarilayotgan  poezdning  tezligi  5  km/soat  dan 

oshmasligi kerak. 

Quyidagi hollarda tisarishga ruxsat berilmaydi: 

yo’lovchi poezdlarni; 

avtoblokirovka 

yoki 

avtomatik 



lokomotiv 

signalizatsiya 

bilan 

uskunalangan 



peregonlarda; 

signallarni ko’rish qiyin bo’lgan tuman, bo’ron yoki boshqa noqulay sharoitlarda; 

agarda to’xtab qolgan poezd barcha aloqa va signalizatsiya vositalarining tanaffus paytida 

jo’natilgan bo’lsa. 

Yuqorilikka  ko’tarilishda  to’xtab  qolgan  poezdning  og’irligi  shu  yuqorilikning  joydan 

qo’zg’alish  me’yorlaridan  oshsa  va  uni  tisarishga  ruxsat  etilmasa,  mashinist  darhol  yordamchi 

lokomotiv talab qilishi kerak.  Bunday joylar  ro’yxati va og’irlik me’yorlari DATK  boshqaruvi 

raisining buyrug’i bilan o‘rnatiladi. 



279.

  Poezdning  peregondan  orqaga,  jo’natish  stansiyasiga  qaytishi,  faqat  shu  stansiya 

navbatchisining  farmoyishi  bilan  poezdlar  harakati  va  manyovr  ishlari  bo’yicha  Yo’riqnomada 

belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. 



280.

  Agarda  poezd  to’xtab  qolganidan  so’ng  mustaqil  harakatlana  olmasa,  poezdlar 

harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibda peregondan yordamchi 

lokomotiv  bilan  chiqariladi.  Ushbu  Yo’riqnomada  lokomotiv  brigadalarning  poezd  uzilib 

ketishidagi harakat tartiblari ham o‘rnatiladi. 

Avtoblokirovka va poezd radio aloqasi bilan jihozlangan uchastkalarda peregonda to’xtab 

qolgan poezdga yordam berish uchun ketidan kelayotgan yuk poezdining lokomotivi ishlatilishi 

mumkin,  kamdan-kam  hollarda  me’yordagi  og’irligi  va  uzunlikdagi  ketidan  kelayotgan  poezd 

yordamida surishga ruxsat beriladi. 



67 

 

Peregonda  motorvagon  poezdning  majburiy  to’xtashida  va  uning  keyingi  mustaqil 



harakatlana  olmasligida  unga  ketidan  kelayotgan  motorvagon  poezdni  ulash  va  ikkilangan 

tarkibda stansiyaga chiqarishga ruxsat etiladi. 



281.

  Agar  tiklash,  o’t  o’chirish  poezdi  yoki  yordamchi  lokomotiv  talab  qilingan  bo’lsa, 

to’xtab  qolgan  poezd  talab  qilingan  yordam  kelmaguncha  yoki  harakat  uchun  tegishli  ruxsat 

berilmaguncha harakatini davom ettirishi mumkin emas. 

Tiklash  va  yong’inga  qarshi  kurash  poezdlarni  yoki  yordamchi  lokomotivlarni  talab 

qilish, belgilash va harakat qilish tartibi, shuningdek, peregonlarda ikkita motorvagon poezdlarni 

ulash  va  ularning  keyingi  harakatlanish  tartibi  poezdlar  harakati  va  manyovr  ishlari  bo’yicha 

yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 

 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish