O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Lokomotiv va motorvagon poezdlari mashinistlarining



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/119
Sana02.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#311727
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
Bog'liq
PTE uz

Lokomotiv va motorvagon poezdlari mashinistlarining  

poezdlarni boshqarish tartibi 

 

268.

 Mashinist quyidagilarni bajarishi shart: 

lokomotiv  (motorvagon  poezd)  konstruksiyasini,  xizmat  ko’rsatilayotgan  uchastka 

profilini, unda signallar, signal ko’rsatkichlari va belgilarning joylashuvini va ularning vazifasini 

yaxshi bilishi, poezdlar harakat jadvaliga ega bo’lishi; 

lokomotiv  (motorvagon  poezd)  ni  qabul  qilib  olayotganda  uning  holati,  tormozlar 

faoliyati, radio aloqa, qum berish qurilmalariga alohida e’tibor berishi, lokomotiv texnik ahvoli 

jurnalidagi yozuv bo’yicha lokomotiv avtomat signalizatsiyasi va avtostopning to’g’ri ishlashiga 

ishonch hosil qilishi; 

yong’inga qarshi vositalar va signal vositalarining mavjudligini tekshirishi; 

harakat grafigiga to’la amal qilgan holda poezd harakat xavfsizligini ta’minlashi kerak. 



269.

  Lokomotiv  harakat  tarkibiga  ulangandan  so’ng  mashinist  quyidagilarni  bajarishi 

shart: 



64 

 

lokomotiv  tarkibning  birinchi  vagoni  bilan  to’g’ri  ulangani  va  havo  rukavalarini 



birlashtirilgani, shuningdek, ular orasidagi chetki kranlarning ochilganiga ishonch hosil qilishi; 

tormoz magistralini siqilgan havo bilan to’ldirishi, bosimning pasayishi yo’riqnomadagi 

me’yordan oshib ketmayotganini tekshirishi va avtotormozni ishlatib ko’rishi kerak; 

poezdning  tormozlar  bilan  ta’minlangani  xaqidagi  ma’lumotnoma  olishi,  unda 

ko’rsatilgan  oxirgi  vagonning  nomerini  natura  varag’i  bilan  solishtirib  ko’rishi,  poezddagi 

tormoz bosish kuchi yo’riqnoma me’yorlariga mos kelishini tekshirishi; 

natura varag’i bo’yicha yuk va yuk-yo’lovchi poezdining tarkibi: odamlar, alohida e’tibor 

talab qiladigan yuklar toifasi bilan egallangan vagonlar, shuningdek, ochiq harakat tarkibi bilan 

tanishib chiqishi kerak. 

Agar  lokomotiv  shaxsiy  chaqiriqli  radiostansiya  bilan  jihozlangan  bo’lsa, 

radiostansiyaning boshqaruv pultida poezdga berilgan raqamni o’rnatish kerak. 

Lokomotiv  vagonlari  elektr isitiladigan  yo’lovchi  poezd tarkibiga  biriktirilgandan so’ng 

elektrmexanik  yuqori  voltli  vagonlararo  elektr  ulagichlarni  yoqishi  uchun  mashinist  tok  qabul 

qilgichni tushirishi kerak. 

Avtomatik lokomotiv signalizatsiya bilan jihozlangan uchastkalarda etakchi lokomotiv va 

motorvagon  poezd  mashinisti  stansiyadan  jo’nab  ketishdan  avval  ushbu  qurilmalarni  yoqishi, 

radio  aloqa  bilan  jihozlangan  uchastkalarda  esa  radio  aloqa  yoqilganiga  ishonch  hosil  qilib, 

yo’lovchi  poezdi  boshlig’i  (mexanik-brigadir)  bilan  aloqa  borligini  chaqirish  yo’li  bilan 

tekshirishi kerak. 

270.

  Poezdni  boshqarishda  mashinist  va  uning  yordamchisi  quyidagilarni  bajarishlari 

kerak: 

yo’lning bo’shligi, signal, signal ko’rsatkichlari va belgilarni kuzatishi, ularning talabini 

bajarishi va svetoforlar uzatayotgan barcha signallarni, yo’l va poezddan yuborilayotgan to’xtash 

va tezlikni pasaytirish xaqida signallarni bir-biriga etkazishi kerak; 

poezdning  holati  va  butligini,  elektrlashtirilgan  uchastkalarda  esa  kontakt  tarmog’i 

holatini ham kuzatishi kerak; 

lokomotiv ishining xavfsizligi va to’xtovsizligini nazorat qiluvchi asboblar ko’rsatkichiga 

ahamiyat berishi; 

elektr  energiyasi  va  yonilg’idan  iqtisodli  foydalanilganda  lokomotiv  quvvatini  oqilona 

ishlatishni ta’minlashi; 

stansiyaga  kirishda  va  stansiya  yo’llaridan  o’tishda  belgilangan  signallarni  uzatishi, 

strelka ko’rsatkichlari bo’yicha marshrutning to’g’riligiga,  yo’lning bo’shligiga hamda stansiya 

xodimlari tomonidan uzatilayotgan signallarga ahamiyat berishi, shuningdek, qo’shni yo’llardagi 

poezdlar  harakati  va  manyovr  ishlarga  ahamiyat  berib,  harakat  xavfsizligiga  xavf  tug’ilgan 

holatlarda to’xtash uchun choralar ko’rishi kerak. 

Stansiyada  poezd  to’xtaganidan  keyin  unda  nosozliklar  aniqlansa,  mashinist  bu  xaqda 

stansiya  navbatchisiga,  markazlashtirilgan  dispetcherlik  uchastkalarida  esa  poezd  dispetcheriga 

zudlik bilan xabar berishi kerak. 

Stansiyada  to’xtash  zarurati  tug’ilsa,  mashinist  poezdni  qabul  qilish  yo’lining  chiqish 

svetoforini (chiqish svetofori yo’q joyda chegaraviy ustunchani) o’tib ketmay to’xtatishi kerak. 

Bunda  yuk  poezdining  lokomotivi  chiqish  signali  (uning  yo’qligida–chegaraviy  ustunchalar) 

oldida to’xtatilishi kerak. Mashinist poezdni chiqish signaliga etmasdan oldin to’xtatishi uchun, 

poezd  aloqasi  bo’yicha  stansiya  navbatchisi  orqali,  butun  tarkib  qabul  qilish  yo’lining  foydali 

uzunlik chegarasida joylashganiga ishonch hosil qilishi kerak. 

Yo’nalish  bo’ylab  avtoblokirovka  svetoforlarida  nosozliklar,  yo’l,  kontakt  tarmog’i, 

boshqa  inshoot  va  qurilmalariga  zarar  etishi,  qo’shni  yo’llardagi  poezdlarda  nosozliklar 

aniqlanganida,  mashinist  bu  xaqida  eng  yaqin  stansiya  navbatchisi  yoki  poezd  dispetcheriga 

xabar  berishi  kerak.  Poezd  radio  aloqasi  mavjud  bo’lganida,  ushbu  nosozliklar  xaqida 

ma’lumotni  mashinist  radio  orqali  eng  yaqin  stansiya  navbatchisiga  yoki  poezd  dispetcheriga, 

kerak bo’lsa qo’shni yo’l bo’ylab harakatlanayotgan poezd mashinistiga etkazishi kerak. 



271.

 Poezdni boshqarayotganda mashinist quyidagilarni bajarishi kerak: 




65 

 

tormoz  qurilmalarini  shay  holda  tutishi,  yo’l  davomida  ularni  tekshirib  borishi,  bosh 



rezervuar va magistralda bosimning DATK tomonidan belgilangan me’yordan pasayib ketishiga 

yo’l qo’ymasligi; 

tezlikni  pasaytirish  va  boshqa  doimiy  signallarning  man  etuvchi  ko’rsatkichlari  tezlikni 

pasaytirishni talab qilsa, xizmat tormozlashini qo’llab to’xtash signalini o’tib ketmasdan poezdni 

to’xtatishi, tezlikni kamaytirish signalida esa, ushbu signal uchun belgilangan tezlikda o’tishi; 

neytral  qo’ymani  chegaralovchi  signal  belgisini  20  km/soat  dan  kam  bo’lmagan 

(lokomotivining unda to’xtab qolmasligi uchun) tezlik bilan o’tishi; 

to’satdan  to’xtash  signali  uzatilganda  yoki  to’siq  paydo  bo’lganda  poezdni  to’xtashi 

uchun shoshilinch ravishda tormozlash vositasini qo’llashi; 

kuchli  tuman,  jala,  bo’ronlarda  poezdni  o’ta  ehtiyotkorlik  bilan  boshqarishi  va  harakat 

xavfsizligini ta’minlash uchun kerak paytda tezlikni pasaytirishi. 

272.

 Yo’l davomida mashinistga quyidagilar man etiladi: 

ushbu Qoidalar, DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan belgilangan, shuningdek, berilgan 

ogohlantirishlar va signal ko’rsatkichlarida ko’rsatilgan tezlikni oshirish; 

lokomotiv, motorvagon harakat tarkibini boshqarishdan, unga xizmat ko’rsatishdan, yo’l 

holati va signallarni kuzatishdan chalg’ish; 

to’g’ri ishlayotgan xavfsizlik qurilmalarini o’chirish yoki ularning ishiga aralashish; 

lokomotivda  poezd  boshqaruvini  ta’minlovchi  tortish  qurilmasining  buzilishida  va  uni 

bartaraf etishning iloji bo’lmaganda peregonlarga jo’nash. 

273.

 Poezd harakatini etakchi lokomotiv mashinisti boshqaradi. Boshqa lokomotivlar, shu 

jumladan  suruvchi  lokomotivlarning  mashinistlari  etakchi  lokomotiv  mashinistining  ko’rsatma 

va signallariga rioya qilib ularni takrorlashlari kerak. 

Suruvchi  lokomotivlarnnng  ish  tartibi  DATK  boshqaruvi  raisi  tomonidan  tasdiqlangan 

yo’riqnomalarda o‘rnatiladi. 



274.

 Lokomotivning ish kabinasida lokomotiv brigadasi tarkibiga kirmaydigan shaxslarni 

olib  yurish  taqiqlanadi,  konduktorlar  (tuzish  brigadasi),  bir  vaqtning  o’zida  DATK  tomonidan 

belgilangan  tartibda  ruxsatnomasi  bo’lgan  soni  ikkitadan  oshmagan  mansabdor  shaxslar  olib 

yurish bundan mustasno. 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish