O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Poezdlarning harakatlanish tartibi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/119
Sana02.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#311727
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119
Bog'liq
PTE uz

Poezdlarning harakatlanish tartibi 

 

262.

  Yo’lovchi  va  yuk  poezdlarining  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llari  tizimida 

yo’l  qo’yiladigan  eng  katta  tezliklari  yo’l  tuzilishi  va  harakat  tarkibining  turiga  ko’ra  DATK 

boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

Peregonlar va stansiyalardagi poezdlar harakat tezligi DATK boshqaruvi raisi tomonidan 

o‘rnatiladi va poezdlar harakat grafigida ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, yon yo’lga chiqishdagi 

harakat  tezligi  krestovina  markasi  1/11  va  undan  tikroq  strelka  o’tkazgichlari  bo’yicha  40 

km/soat  dan  oshmasligi,  yo’lovchi  poezdlarining  1/9  krestovina  markali  strelka  o’tkazgichlari 

bo’yicha  tezligi  25  km/soat  dan  oshmasligi,  1/11  krestovina  markali  R65  turidagi  relslardan 

o’tkazishda  50  km/soat  dan  oshmasligi,  1/11  krestovina  markali  simmetrik  strelka 

o’tkazgichlaridan 70 km/soat dan oshmasligi, 1/18 krestovina markali o’tkazgichlar bo’yicha 80 

km/soat dan oshmasligi kerak. 

Yo’lovchi va yuk poezdlari uchun bitta sariq (lipillamayotgan) chiroqli svetofordan o’tish 

tezligi 60 km/soat dan oshmasligi kerak. 

Avtoblokirovka  bilan  jihozlangan  uchastkada  keyingi  svetofordan  tormoz  yo’lidan  kam 

masofada  joylashgan  bitta  (lipillamayotgan)  sariq  chiroqli  svetoforni,  avtoblokirovka  bilan 

jihozlanmagan  uchastkada  esa  asosiy  signaldan  to’liq  xizmat  tormozlashdagi  tormoz  yo’lidan 

kam  bo’lgan  masofada  joylashgan  svetoforni  DATK  boshqaruvi  raisi  tomonidan  belgilangan 

tezlikdan oshmagan holda o’tishga ruxsat beriladi. 

Poezdning vagonlari bilan oldinga harakatlanish tezligi 25 km/soat dan oshmasligi kerak; 

xo’jalik  poezdlari  uchun  lokomotiv  va  yo’l  mashinasida  radio  aloqa  bo’lgan  taqdirda  yo’l 

mashinalari,  tiklash  va  o’t  o’chirish  poezdlarining  konstruksiyasiga  ko’ra  40  km/soat  dan 

oshmasligi kerak. Qor tozalovchilarning harakat tezligi ushbu mashina va poezdlarning pasport 

ma’lumotlariga ko’ra DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

(262  band  beshinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).

 

Boshi  berk  stansiya  yo’llariga  qabul  qilishda  poezd  harakat  tezligi  qabul  qilish  yo’li 



boshida 25 km/soat dan oshmasligi kerak. 

Motorvagon poezdning harakat tezligi yo’lning bo’sh uchastkasiga qabul qilinishda, shu 

yo’lning  keyingi  uchastkasi  boshqa  motorvagon  poezd  bilan  band  bo’lganida  20  km/soat  dan 

oshmasligi kerak. 

Tezlikni  kamaytirishni  talab  qiladigan  joyda  harakat  tezligi  DATK  boshqaruvi  raisining 

qaror va ogohlantirishida ko’rsatilgan tezlikka mos bo’lishi, ko’rsatmalarning yo’qligida esa 25 

km/soat dan oshmasligi kerak. 

263. 

Poezdlarning  yo’nalish  vaqtida  lokomotiv  brigadalarining  alohida  hushyorligini 

ta’minlash  va  ularni  ishlarni  amalga  oshirish  xaqida  ogohlantirish  kerak  bo’lgan  taqdirda 

poezdlarga yozma ogohlantirishlar topshiriladi. 

Ogohlantirishlar quyidagi hollarda topshiriladi: 

yo’l,  kontakt  tarmoq  qurilmalari,  pereezd  signalizatsiyasi,  sun’iy  va  boshqa  inshootlar 

nosozligida,  shuningdek,  yo’lda  to’xtash  yoki  tezlikni  kamaytirishni  talab  qiladigan  ta’mir  va 

qurilish ishlarida; 

signalizatsiya  va  aloqa  vositalarining  yangi  turlarini  foydalanishga  topshirishda, 

shuningdek,  yangi  svetoforlarni  yoqishda,  eskilarini  ko’chirishda  va  bartaraf  qilishda,  ularni 

yopiq holatga keltirib bo’lmaydigan nosozliklarda; 

yo’l avtomatik signalizatsiya qurilmalarining nosozligida; 




63 

 

ortish  gabaritlaridan  tashqariga  chiqqan  yuklar  ortilgan  poezdni  jo’natishda  ushbu 



poezdning  yo’nalishi  davomida tezlikni  pasaytirish  yoki  alohida sharoitlarga rioya qilish  kerak 

bo’lganda; 

ikki  yo’lli  peregonda  qor  tozalagich,  ballaster,  yo’l  yotqizuvchi,  ko’tarma  kran,  shag’al 

tozalagich va boshqa mashinalar ishlaganda; 

berilgan uchastka uchun belgilangan tezlik bilan harakatlana olmaydigan harakat tarkibini 

poezdga biriktirganda; 

ko’rish  sharoiti  yomon  bo’lganida  olib  qo’yiladigan  harakat  birliklari  bilan  ishlashda, 

shuningdek, yo’l vagonchalarida og’ir yuklarni tashishda; 

yo’lda  poezdni  to’xtatish  yoki  tezlikni  pasaytirish  kerak  bo’lgan  boshqa  barcha 

holatlarda,  shuningdek,  lokomotiv  brigadalarni  poezd  alohida  sharoitda  harakatlanayotgani 

xaqida ogohlantirish kerak bo’lganida. 

Poezdlarga  ogohlantirishlarni  topshirish  poezdlar  harakati  va  manyovr  ishlari  bo’yicha 

Yo’riqnoma belgilagan tartibda amalga oshiriladi. 

264.

  Ikki  yo’lli  peregonlarda  har  bir  asosiy  yo’l,  odatda,  poezdlarning  bir  yo’nalishida 

harakatlanishiga xizmat qiladi. 

Uch  yoki  to’rt  izli (yo’llarni tutashuvida) uchastkalarda poezdlar harakatini  tashkil etish 

tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

265.

 Poezdlar harakatini tartibga solish uchun poezd dispetcheri buyrug’i bilan poezdlarni 

noto’g’ri yo’ldan jo’natish qo’llanishi mumkin. 

Yo’lovchi  poezdlarni  noto’g’ri  yo’ldan  jo’natishga  YADM  ning  smena  bo’yicha 

o’rinbosari qarori bilan har biri alohida vaziyat uchun istisno tariqasida yo’l qo’yiladi. 

Noto’g’ri  yo’ldan  harakatlanishda  harakat  xavfsizligini  ta’minlash  choralari  poezdlar 

harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 

266.

  Zarur  hollarda  poezdlarni  bir-biriga  ulash  qo’llanishi  mumkin.  Bunda  bir-biriga 

ulangan poezdlarning har biri bosh qismida ishlab turgan lokomotivlar bilan yo’l bosadi. 

Poezlarning  bunday  harakatlanishini  tashkil  etish  DATK  ning  amaldagi  yo’riqnomasiga 

ko’ra o‘rnatiladi. 

267.

  Poezdlarning  vagonlarni  oldinga  qo’yib  harakatlanishiga  quyidagi  hollarda  yo’l 

qo’yiladi: 

shahobcha yo’llariga borishda va orqaga qaytishda; 

xo’jalik, tiklash va o’t o’chirish poezdlarining harakatlanishida. 

Bunday poezdning bosh qismida harakat yo’nalinsh tomonga qaragan o’tish maydonchali 

vagon  qo’yilib,  uning  ustida  yo’lning  bo’shligini  nazorat  qiluvchi,  harakat  xavfsizligiga  yoki 

inson  hayotiga  xavf  tug’diruvchi  vaziyatda  poezdni  to’xtatish  uchun  chora  ko’ruvchi  xodim 

turishi kerak. 

 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish