O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI
“AMALIY DIPLOMATIYA” kafedrasi
Mavzu: Xitoy Xalq Respublikasining diplomatiyasi
(so’zlar miqdori 6666 ta)
Bajardi: Mirzakarimov Sh.
Ilmiy rahbar: Saipov Z.
Toshkent - 2010
Xitoy Xalq Respublikasining diplomatiyasi
REJA:
Kirish
XXRning XXI asr dunyo siyosatidagi o’rni va uning milliy manfaatlari
Xitoyning global siyosati va uning ustuvor yo’nalishlari
Zamonaviy dipomatiyaning o’ziga xosligi (O’rta Osiyo misolida)
O`zbekiston Respublikasi diplomatiyasini rivojlantirish uchun tavsiyalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mavzuning nazariy asosi
Men o’z kurs ishimni yozish jarayonida shunga amin bo’ldimki. Xitoy Xalq Respublikasining olib borayotgan tashqi va ichki siyosatiga ijobiy baho bermaslikning iloji yo’q. Mavzuning dolzarbligi shundaki, Xitoy qisqa vaqt ichida ham iqtisodiy ham siyosiy jihatdan o’zining dunyo siyosatidagi o’rnini mustahkamlashga erishdi. U nafaqat Osiyoning balki butun dunyoning iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi kuchga ega bo’lganini inkor etib bo’lmaydi. Xitoy hukumatining olib borayotgan siyosati shuni ko’rdatadiki, Xitoyning dunyo siyosatida ochiqchasiga yetakchilikni qo’lga olishga intilmayotgan bo’lsa ham, buni egallashga bo’lgan ulkan salohiyati sababli bu o’ringa urushlarsiz va ochiqlik siyosati orqali erishishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Dunyoning ko’zga ko’ringan ekspertlari tomonidan XXI asrni “Xitoy asri’ bo’lishini ta’kidlayotganliklari ham fikrimni tasdiqlaydi. Rasmiy Pekin o’zining iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlaridan oqilona foydalanmoqda, u o`z rivojlanishini tinchliksevar va sulhparvar xususiyatga egaligiga, iqtisodiyoti va qudratining o`sishi hech kim xavfsizligiga tahdid solmasligiga , aksincha, sheriklarga tashqi iqtisodiy imkoniyatlarni birgalikda yuksaltirishga olib kelishiga ishontirmoqda.
Ushbu kurs ishida aynan shu muammoga ya`ni hozirgi dunyo hamjamiyatida Xitoy Xalq Respublikasining rivojlanishi qanday xususiyatga ega ekanligiga, XXI asr yangi dunyo tartibotini vujudga keltirishda uning o`rni va rolini yoritib berish, uning dunyo davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo, madaniy aloqalarini olib borayotganligni ( Markaziy Osiyo misolida) yoritib berishga bagi`shlangan.
Umuman olganda, mavzuning dolzarbligini quyidagi omillar bilan belgilash mumkin:
birinchidan, Xitoyning o`sishi va uning jahon iqtisodiyoti va jahon siyosiy tizimiga kuchli ta`sir ko`rsatayotgani, shuni ta’kidlash kerakki, agar mamlakatda qandaydir iqtisodiy tanazzul yoki ishlab chiqarishda pasayish vujudga keladigan bo’lsa, bu bevosita dunyo davlatlarini iqtisodiy tizimini izdan chiqishiga sabab bo’ladi.
ikkinchidan, Xitoyda tinchliksevarlik siyosatini olib borayotgan bo’lishiga qamasdan, uning iqtisodiy va harbiy salohiyatning o`sishi natijasda Xitoy diplomatiyasi ta`sir doiralarini kengaytirish talabi bilan chiqishi mumkinligi, bu esa mavjud dunyo tartibotini Pekin manfaatlari yo`liga o`zgartirishi ehtimolligi;
uchinchidan, XXI asrda Xitoy yangi dunyo tartibotini shakllantirishga bo’lgan harakati va bu harakatda dunyoning yetakchi davlatlari bilan birgalikda faoliyat olib borayorganligi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Xitoy hukumati olib borayotgan diplomatiyasini tahlil qilish, uning XXI asr dunyo siyosatida tutadigan o’rni va ahamiyatini aniqlash, uning muammoli vaziyatlar chiqganda tutadigan pozitsiyasini aniqlash, o’z tinchliksevar siyosatining bosh maqsadlarini aniqlash, XXI asrda dunyodan kutayorgan, intilayotgan manfaatlari va dunyoning Xitoydan kutayotgan masalalarini yoritishga qaratilgan.
Kurs ishining ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
XXI asr xalqaro munosabatlarida Xitoyning o’rni va ahamiyatini aniqlash;
Mintaqaviy va global muhitda Xitoyning tutgan o`rni va rolini aniqlash;
Xitoyning XXI asrda olib boradigan tashqi ustuvor yo’nalishlari aniqlash;
Dunyo siyosatida Xitoyning ochiqlik siyosatining o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini oydinlashtirish;
Globalizatsiya muammosiga Xitoyning munosabatini aniqlash;
Xitoyning diplomatiyasining o’z geopolitik muammolariga yechimini aniqlash;
Xitoy tashqi siyosat strategiyasining harbiy qismining ahamiyatini ko’rsatish;
Xitoy milliy xavfsizlik konsepsiyasini yoritib berish hamda
Xitoyning energetik xavfsizlikni ta’minlashdagi siyosatini aniqlash.
Kurs ishining nazariy asosi. Ilmiy ish davomida xitoyshunoslari (Mixeyev, Berger, Bajanov, Bjezenski, Hantington, Aykenberri, Frimen, Lyu Szaysi, Pey Minsen) ilmiy maqolalari va ilmiy asarlaridan, qolaversa shu masalaga bag`ishlangan turli adabiyotlardan foydalanildi. Bundan tashqari internet sahifalarida chop etilgan maqolalar va ma`lumotlar, xususan Xitoy Xalq Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti ... hamda chinadayly.com, china.rg.ru, XXRning rasmiy saytidan, Karnegi fondi ma`lumotlaridan keng foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |