Zamonaviy dipomatiyaning o’ziga xosligi (O’rta Osiyo misolida)
Sovet Ittifoqi parchalanguncha bo’lgan davrda XXRning shimoliy-g’arbiy frontlaridagi, ya’ni Markaziy Osiyo bilan chegaradosh chegarasidagi siyosatini bir so’z bilan ifodalash mumkin edi, bu – musofa. 1991-yil Sovet Ittifoqining parchalanishi va keyinchalik vujudga kelgan besh mustaqil Markaziy Osiyo Respublikalari: O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston Yevrosiyoning geoplitik manzarasini tubdan o’zgartirib yubordi.
XXR ham Markaziy Osiyo mintaqasiga chegaradosh bo’lgan davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, Eron va Afg’oniston) kabi o’z chegaralari bilan bo’gliq bo’lgan geopolitik vaziyatga duch keldi.
Xitoyning Xinjiang Uyg’ur avtonom hududi Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston bilan 3 300 kilometr umumiy chegaraga ega15. Sovet Ittifoqi davrida Xitoyning shimoliy va g’arbiy chegaralari sovet armiyasi sababli xavf ostida qolgan edi. 1954-yil Xitoy hukumati davlatning yangi hududlari kiritilgan xaritani amalga tadbiq etadi. Bu xaritada Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Xitoy hududi sifatida belgilanadi va Xitoy hukumati bu hududlar 1880-yil Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan o’z e’tirozlarini bildiradi. 1986-yil Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Bosh Sekretari Mixail Gorbachevning taklifi bilan Vladivostokda sovet-xitoy chegaralari bahslari hal qilish uchun muzokaralar boshlanadi16. Garchi 1987-yil Moskva va Beijing chegaralarni hal qilish uchun ko’p bahslar olib borishiga qaramay, Sovet Ittifoqining qulashi muammoni yechimsiz qolishiga sabab bo’ldi.
Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin, Xitoy hukumati o’zining g’arbiy chegaralaridan havotir ola boshlaydi. Shu sababli 1991-yil avgust oyida Xitoy vitse-prezidenti Vang Zen XXOA (Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi) yordamida “ Vatanni birligi va ijtimoiy xavfsizligini taminlovchi” kumush qo’rg’on qurdirishni boshlab yuboradi, ammo Xitoyning keyingi siyosati(yaxshi qo’shnichilik siyosati) bu qo’rg’onni yo’qotilishiga sabab bo’ldi. 1990-yillar boshida shu ma’lum bo’ldiki, Xitoy hukumati barqaror vaziyatni saqlab qolgan holda Rossiya federatsiyasi va Markaziy Osiyo Respublikalari bilan bog’liq bo’lgan chegara muammosini hal qilish kerak bo’lgan eng asosiy masalalar sifatida qaraldi. 1996- va 1999-yillarda XXR va Qirg’iziston hukumati bilan chegaralarni tartibga soluvchi ikkita protokol imzolanadi17. Ularning birinchisida Qirg’iziston Respiblikasi Xitoyga 30 000 ming gektar hududini beradi, ikkinchisida esa 95 000 gektar berishiga to’gri keladi. Xitoy hukumati 2002-yil may oyida Qozog’iston Respublikasi bilan Pekinda “Chegaralarni demarkatsiya qilish haqida” protokol imzolashadi va ikki davlar o’rtasida 1740 kilometr chegara o’rnatiladi. Bu chegaraning asosi sifatida XVIII asrda Rossiya imperiyasi va Xitoyning Qing sulolasi tomonidan belgilangan chegara olinadi. Tojikiston Respublikasi va XXR o’rtasidagi chegara masalasi 2002-yil may oyida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Pekinga qilgan rasmiy tashrifidan boshlanadi. Tojik hukumatining Xitoyga 1 000 kilometr kvadrat hududuni berishi va Xitoy hukumatining tojikistonning 28 000 km. kv. Hududidan da’vosini voz kechishi hisobida muzokaralar o’z yechmini topadi18.
Keyinchalik energetika muammo, “Buyuk Ipak yo’lini” qayta yo’lga qo’yish va xalqaro xavf solayotgan terrorizm, diniy eksterimizm va qora dori savdosi bilan kurashish Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda olib borayoygan bosh masalalar sifatida maydonga chiqdi.
O’tgan 20 yil oralig’ida Xitoy va Markaziy Osiyo Respublikalari bilan yaqin va do’stona aloqalarni o’rnatibgina qolmay, chegaralar blan bo’gliq tushunmovchililarni oydinlashtirishga, terroristik tahdidlarni yengishga, etnik millatchilik va diniy ekstremizmdan halos bo’lishga muvaffaq bo’ldi.
XXR va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi yaxshi siyosiy hamkorlikning asosi bo’lib hizmat qiladi. Tarihga nazar tashlaydiga bo’lsak ham miloddan avvalgi XI asrda bu Markaziy Osiyo va Xitoy o’rtasidagi ilk savdo aloqarining mavjud bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Miloddan avvalgi II asrda Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari dastlabgi diplomatic aloqalarni o’rnatgan. Buyuk Ipak Yo’li esa o’rtadagi aloqalarni yanada rivojlanishining poydevori vazifasini bajargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |