O`zbekiston Respublikasi diplomatiyasini rivojlantirish uchun tavsiyalar
Sovet Ittifoqi parchalanib ketgandan keyin vujudga kelgan mustaqil Markaziy Osiyo davlatlari yevrosiyo siyotiy maydonida katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Natijada mintaqada dunyoning yetakchi davlatlarining, AQSh, Rossiya va Xiyotning, manfaatlari bir joyda to’qnashdi. O’zbekistonning Markaziy Osiyoning yuragida joylashganligi esa ushbu raqobatlashuv maydoninidan chetda qolmasligi kerakligini anglatadi.
Xitoyning dunyo siyosatida olib boradigan siyosati uning tinchlikka asoslangan tamoyillariga asoslangan bo’lsada, uning Markaziy Osiyoda olib borayotgan asl maqsadi buning aksini ko’rsatadi, ya’ni Xitoy hukumati mintaqada kuchlar muvozanati va ko’p qutblilikni taklif qilsada, u o’zi taklif qilayotgan kuchlar muvozanatida yetakchi bo’lishga intilmoqda. O’zbekiston Respublikasi diplomatiyasi yangi vujudga kelayotgan kuchlar muvozanatida o’zining muhim o’rnini egallashga harakat qilishi hamda mintaqada hech qaysi davlatning ro’li oshib ketmasligiga harakat qilishi kerak. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hukumati mintaqada o’z ta’sir doirasini kiritishga harakat qilayotgan har bir davlatning asl maqsadlarini anglagan holda ular bilan hamkorlikni kengaytishi hamda bu davlatlar bilan teng hamkorlik qilishga harakat qilishi kerak deb o’ylayman.
Markaziy Osiyo mintaqasida Xitoyning ahamiyati o’sib borishi O’zbekiston uchun o’zining salbiy va ijobiy hususiyat kasb etadi. Ijobiy hususiyatlarda quyidagilarni kuzatishimiz mumkin:
Xitoyning Markaziy Osiyo energetika tizimiga bo’lgan qiziqishi va mintaqada yangi energiya zahiralarini topib, ularni ishlab chiqarish uchun kiritayotgan sarmoyasi, O’zbekistonni energetikasini yanada boyitishga hizmat qiladi;
O’zbekiston Xitoy blan bevosita chegaraga ega bo’lmasada, Xitoy Xalq Respublikasi hududidan Uzoq Sharqqa chiqish uchun transport koridori sifatida foydalanishi mumkin;
Xitoyning tinchlikka asoslangan siyosati va terrorizm, narkobiznes, diniy fundamentalizm muammolariga munosabati O`zbekistonniki bilan bir xilligi, ikki tomonlama hamkorlikning yanada samarali bo’lishini ta’minlaydi ;
O`zbekiston xitoy omilini bu mintaqadagi boshqa o`yinchilarni (Rossiya, AQSH) muvozanatda saqlab turishga yordam beradi;
Xitoyning yadro qurolini tarqatmaslik, yadro sinovlarini o`tkazmaslik siyosatini yuritayotgani hamda Markazi Osiyoning yadro qurolidan holi hudud ekanligi xavfsizlikni ta’minlaydi va aloqalarni yangi bosqichga chiqishiga yordan beradi.
Salbiy xususiyatlariga kelsak, ular quyidagilardan iborat:
Xitoy hukumatining Markaziy Osiyo energetikasiga qiziqishinig salbiy jihati, mintaqa davlatlarining Xitoy bilan cheklanib qolishiga sabab bo’lishi mumkin;
Xitoy hukumatining mintaqadagi boshqa manfaatdorlarni o’yindan chiqishga intilayotganligi, bu esa Xitoyning o’z ta’sir doirasini kengaytirishga harakatidan dalolat beradi;
Xitoyning Markaziy Osiyo bozorini egallashga qilayotgan harakati. Buning natijasida, O’zbekiston bozorlarining xitoy tavorlariga to’lishi va Xotoyda qandaydir salbiy holat bo’lgan holda ichki bozorimizda beqarorlik vujudga kelishiga sabab bo’lish ehtimolligi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Xitoy bilan diplomatik aloqalarni davom ettiradigan bo’lsa, hukumatimiz o’z oldiga qo’ygan tashqi maqsadlariga erishishi yanada tezlashadi degan fikrdaman.
Shunday qilib, O`zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi bilan o`zaro manfaatdorlik asosidagi o`rnatilgan munosabatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O`zbekistonning Xitoy bilan iqtisodiy va savdo munosabatlarini o`rnatishi uning iqtisodiyotining rivojlanishiga yordam beradi.
Xulosa
Ushbu kurs ishini yozish davomida shunga ishonch hosil qildimki, ichki va tashqi muammolarga qaramasdan Xitoy hukumati o’z oldiga qo’ygan tashqi siyosatini a’lo darajada olib bormoqda. Xitoyning iqtisodiy sohada yetakchi davlat bo’lishi mumkinligi esa uning dunyo siyosatidagi o’rnini yanada mustahkamlab bormoqda.
Xitoy hukumati tomonidan qabul qilingan tashqi siyosatning olti tamoyili va uni amalda oqilona ishlatilishi ham Xitoyning tashqi siyosatidagi yutug’laridan biri sifatida qarayman. So’nggi yillarda Xitoy hukumatining dunyodagi deyarli barcha masalalarni hal qilishda faol qatnashayotganligi va xitoylik diplomatlarning o’z ishlarini ortig’i bilan bajarayotganliklarini kuzatishimiz mumkun.
XXI asrda Xitoyning gegemoniyaga qarshiligi, uchinchi dunyo mamlakatlarini qo’llayotganligi, xalqaro tashkilotlar doirasida o’z ta’sir doirasini kengaytirayotganligi, iqtisodiy rivojlanishda yetakchilikni qo’lga olayotganligi uning dunyo siyosatida yetakchi davlat bo’lishiga yordam berishiga hech kim shubha bildirmasa kerak. Hukumatning “reforma va oshiqlik” siyosati esa bevosita boshqa davlatlarning xitoy bozorlariga kirishga qiziqishni oshirmoqda.
Xitoy globalizatsiya muammosiga ikki xil munosabat bildiradi, lekin har ikki qarashda ham uning ijobiy tomonlaridan maksimum foydalanish va salbiy taraflaridan minimum zarar ko’rish nazarda tutiladi. Xitoy iqtisodiy, siyosiy, harbiy, ijtimoiy jihatdan dunyodagi yetakchi mamlakatga aylanib borar ekan, globalizatsiya muammosi bilan to’qnash kelishi aniq va tashqi iqtisodiy tamoyillarga asoslangan holda uni samarali hal etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni ishga solishi lozim.
Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyodagi har qanday geosiyosiy muammoni hal qilishda o’z ustunligi ko’rsatish va bu mintaqada joylashmagan mamlakatni uni hal etishga aralashtirmaslik tamoyiliga asoslanadi. Shuning uchun, Tayvan muammosini yechishda Xitoy puxta o’ylangan va rejalashtirilgan harakat olib bormoqda va AQSHning bunga o’z e’tiborini qaratishiga qarshi choralar ko’rmoqda. Xitoy Tayvan muammosi AQSH-Xitoy raqobatining bir ko’rinishi ekanligini yaxshi tushinib, bu maqsadga yetishish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga tayyorligi e’tirof etadi.
Xitoy “xalq urushi” deb nomlangan yangi xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqdi va unga ko’ra XXR zamonaviy qurollangan kuchli armiyaga ega bo’lishi lozim. So’nggi yillarda XXRning harbiy maqsadlarga sarflaydigan xarajatlari ancha ortdi va bu uning harbiy qudrati ortishida namoyon bo’ldi. 2050-yilda borib Xitoyning harbiy qudrati AQSHniki bilan teng bo’lishi ehtimoli esa buni yana bir bor tasdiqlaydi.
Xitoyning iqtisodiy taraqqiyoti ulkan resurs manbalariga ega bo’lish shartini talab etadi. Bunda energetika xavfsizligini ta’minlash asosiy muammo bo’lib, XXR bu muammoni hal etish uchun kompleks reja asosidagi harakatlar olib bormoqda. Asosiy e’tibor energiya transportirovkasida Xitoy kemalaridan foydalanish, energiya zahiralarini qidirib topishda Xitoy kapitali va texnologiyasidan foydalanishga berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |