O’zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi



Download 165 Kb.
bet4/9
Sana17.07.2021
Hajmi165 Kb.
#122000
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chiqaramiz1

Janubi-Sharqiy Osiyo va Xitoyning geopolitik muammolari

XXR tashqi siyosatining Janubi-Sharqiy Osiyodagi asosiy maqsadlaridan biri bu regionda, avvalo, ASEAN zonasida Xitoy ta’sirini mustahkamlashdan iborat. Bunda Pekin iqtisodiy va siyosiy instrumentlarni birgalikda qo’llaydi. Bu regiondagi radikal geopolitik o’zgarishlar bilan bog’liq.

90-yillarning boshlarida bu hududda xorijiy harbiy kuchlarning keskin kamayishi kuzatildi, xorijiy mamlakatlarning, xususan, AQSHning Filippindagi Klark-Fild va Subik-Bey kabi yirik harbiy bazalari yopildi. Bu davrda Janubi-Sharqiy Osiyodagi xalqaro munosabatlarning geopolitika tamoyillari asosidagi paradigmasidan geoiqtisodiyot tamoyillari asosidagi boshqa paradigmasiga o’tish jarayoni sodir bo’ldi.

Xitoy 1998-yildagi moliyaviy inqiroz tufayli kelib chiqqan antiamerika kayfiyati to’lqinidan samarali foydalandi. O’sha paytda Vashington sekinlashdi va eng muammoli vaziyatda Pekin bu region mamlakatlari iqtisodiyotini himoya qilish uchun 1 milliard AQSH dollari miqdorida mablag’ ajratdi. Inqirozdan keyingi davrda Xitoyning Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi iqtisodiy faoliyati ASEAN mamlakatlari vakillarining o’zlari e’tirof etganlaridek, iqtisodiy barqarorlik, xavfsizlik va iqtisodiy yaqinlashish omili sifatida Xitoy bilan aloqalarni kuchaytirishga yo’naltirilgan edi. Inqiroz Janubi-Sharqiy Osiyoda Xitoyning ta’siri oshishi uchun katta imkon yaratdi7.

Shu bilan birga Xitoyning murakkab va ilm-fan sig’imi yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslangan rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilishi qochib bo’lmas hodisadir. Bu oxir-oqibat Janubi-Sharqiy Osiyoda AQSHning siqib chiqarilishi va uning ta’siri kamayishiga olib keladi. Xitoy regional iqtisodiy o’sishning lokomotivi hisoblanadi. Xitoy iqtisodiyotining dinamizmi Sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Avvalo, Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan XXRga bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar eksporti hisobiga Osiyo regioni ichki savdo va Xitoyda asta-sekin ko’payib borayotgan savdo defitsiti oshadi.

Xitoy hali Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik investorga aylanmadi, lekin avval Yaponiya, keyin Janubiy Koreya kabi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining sanoat ishlab chiqarishiga yirik ommaviy qo’yilmalar kiritmoqda. Shu bilan birga regionning sanoat ishlab chiqaruvchilari Xitoy tomonidan, ayniqsa uning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lganidan so’ng yirik raqobatga uchramoqdalar. Mehnat sig’imi yuqori bo’lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, masalan, elektron komponentlarni yig’ishda ASEAN mamlakatlari Xitoyning qattiq raqobatiga duch keldilar. Bir vaqtda bu bilan Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyo bozorini egallamoqda.

Bunda ASEAN mamlakatlarining o’zlari Xitoyning iqtisodiy hukmronlikni o’rnatishiga yo’l ochib bermoqdalar. ASEAN a’zolari 2001-yil noyabr oyida yaqin o’n yillikda faqat Xitoy bilan erkin savdo zonasi tashkil etilishi haqida bitim imzoladilar. Bir vaqtda Xitoy o’z muvaffaqiyatlarini diplomatik faoliyatning iqtisodiyot sohasida mustahkamlashga shoshildi. Lekin Pekinda ASEAN mamlakatlari AQSHning demokratiya va inson huquqlari tamoyillariga nisbatan yangi munosabat bildirayotganliklari sezildi va bu AQSHning o’z iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash va strategik hamda geopolitik muammolarini hal etishdagi bir vositasi ekanligi ta’kidlandi.

Janubi-Sharqiy Osiyodagi geopolitik vaziyat paradoksi shundan iboratki, regionda AQSHning siyosati tufayli uning ta’siri kamaysa yoki zaiflashsa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Spratli, Koreya yarimoroli, Tayvan kabi olovli nuqtalar mavjudligini hisobga olgan holda, birinchi navbatda, Yaponiya va Xitoy bu siyosiy vakuumni to’ldirishga urinadilar. Bu Janubi-Sharqiy Osiyoga harbiy-siyosiy balansni buzilishiga olib kelishi mumkin.



XXR tashqi siyosat strategiyasining harbiy qismi

XXR tashqi siyosati, uning geopolitik ta’siri va hatto iqtisodiy va texnologik rivojlanishining muhim elementi harbiy qurilish hisoblanadi.

XXRda mudofaa xarajatlarining o’sishi (yillik rasman – 7,9%, G’arb mamlakatlari hisobiga ko’ra – 17%) YAIM o’sishidan yuqoridir. Xitoyda harbiy xarajatlarning 15 yildan buyon o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda, lekin oxirgi yillarda, xususan, 1997-yilda 2000-yilga qadar XXR qurolli kuchlari safini yarim millionga kamaytirish va 2,6 million nafarga yetkazish qarori qabul qilinganidan so’ng bu nisbatan jiddiy qamrovlarni o’z ichiga oldi. Xitoy strateglari XXOA(Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi) 2050-yilda dunyoning eng yetakchi armiyalaridan biri bo’lishi kerak deb hisoblaydilar. XXOA islohotlari uning professionallashuvini va modernizatsiya qilinishini nazarda tutadi8.

Birinchi marta tashqi siyosiy muhit tahlili sohasida qudratli ilmiy-tekshirish instituti tashkil etildi. Xarajatlarning asosiy bo’g’ini – yangi qurollanishni yaratishdir. Xitoy bu bo’g’inga AQSHga qarshi bo’lgan mamlakatlarga qurol sotishdan tushadigan daromadni ham sarflaydi.

2001-yilda Xitoy quruqlikdagi kuchlari islohotlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Bu davrdan boshlab XXOA haqiqatan jahon talablariga javob beradigan va o’rtachadan yuqoriroq rivojlanish darajasiga ega armiyaga aylandi. Xitoy armiyasini professionallashtirish va restrukturizatsiya qilish ketma-ket olib borilmoqda.

Xitoyning 1600 km. uzoqlikdagi Rossiya aviatsiyasiga egalik qilishi XXOA ning qo’liga strategic ahamiyatga ega qurolni beradi. 2010-yilgacha Xitoy 1000dan ortiq zamonaviy harbiy samolyotlar parkiga ega bo’ladi. Shunday qilib, XXR va Tayvan o’rtasidagi va XXR va ASEAN o’rtasidagi kuchlar nisbati Xitoyning foydasiga keskin o’zgaradi.

Rossiyaning Xitoyga qurol-yarog’ va yangi texnologiyalarni eksport qilishi Osiyoda va butun dunyoda harbiy-strategik balansning qo’zg’alishiga sabab bo’ladi va bu Rossiyaning va barcha MDH mamlakatlarining milliy xavfsizligi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin9. Xitoy harbiy doktrinasi yadro kuchini oddiy tartibda ishga solishni ilgari suradi. Bunda Xitoy o’z siyosiy maqsadlariga erishish uchun yadro qurolini ishga solish xavfidan foydalanishi ehtimoli paydo bo’ladi. Xitoy hisob-kitoblariga ko’ra yadro kuchini ishga solish tahdidi orqali Tayvan tufayli konflikt kelib chiqqan vaqtda AQSHni chetga surish mumkin va Xitoyning oddiy kuchlarda ustunligi harbiy-siyosiy vazifalarga erishish, avvalo, Tayvanning qo’shilishi uchun samarali ishlatilishi mumkin.

Amerika harbiy bilimlar akademiyasi fikricha, 2020-yilga kelib, Xitoyning barcha umummilliy yordami AQSHniki bilan tom ma’noda taqqoslaydigan darajaga yetadi va dunyoning istalgan mamlakatinikidan oshadi. Xitoy o’zining nisbiy energetik mustaqilligini saqlab qolish uchun harbiy-dengiz flotini zo’r berib rivojlantiradi. Aniqki, Xitoyning bunday harakatlari Indoneziya kabi dengiz davlatlarni cho’chitadi va xavfga soladi. XXI asrning harbiy-dengiz gonkalari asosi va arenasi yaratiladi.




Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish