O’zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi


Xitoyning global siyosati va uning ustuvor yo’nalishlari



Download 165 Kb.
bet3/9
Sana17.07.2021
Hajmi165 Kb.
#122000
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chiqaramiz1

Xitoyning global siyosati va uning ustuvor yo’nalishlari

Xitoy va globalizatsiya muammosi

Xitoy yetakchilarining tashqi siyosat prioritetlarni aniqlashdagi zamonaviy yondashuvlari asosida globalizatsiyaga nisbatan pragmatik va muallaq munosabat yotadi. Globalizatsiyaga xitoycha yondashuv bu hodisani ikki xil qabul qilishga asoslangan. Bir tarafdan, Xitoy globalizatsiya imkoniyatlaridan islohotlar manfaati yo’lida foydalansa, ikkinchi tarafdan, uning Xitoy iqtisodiyoti va ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga xavfidan saqlanish uchun foydalanadi.

Xitoy elitasi ichida “liberallar” (Xitoy iqtisodiyoti va Xitoy jamiyati globalizatsiyasi tarafdorlari) va “yangi chaplar” o’rtasida munozaralar kuchaymoqda. Liberallar Xitoy-Amerika munosabatlari yaxshilanishini Xitoyning globallashayotgan dunyo talablariga moslashishi sharti deb hisoblaydilar. Yangi chaplar globalizatsiyada AQSHning butun dunyoda va Xitoyda o’z ta’sirini oshirishga qaratilgan hiyla-nayrangini ko’radilar5.

Xitoyning globalizatsiyaga yondashuvi mashhur siyosat va iqtisodiyotni bo’lish tamoyiliga asoslanadi. XXRning globalizatsiya jarayoniga jalb etilishining asosiy yo’nalishlaridan biri integratsiyagacha bo’lgan uzoq yo’ldagi iqtisodiy globalizatsiya bosqichining zaruriy sharti bo’lgan regionalizatsiyada qatnashish hisoblanadi. Xitoy regional va subregional, ayniqsa Sharqiy Osiyo davlatlari guruhi bilan hamkorlikka faol qo’shilishi kerak. Shu tarzda, globalizatsiya sharoitida Xitoy o’z chegarasi atrofidagi holatni barqarorlashtirish, diplomatik aloqalar hali mavjud bo’lmagan davlatlar bilan ularni o’rnatish hamda qolgan davlatlar, shu jumladan, Rossiya bilan mo’tadil aloqalarni saqlab turish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.

Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash va milliy suverenitetni himoya qilish maqsadida Xitoy quyidagi yangi tashqi iqtisodiy tamoyillarga tayanadi6.

Birinchi tamoyil: rivojlanayotgan mamlakatlar osishning ichki manbalaridan foydalanib, globalizatsiyaning chaqiriqlariga javob bera olishlari uchun Janub – Janub chizig’i bo’yicha hamkorlikni kengaytirishlari lozim.

Ikkinchi tamoyil: Shimol – Janub yo’nalishida aloqalarni yaxshilash va dialoglarni rivojlantirish. Bu sohada Xitoy hukumati qashshoq mamlakatlarda farovonlikning oshishi hammaning, xususan, rivojlangan davlatlarning ham g’amxo’rlik doirasida ekanligini ta’kidlaydi.

Uchinchi tamoyil: xalqaro ishlarda barcha mamlakatlarning tenglik asosida va adolatli raqobat ruhida qatnashishlari.

To’rtinchi tamoyil: barcha mamlakatlarni kelajakka boqishga va o’zaro manfaat va tenglik asosida uzoq muddatli va barqaror hamkorlik aloqalarini o’rnatishga chaqirish.

Aniqki, Xitoy globalizatsiya sharoitida davlat suverenitetini saqlashni tashqi siyosatning bosh va birinchi navbatdagi vazifasi deb hisoblaydi, u turli bahonalar ostidagi suverenitetni buzishga doimo qarshi chiqadi.

Xitoy “globalizatsiya poygasi”da qatnashish zarurligidan kelib chiqadi, lekin bunda o’zini qanday himoya qilish va qanday muvaffaqiyatga erishish mumkinligini yaxshi anglab, ehtiyotkorona harakat qilish kerak, deb hisoblaydi. Xitoy tahlilchilari globalizatsiyani obyektiv reallik sifatida tan olib va “globalizatsiyadan oddiygina qo’rqmay, unga moslashish”ga chaqirib, aynan rivojlangan davlatlar “globalizatsiyadan ko’proq manfaatlarga ega ekan”liklarini ta’kidlaydilar.

AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya globallashayotgan va o’sayotgan Xitoyning yangi realligi bilan to’qnashib, unga nisbatan o’z munosabatlari strategiyalarini o’zgartirishga majbur bo’ldilar. Bunda gap Xitoyning jalb qilinishi haqida emas, balki uning oshib borayotgan iqtisodiy va siyosiy o’rniga moslashish haqida ketmoqda. Xitoy tomonidan jahon iqtisodiyotiga strategik chaqiruv, ya’ni iqtisodiyotining o’sishi va soni jihatdan ko’p bo’lgan dehqonlar farovonligining oshishi ostida Xitoy “dunyo fabrikasi” bo’libgina qolmay, sotib olish qobiliyatiga ega talabning global “qora tuynug”I bo’lib qolmoqda. Jahon siyosatida Xitoy o’z global va regional manfaatlarini hisobga olishni majburiy talab etadigan kuchga aylandi, biroq buning hali G’arb demokratiyasiga begona ekanligi muvofiq xalqaro rejim va mexanizmlar paydo bo’lishini qiyinlashtirmoqda.

AQSH va Sharqiy Osiyoning bozor-demokratik (ya’ni capitalist va G’arbga hayrixoh bo’lgan) yadrosi Pekinga nisbatan munosabatda ikki xil siyosatga ega. Birinchisi – Xitoyni ushlab turish. Lekin vaqt o’tishi bilan ushlab turish siyosatini olib borish qiyinlashib boradi: Xitoy iqtisodiy jihatdan jahon va regional rivojlanishda muhim harakatlantiruvchi omilga aylanib boradi va uning yangi muammolar va xavflarni hal etishda oshib boradi. Ikkinchisi – Xitoy bilan teng huquqli harbiy-siyosiy sherik sifatida yangi aloqalarni o’rnatish.


Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish