O’zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi


XXRning XXI asr dunyo siyosatidagi o’rni va uning milliy manfaatlari



Download 165 Kb.
bet2/9
Sana17.07.2021
Hajmi165 Kb.
#122000
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chiqaramiz1

XXRning XXI asr dunyo siyosatidagi o’rni va uning milliy manfaatlari

Xitoy hukumati 2003-yilda o’zining tashqi siyosati va diplomatiyasining o’ziga xos ustivor yo’nalishlari o’zida aks ettirgan olti tamoyilni katta siyosat maydoniga olib chiqadi1. Bular:

  1. Xitoy hukumati xalqlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda doim mustaqil va erkin tamoyillarga amal qiladi;

  2. Xitoy davlati gegemonlikka qarshi va butun dunyoda tinchlikni himoya qilish tarafdori;

  3. Xitoy butun dunyoda adolatli, yangi xalqaro siyosiy va iqtisodiy tizimni yaratishda ko'maklashadi;

  4. Xitoy davlati tinch totuv yashashning besh tamoyili asosida dunyoning barcha davlatlari bilan do'stona hamkorlikni yaratish va rivojlantirishni hohlaydi;

  5. Xitoy hukumati tashqi dunyo bilan keng aloqalarini ko’p tomonlama siyosat olib borish orqali amalga oshiradi;

  6. Xitoy davlati butun dunyoda tinchlikni o'rnatishda asosiy kuch sifatida ko'p tomonlama xalqaro diplomatik tadbirlarda faol ishtirok etadi.

Bu tamoyillar 1982-yilgi Xitoy tashqi siyosatida ishlab chiqilgan tamoyillaridan kelib chiqib ularga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilgan holda yanada takomillashtirildi.

So’nggi 20 yil davomidagida dunyo siyosatda katta o’zgarishlar davri desak to’gri bo’ladi, xalqaro vaziyat va mamlakatdagi holat juda katta o’zgarishlarga uchradi. Shu jumladan, Xitoy tashqi siyosati ham o’z rivojlanishida to’g’ri yo’lni tanladi. Umuman olganda, Xitoy hukumati mustaqil va tinch tashqi siyosat olib borish siyosatini tanladi. Bu siyosatning asosiy maqsadlari: Xitoy mustaqilligini suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, barcha davlatlar bilan do’stona munosabatlari va hamkorliklarini olib borish, modernizatsiya va islohotlar uchun mo’tadil xalqaro va kerakli muhitni yaratish dunyoda tinchlikni himoya qilish va o’zaro rivojlanishda hamkorlik qilish.

Xitoy hukumati mustaqil tinch tashqi siyosatda juda ulkan muvaffaqqiyatlarga erishdi. Hozirgacha Xitoy hukumati 185 ta davlatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatdi. U 135 ta xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlarda ishtirok etadi, 220 dan ortiq mamlakat va hududlar bilan iqtisodiy va madaniy hamkorliklarni olib boradi, 150 dan ortiq mamlakatlar bilan ilmiy-texnik hamkorliklarni o’rnatgan. Xitoy xalqaro muammolarni hal etishda ahamiyatli o’rin kasb etadi.2

XXR XXI asrda o’z tashqi siyosatini olib borishda o’zing global strategiyasini ishlab chiqgan. Unda birinchi navbatda XXR ochiqlik siyosati va XXR reformalarini o’tkazish uchun qulay xalqaro sharoitni yaratish hamda dunyo hamjamiyatining rivojlangan davlatlari bilan do’stona aloqalarni qo’llab-quvvatlash va qo’shnilar bilan aloqalarni yaxshi qo’shnichilik tamoyiliga asosan olib borishni o’z oldiga qo’yadi. Hu Szintao boshchiligidagi hukumat oldida hammaga ochiq va oydin masala bu – “tarihiy haqqoniylikni va Buyuk Xitoyni tiklash”. Bu maqsadni amalga oshirishda Xitoy hukumati oldida turgan masalar quyidagilar: Tayvanni o’z tarkibiga qaytarish; Xitoyning Tibet va Sintsyan (G’arbiy Turkiston) ustidan suverenitetini kafolatlash; Xitoyning qayta tiklangan hududlari uchun strategiya ishlab chiqish.

Yuqoridagi fikrdan kelib chiqadigan bo’lsak, XXR tashqi siyosatini ichki siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi bilan bog’liq ravishda olib boradi. XXR iqtisodiyotining to’xtovsiz o’sishi rasmiy Pekinning tashqi siyosiy va geosiyosiy jihatdan keng qamrovli siosat olib borishiga qulay vaziyat yaratib bermoqda.

XXI asrda XXR tashqi siyosatini uch global yo’nalishda olib borishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan va shu yo’nalishlarda faoliyat olib bormoqda3, bular:



  1. Global miqyosda – XXRning global miqyosda o’z o’rnini globallashuv jarayonida yaxshi natijalarga erishish; Xitoy – AQSh va Xitoy – G’arb davlatlari munosabatlarini yanada mustahkamlash; Jahon Savdo Tashkiloti bilan munosabatlarni olib borish; geoiqtisodiy muammolarni hal qilish; Xitoy xavfsizlik siyosati;

  2. XXRning Osiyodagi siyosati- Xitoy – Hindiston va Xitoy – Pokiston monosabatlari; XXR tashqi siyosiy strategiyasida Janubiy-Sharqiy va Janubiy Osiyo manlakatlari bilan hamkotlik qilish; Janubiy-g’arbiy Osiyo va unda XXRning manfaatlari; O’rta va Yaqin Sharq bilan munosabatlari;

  3. XXR va Yevrosiyo - Xitoy – Rossiya munosabatlari; XXRning markaziy osiyodagi strtegiyasi; Yevrosiyoda Xitoyning energetik loyihalari;

Bugungi kunda XXRning tashqi siyosati uning hozirgi kundagi siyosiy va strategik vazifalari bilan uzviy bog’langan holda olib borilmoqda. XXI asrdagi o’zgarishlar quyidagilarni ko’rsatadiki:

Birinchidan: XXR hukumati umumiy rivojlanish konsepsiyasidan jamiyatning keng qo’llaniladigan sohalarini rivojlantirish konsepsiyasiga o’tdi. Buni taminlagan holda “reforma va oshiqlik” siyosatini davom ettirish va mustahkamlashni to’xtatmaslik.

Ikkinchidan: butun dunyoviy globallashuv jarayonida qatnashish va umumiy iqtisodiy tizimni integratsiya qilishga urinmoqda. Bunga misol tariqasida XXRning 2001-yil Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lganini ko’rishimiz mumkin.

Uchinchidan: XXR hukumatining xalqaro vaziyatni baholab, dunyo siyosatidagi XXI asrdagi asosiy masala tinchlik va tinchlik qo’li bilan rivojlanish masalasi ekanligi ta’kidlanmoqda. Bundan kelib chiqib, XXR hukumati barcha davlatlar bilan do’stona va barqaror rivojlanish siyosatini olib bormoqda.

Yuqoridagi fikrni davom ettirgan holda, shuni laohida ta’kidlash joizki XXR hukumati XXI asrga o’tar ekan asr boshida ya’ni 2003-yil o’zining yangi tashqi siyosiy konsepsiyasini ishlab chiqdi4, unda quyidagi yo’nalishlarni ko’rishimiz mumkin:


  • XXR faqatgina tinch yo’l bilan tashqi siyosat olib boradi va rivojlanadi. Xitoy hukumati boshchiligida olib borilgan tahliliy ishlar shuni ko’rsatdiki, dunyoning sobiq yetakchi davlatlari (Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Sobiq Sovet Ittifoqi va boshqalar) o’z ta’sir doirasini kuchaytirish uchun kurashlar olib borib o’z gegemoniyasidan mahrum bo’lishdi. Bukardan xulosa qilgan holda XXR hukumati rivojlanishni tinch yo’lini tanladi.

  • XXR hozirgi dunyoda vujudga kelgan vaziyatlardan o’z imkoniyatlaridan kelib chiqgan holda foydalanishi kerak. Bular orasida iqtisodiy va ijtimoiy infrastrukturani rivojlanishini o’ylagan holda imkoniyatlardan foydalanish asosiy hisoblanadi.

  • XXR rivojlanishining bosh omili uning kuchli salohiyati ekanligi. XXR o’zi mustaqil holda rivojlanish yo’lini tanlashi va uning asosida tashqi va ichki siyosati olib borishi, ichki bozorni yanada kengaytirishi, zahiradagi ishchi kuchni doim tayyor bo’lishini, valyutaning katta zahirasini yaratishni, ijtimoiy sohani rivojlantirgan holda Xitoy xalqining badiiy-madaniy kuchuni, salohiyatini taminlashi kerak.

  • XXR ajralib alohida rivojlanish siyosatini olib bormasligi kerak. XXR “Reforma va Ochiqlik” siyosati asosida tashqi dunyo bilan mustahkam aloqa o’rnatishi kerak. Bu siyosat keying Xitoy avlodlari tomonidan “Buyuk Xitoyni yaratish” uchun davom ettirilishi kerakligi hukumat oldidagi bosh masala sifatida qaraladi.

To’rtinchidan: tinch tashqi siyosat olib borish masalasi. XIX asrning 80-yillarida boshlangan bu siyosat XXRning jahon siyosatida o’zining holati va imkoniyatidan kelib chiqgan holda xalqaro o’zniga ega bo’lishiga sabab bo’ldi. Xitoyning bu siyosatining bosh maqsadi barqaror xalqaro muhitni yaratish va davlatning muvoffaqiyatli modernizatsiyasini taminlash hisoblanadi.


Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish