Tayanch iboralar: mustaqil ta’lim, mohiyati, tashkil etish, metodika, shakllar, kurs ishi(loyihasi), tayorlash, metodika.
Mustaqil ta’limda qo’llaniladigan eng muhim metodlardan biri kitob ustida ishlashdir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga o’quv axborotini uning o’ziga xos sur'atda va qulay vaqtda olishini ta'minlaydi. o’quv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funksiyalarni barchasini bajaradi.
Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblarni yoki para-graflarni sinchiklab o’qish, berilgan materialni o’rganish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu metodning qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikatsiyalarda qo’llash mumkin.
Kitob ustida ishlash talaba uchun murakkab va qiyin metod sanaladi. Juda ko’p talabalar o’qishni bilganlari holda kitob bilan ishlashni yetarli darajada bilmay yoki o’qiganlarining ma'nosiga to’liq yetmagan holda bitiradilar. Bunga sabab nima?
Nima sababdan o’quvchilar ham, talabalar ham o’quv adabiyotlari bilan ishlashni qiyin ko’rishadi?
Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot o’tkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi:
Birinchidan, darsliklar, ko’pincha noaniq, mujmal yozilgan bo’ladi, hech bo’lmaganda matnni tushunish uchun zarur bo’lgan barcha axborotni kamdan-kam holatda qamrab oladi.
Ikkinchidan, kitobxon noaniq yozilgan matnga, tushunmagan so’zga duch kelgach, tipik holatda o’zini passiv tutadi, ya'ni eng osoni kitobni yopib qo’ya qoladi.
Uchinchidan, o’quvchi, talabalar ko’pincha bir adabiyotdan zarur axborotni barchasini olishni ko’zlashadi.
Shuning uchun amerikalik pedagoglar tomonidan o’quvchi, talabalarni kitob ustida ishlashlarini faollashtirish maqsadida «muallifdan so’rang» metodi ishlab chiqilgan. Bu metodni qo’llab darsni boshlashdan oldin o’qituvchi buyuk faylasuflardan Suqrotning yozma nutq haqidagi shikoyatini boshqacha tarzda ifodalab, yozilgan matn doimo tushunarli bo’lavermaydi. Uni tushunmagani uchun o’quvchi aybli emas. Odatda, gapirayotgan kishining nutqida tushunilmagan gapni, so’zni so’zlovchiga savol berib, uni kengroq tushuntirib berishini so’raymiz. Yozma matn, ya'ni kitob ma'nosi tushunarli bo’lmasa, uni tushuntirib berishlarini so’rash mumkin emas. Faqat bunda uni kursdoshlari tushuntirib berishi yoki o’zi harakat qilishi mumkin, deya tushuntiradi.
Buning uchun o’qituvchi talabadan matnda nima yozilganini tushunishni ana shu metod yordamida o’rganishi mumkinligini ko’rsatadi. Bu organilayotgan fan bo’yicha darslik, o’quv qo’llanmasi yoki gazeta, jurnallarda chop etilgan bevosita o’rganilayotgan mavzuga taalluqli ilmiy maqolalar bo’lishi mumkin.
Bunda o’qituvchi talabalarga mavzu bo’yicha o’quv adabiyotidan paragraf yoki biron parchani o’qishni taklif etadi. So’ngra o’qituvchi talabalaiga:
Aytinglarchi, muallif bu yerda nima haqida gapirayapti? degan savolni beradi. Talabalar javob bergach, o’qituvchi gap nima haqida ketayotganligiga yakun yasaydi. Hamda aniqroq, tushunarliroq bo’lishi uchun siz bu fikrni qanday ifodalagan bo’lardingiz? degan savol bilan murojaat qiladi.
Bu metodni boshqacha variantda, dars o’tishni uch kursga bo’lib quyidagicha qo’llash mumkin:
Dastlab, o’qituvchi talabalaiga kitob yoki ilmiy maqolani o’qib chiqib, tushunmagan jumla, fikrni alohida ajratib daftarga yozishni topshiradi.
So’ngra, ikkinchi kursda muallif nima haqida fikr yuritayotgani, u nima demoqchi ekani muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |