Tasma simptomi (Konchalovskiy-Rumiel-Leepe simptomi). Arterial bosimni o’lchash apparati rezinali tasma yoki manjetni yelka o’rta qismiga qo’yiladi. Bunda venoz oqim to’xtatilib, arterial qon kelishi saqlanishi kerak, pulьs tirsak arteriyasida saqlanadi. Manjet qo’yilgandan so’ng, bosim sistolik bosimgacha ko’tariladi. 3-5 minutdan keyin tirsak bukilgan joyi va bilakda teri qaraladi. Normada teri o’zgarmaydi, terida – tomirlarning yuqori sinuvchanligida petexial toshma paydo bo’ladi. 4-5ta petexial elementlar paydo bo’lsa, bu patologiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |