O’mrov usti va tagi limfa tugunlari ham sog’lom bolalarda paypaslanmaydi.
Qo’ltiq osti limfa tugunlari mushak chuqurchasida joylashgan.
Bolalarda qo’ltiq osti limfa tugunlarini paypaslash uchun boladan qo’lini tekshiruvchi tomonga olib borish so’raladi, bu paytda tekshiruvchi barmog’ini qo’ltiq osti soxasiga kiritadi. SHundan so’ng boladan qo’lini tushirish so’raladi va tekshiruvchi ko’krak qafasi yuzasida bu tugunlarni paypaslashi mumkin.
Tirsak yoki kubital limfa tugunlarini tekshirish uchun tekshiruvchi chap qo’l barmoqlari bilan qarama - qarshi qo’l yelka pastki qismi tekshirilayotgan bolaning qarama-qarshi qo’lini ushlaydi, uning qo’lini tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak ostida bukadi va o’ng qo’l ko’rsatgich va o’rta barmoqlari bilan ko’ndalang sakrovchi harakat bilan sulcus bicipitalis medialis tirsak soxasida va undan yuqorida paypaslanadi. Normada qo’ltiq osti va kubital limfa tugunlari paypaslanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |