1. Angioblast davri yoki embriondan tashkaridagi davri 2-3 xafta davom etadi. Birinchi qon ishlab chikaruvchi nuktalar, embrionni qon ishlovchi orolchalarida paydo bulib, bular tuxumdon kopchigini devorlariga joylashgan buladi va mezenxema tukimasini yigindisidan iborat buladi. Bu qon orolchalarini periferik xujayralari yassilanib, keyinchalik qon tomirlarni endoteliya tukimasiga aylanadi.
Embrion tarakkiyotini 4-5 xaftasidan boshlab rivojlanishni 2 boskichi ekstramedulyar, ya’ni jigar qon ishlab chikarish davri boshlanadi. Bu davrni boshlanishida qon xamma joyda, qon tomirlaridan tashkarida ishlab chikarila boshlaydi, lekin tez orada qon ishlab chikarish asosan jigarda takomillashadi.
Jigarda qon ishlab chikarishni jadalligi xomilalikni 5 oyligigacha davom etib, keyin sekin asta kamayib bolani tugilish vaktiga kelib butunlay tuxtaydi.
Xomilalikni 3 oyligidan boshlab embrionda jigar bilan bir katorda talok xam qon ishlab chikara boshlaydi, lekin bunda asosan limfotsitlar ishlab chikariladi. Bu davrda xomilada eritropoez yaxshi rivojlangan bulib, leyko va trombopoez u kadar yaxshi rivojlanmagan buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |