O’PKA ARTERIYaSINING CHEGARALANGAN STENOZI.
Gemodinamika
o’ng qorinchadan qon chiqish yo’lida to’siq;
o’ng qorinchada bosimning ortishi;
o’ng qorincha mushagi gipertrofiyasi va diastolik bosimni ortishi;
o’ng bo’lmacha gipertrofiyasi va dilyatatsiyasi
Klinikasi:
jismoniy zo’riqishda hansirash, yurak soxasida ogrik, koronar qon aylanishining yetishmovchiligi.
bo’yin tomirlarining bo’rtishi va pulьsatsiyasi, yurak turtkisining kuchayishi, o’pka arteriyasi proektsiyasida sistolik titrash,
yurak o’lchamlarining o’ngga kattalashuvi
I-tonning kuchayishi, o’pka arteriyasi ustida II-tonning keskin susayishi yoki eshitilmasligi, o’pka arteriyasi ustida sistolik shovqin.
Rasm 5. O’pka arteriyasining chegaralangan klapanli stenozida gemodinamikasi.
FALLO TETRADASI
Fallo tetradasi - eng ko’p uchraydigan «ko’k» nuqson. Erta yoshli bolalarda yurak tug’ma nuqsonlari orasida 10-30%ni tashkil etadi. Fallo tetradasi 4 ta komponentni o’z ichiga oladi: o’pka arteriyasining torayishi, qorinchalararo to’siqning yuqori nuqsoni, aortaning dekstrapozitsiyasi, o’ng qorincha gipertrofiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |