-de Toni-Debre-Fankoni sindromida (glyukozafosfataminli diabet, vitamin h-rezistentli raxit, nanizm) xam poliuriya kuzatiladi, bunda raxitga o’xshash skelet deformatsiyasi, buyrak proksimal naychalari yetishmovchilik simptomlari bilan birga (glyukozuriya, aminoatsiduriya, fosfaturiyalar) o’sish va rivojlanishning orqada qolishi, poliuriya kuzatiladi. Distal kanalchalar atsidozi, buyrak tuzli diabeti (psevdogipoalьdosteronizm, retseptorli gipoalьdosteronizm), Barber sindromi (yukstraglomerulyar apparat giperplaziyasi), shuningdek poliuriya bilan birga kechadi. Poliuriya giperparateriozda, Konna sindromida (vaqti-vaqti bilan kechadigan poliuriya, adinamiya, gipertenziya, gipokaliemiya sababli falajlar, DIDMOAD sindromi (diabets insiridus, diabets mellitus, opticus atrophia, deatness (karlik)- nasliy va orttirilgan dientsefal-gipofizar gormon regulyatsiyasi buzilishi natijasida kelib chiqadi. Giperkaltsiemiya poliuriya bilan birga sarkoidoz, mielom kasalligida kuzatiladi. Poliuriya yurak va buyrak kasalliklarida shish qaytish davrida kam kuzatiladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligida u kompensator tarzda bo’ladi (poliurik fazasida) yoki o’tkir buyrak yetishmovchiligi sog’ayish davrida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |