Gipotrofiyaning III darajasida ham ovqat bilan davolash 2 davrga: reparatsiyadan oldingi va reparatsiyadan keyingi davrlarga bo’linadi.
Reparatsiyadan oldingi davr kasallikning bu darajasida uzoqroq, ya’ni 14-20 kun va undan ham ko’proq davom etishi mumkin. Ovqatlantirishnig birinchi kunlari modda almashinuvining asosiy qismiga sarf bo’lgan energiya hisobi bo’yicha 1 kg tana og’irligiga nisbatan 650-780 kkal ga to’gri kelishi kerak.
Gipotrofiyaning III darajasida bolaga iloji bo’lsa, onadan sog’ib olingan sut (yoki uni o’rnini bosadigan mahsulot) 1 kechayu-kunduzda 10 marta ya’ni shuni tanaffusini (4 soat) hisobga olgan holda har 2 soatda beriladi.
Agar bemor bu ovqatni yaxshi hazm qilsa, ovqat miqdori har 2 kunda 100-150 ml ga oshirib boriladi. Bolada bu davrda oshqozon-ichak yo’llarida patologik o’zgarishlar sodir bo’lmasa va ishtaha yaxshi bo’lsa reparatsiyadan oldingi davr tugallangan deb hisoblanib, ikkinchi reparatsiya davrini boshlash mumkin. Bu davrda gipotrofiyaning II davrida qanday olib borilgan bo’lsa, shunday olib boriladi.
Bolani ovqatga ishtahasini oshirish maqsadida bemorga 1 foizli xlorid kislota eritmasi, pepsin, abomin, tabiiy oshqozon shirasi, festal, mezimforte, kreon buyuriladi.
Bola axlatida yog’ kislotalari paydo bo’lsa, pankreatin buyurish kerak bo’ladi.
Gipotrofiyada bemor organizmining qarshilik ko’rsatish qobiliyatini oshirish maqsadida vitaminlarni avval davo muolajasi sifatida, keyin esa ichishga buyuriladi. shu maqsadda 1 kechayu-kunduzga askorbin kislota 50-100 mg, vitamin V1 – 25-50 mg, V6 – 50-100 mg buyuriladi, so’ngra ularni A, RR, V15, V5, folat kislota, V12 vitaminlari bilan almashtiriladi.
Rag’batlantirish maqsadida apilak, dibazol, pantokrin, jenьshenь va boshqa dori-darmonlar ham qo’l keladi.
Gipotrofiyaning III darajasi – og’ir turida, kasallik yuqumli kasallik bilan qo’shilib kelgan taqdirda g-globulin, venaga 10% alьbumin, protein, plazma, bolaga mos keladigan qon 5-8 ml/kg quyiladi.
Kasallikning belgilariga qarab davolash uning klinikasiga qarab hal qilinadi.
Bemorda kamqonlikka qarshi kurashish maqsadida temir preparatlaridan foydalaniladi. Bolaning onasida sariq kasalligi bo’lmasa, qon guruhi mos kelsa, bolaga ona qonini quyish tayinlanadi.
Gipotrofiya Raxit kasalligi bilan qo’shilib kelganda bemorning ovqatga ishtahasi paydo bo’lgach vitamin D ning davolovchi miqdori buyuriladi.
Simptomatik gipotrofiyaning davosi asosiy kasallikka davo bilan qo’shib olib borilishi darkor.
Gipotrofiyaning I darajasi yengil o’tsa, uni uy sharoitida davolash mumkin. II-III darajali Gipotrofiya xastaligi shifoxonada davolanishi kerak. Bemor yashaydigan xona yorug’, keng bo’lishi bilan birga atrof-muhit harorati 24-250S dan past bo’lmasligi kerak.
Bola parvarishida unda ruhiy ko’tarinkilik holatini yuzaga keltirish maqsadida uni tez-tez qo’lga olish, 380S li suvda har kuni cho’miltirib turish kerak bo’ladi. Massaj va badantarbiya davoning qo’shimcha turlariga kiradi. Farg’ona viloyati Oltiariq tumanida 6 yillik amaliy tajribalarda Gipotrofiya kasalligiga mubtalo bo’lgan bolalar soni ancha yuqori foizni tashqil qilardi. Ko’pgina bolalarni shu xastalikdan davolashda va ko’krak yoshidagi bolalar o’rtasida ancha yuqori bo’lgan o’limni kamaytirishda to’la qimmatli ovqatlantirish bilan birga buyurilgan anabolik gormonlardan metilandrastendiol, nerabolil, nerabol, retabolil va boshqalarning samarasi yaxshi bo’ldi. Anabolik garmonlar bola organizmiga yaxshi ta’sir ko’rsatib, bolalarda uchraydigan ko’pgina kasalliklarni, shu jumladan gipotrofiyani davolashda yaxshi natijalar beradi.
Oltiariq tuman markaziy shifoxonasining bolalar bo’limiga keltirilgan 10-11 oylik, vazni 3-3,5 kg li bolalar 1-1,5 oyda 7-8 kg gacha semirib ketar edilar. Bunda parxez ovqatlar bilan birga reparatsiya davrida anabolik gormonlardan nerabolni 2 yoshgacha 1-2 mg, 2-5 yoshgacha 2-3 mg, 5 yoshdan oshgan bolalarga 5 mg dan buyurishni 4 hafta davom ettirish samarali natijalar bergan.
Tomir ichiga dori yuborib muolaja qilishdan ko’ra anobolik gormonlarni ichishga buyurgan maqul.
Do'stlaringiz bilan baham: |