O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2019 yil "25"areldagi "107" sonli buyrug’ining2-ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan



Download 4,37 Mb.
bet181/285
Sana02.01.2022
Hajmi4,37 Mb.
#307925
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   285
Bog'liq
Мажмуа 3-курс даволаш 230921110843

Kasallikning klinik belgilari.

Gipotrofiyaning og’ir-engilligiga qarab 3 darajasi: I, II, III, ya’ni yengil, o’rtacha og’irlikdagi va og’ir shakllari farqlanadi. Gipotrofiyaning asosiy mezoni gavda og’irligining kamayishi darajasi, teri osti yog’ qavatlarining rivojlanishi, bolaning ovqatga intilishi ya’ni ishtahasi, organizmning immunologik holati bilan belgilanadi.

Gipotrofiyaning I darajasi bola gavda og’irligining normaga nisbatan 10-20% pasayishi bilan xarakterlanadi. Bola organizmining qorin devorida teri osti yog’ qavati salgina yupqalashgan bo’lib, to’qima turgorining yaxshigina pasayganligi kuzatiladi. SHilliq qavatlar va teri rangi oqargan, ya’ni siniqqan bo’ladi. Og’irlik (vazn) egri chizig’i qisqargan, ammo bolaning o’sishi yaxshi davom etadi va uning immun sistemasida ham o’zgarishlar sezilmaydi. Bolaning ruhiy ahvolida turg’unlik holati biroz buzilgan, lekin atrof-muhitga qiziqish saqlanib qoladi. Bolaning umumiy ahvoli qoniqarli bo’ladi.

Tekshirish maqsadida emizilganda bola bir martada 100 ml sut emgan. Kimyoviy tekshirish natijasida, sut tarkibida 29% yog’ borligi aniqlandi. Har bir emizishda avvalgiga 40 ml dan V-kefir, keyinchalik esa kefirning o’zi uzluksiz berila boshlandi. Meva va sabzavot sharbatlari 50 ml miqdorigacha berilib turildi. Ona suti tarkibiga yog’ miqdorini to’ldirish maqsadida «D» vitaminini baliq yog’i bilan almashtirildi. Berilayotgan kefir, baliq yog’i va meva sharbatlarining miqdori ko’paytirilganida ham bolada hech qanday salbiy ta’sirlar sezilmadi. SHifoxonaga tushgan kunidan 14 kun o’tgandan so’ng og’irligiga 600 g qo’shildi, umumiy ahvoli yaxshilandi, terisi normal tusga kirdi, mushak tonusi yaxshilandi, najasi har kuni me’yorida bo’ldi. Bu bolada gipotrofiyaning alimentar omil, ya’ni uzoq vaqt to’yib ovqat yemaslik oqibatida rivojlanganligi aniqlandi. Bundan tashqari, ona suti tarkibidagi yog’lar miqdori kam bo’lganligi ham xastalikka sabab bo’lgan.

Gipotrofiyaning II darajasida bolaning rangi siniqqan, oqargan bo’lib, gavdaning son, qorin, ko’krak qismlarida teri osti yog’ qavati yo’qolgan bo’ladi. To’qima turgori keskin pasaygan, teri quruq bo’shashgan, osonlikcha qo’lga yig’ib olsa bo’ladi. Mushaklar yupqalasha boshlaydi. Bolaning o’sishi 1-2 sm orqada qolib, gavda og’irligi 20-30 %ga kamaygan bo’ladi. Ishtaha yo’qola boshlaydi, ich ketishga moyillik paydo bo’ladi, ovqatni ko’ngli tusamaydi, immun sistemasida yetishmovchiliklar paydo bo’ladi. Buning natijasida bolada zotiljam, o’rta quloqning yallig’lanishi pielonefrit va boshqa kasalliklar osonlik bilan rivojlanadi, ichki a’zolarda ham o’zgarishlar paydo bo’la boshlaydi, jigar, taloq kattalasha boshlaydi, bolada ovqat yetishmovchiligidan kamqonlik yuzaga keladi. O’zbekiston sharoitida gipotrofiya bilan og’rigan bolalarning ko’pchiligida birlamchi yoki ikkilamchi immun yetishmovchiligi aniqlandi. Bola ruhiy holatida ham anchagina o’zgarishlar yuzaga keladi. u o’z yoshiga xos bo’lgan faollikni va hayotga qiziqishni yo’qotadi. Atrof-muhitga farqsiz qarash alomatlari yuzaga keladi.

Gipotrofiyaning III darajasi uchun haddan tashqari ozg’inlik xos bo’lib, bola cho’p-o’staxon bo’lib qoladi.

Terining elastiklik qobiliyati batamom yo’qoladi. U quruq limon rangiga ega bo’ladi, ba’zan ko’kimtir tusga ham kirishi mumkin. Teri osti yog’ qavati faqat qorin, yelkadagina emas, balki butun a’zoi-badanida yo’qoladi, natijada teri bujmayib, bola «kichkina chol»ga o’xshab qoladi. Oyoq-qo’llarida, gavdasida terisi xalta-xalta bo’lib yig’ilib, bujmayib yotadi. Bunday bolalarning burni va oyoq-qo’llari doimo muzday bo’ladi. Bolaning nafas olishi sekin, yuzaki bo’ladi. SHuningdek yurak tonlari ham bo’g’iq eshitiladi. Tana harorati ham ko’pchilik hollarda past bo’lib, goh-gohida sababsiz 37,20-37,40, subfebrilitetgacha ko’tarilishi mumkin.

Ishtaha batamom yo’qolib, bola ko’p chanqaydigan bo’lib qoladi. Umumiy immun qarshilik keskin pasayib ketishi natijasida bunday bolalar organizmida zaharlanish va septik holatlar yuzaga kelib, bu og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Organizmning statik va dinamik faoliyatlari izdan chiqadi. Bunday bolalar atrof-muhitga va undagi hodisalarga befarq qarab, ularda vaqti-vaqti bilan bezovtalanish hollari paydo bo’ladi. Bunday bolalarning ovozi bo’g’iq eshitiladi.Bemorning umumiy ahvoli og’ir, ich ketish buzilgan bo’ladi. Bolalar gavda og’irligi bo’yicha o’z tengdoshlaridan 30-40% orqada qoladilar. O’sishdan orqada qolish 5-6 sm ga boradi.Bemorga diagnoz qo’yishda teri osti yog’ qavatining ahvoli yordam beradi.

Gipotrofiyaning I darajasida teri osti yog’ qavati tananing qorin va tana qismida yupqalashadi. Uning qalinligi qorinda, yelkaning orqa qismida 0,8-1,5 sm ni tashqil qiladi.

Gipotrofiyaning II darajasida teri osti yog’ qavati qorinda, ko’krakda batamom yo’qoladi, lekin oyoq-qo’llarda juda oz miqdorda saqlanadi.

Gipotrofiyaning III darajasida teri osti yog’ qavati butun tana bo’ylab hattoki yuzida ham yo’qoladi.


Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish