TUG’ILGANDAN KEYIN QON AYLANISH JARAYoNI.
BOLALARDA YuRAK VA KON-TOMIRLARNING ANATOMIK
VA FIZIOLOGIK XUSUSIYaTLARI.
YuRAK. Bolalarda yurakning vazni kattalarga solishtirganda nisbatan katta. CHakalok bolada yurakning vazni uning tana ogirligini 0,8% ni tashkil kilsa, kattalarda 0,4 % ni tashkil etadi. Yangi tugilgan chakalok bola yuragining vazni uning 8 oyligida ikki marotabaga, 3 yoshligida uch marotabaga ortadi, 5 yoshida esa 4 marotabaga, 10 yoshida 11 marotabaga ortadi. Demak, yurak vaznining jadal usishi bolalikning erta yoshidagi, xamda balogatga yetish davrida kuzatiladi.
Yangi tugilgan bolalarda yurakning xajmi 19-22 sm3, bir yoshda 42 sm3, 7 yoshda 123 sm3, 13-14 yoshda 130-140 sm3 , kattalarda yurakning xajmi 280 sm3 tashkil etadi.
Miokard yangi tugilgan bolada juda ingichka, bir-biridan yaxshi chegaralanmagan mushak tolalarida turadi. CHakalokda mushak tolasining kundalang ulchami 7-8 mm, kattalarda 20-25 mm ni tashkil kiladi Mushak tolasi yadrolari kup, ammo mayda, yaxshi takomillashmagan buladi. Biriktiruvchi tukimalar xam nozik, kam tarakkiy etgan buladi. Yurak devorlari kalinligini usishi mushak tolalarining kundalang ulchamini va biriktiruvchi tukimalar, jumladan endokard katlamini ortishi xisobiga buladi. Bolaning 3-7 yoshlarida yurak tukimalarining takomillashishi, biriktiruvchi va elastik tukimalarga boyishi, mushak tolalarnini kalinlashib borishi kuzatiladi. Bolaning 10 yoshligida barcha yurak tukimalarini tez usib, ayniksa biriktiruvchi va elastik tukimalarini joylashishi kuzatiladi. Miokard kon va limfa tomirlar bilan kattalarga nisbatan yaxshi ta’minlangan buladi.
Bolalarda yurak uzunligi e’niga nisbatan tezrok usadi. Yurak uzunligi 5-6 yoshda, eni 9 yoshda, kalinligi 13-14 yoshda ikki barobar ortadi.
Bolalarda yurak xajmi nisbatan katta bulganligi sababli, kukrak kafasida kup joyni egallaydi. Yurak sharsimon shaklida bulib, diafragmani yukorida joylashgani sababli, kukrak kafasida gorizontal xolda yotib, 4-8 kukrak umurtkasi oraligini egallagan buladi. SHular sababli yurak uchini urish joyi chakaloklarda turtinchi kovurga oraligiga tugri kelib, 1,5-1 yoshlarda esa beshinchi kovurga oraligiga tushadi. Bolalarning 1 yoshlik va usmirlik davrlarida yurakning kator burilishi va urnini uzgartirishi kuzatilib, natijada yurakning kukrak kafasida joylashishi sekin asta kattalarnikiga uxshab boradi.
Bolalarda yurak kon tomir sistemasining boshkarishning uziga xos xususiyatlari mavjud. Ma’lumki porasimpatik nerv sistemasi ta’sirida yurak urishi tezligi sekinlashsa, simpatik nerv ta’sirida tezlashadi. SHu bilan bir katorda eksperemental tekshirishlar shuni kursatadiki, erta yoshda vagus markazi kuzgaluvchanligi yetarli darajada bulmaydi. Simpatik nerv sistema esa, xatto xomilalik davrida xam yetarlik kuzgaluvchanlikda buladi. Vagusning yurak kon tomir sistemasiga ta’siri bolalikning erta yoshlik davrining oxirlarida paydo buladi. SHu sababli bolaning 2-3 yoshida yurak urishining nisbatan sekinlashuvi, sinus aritmiyasi kuzatiladi. Demak, chakalok va bolaning erta yoshlik davrining boshlarida yurak va kon-tomir sistemasiga simpatik nerv sistemasining ta’siri vagus ta’siridan ustun buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |