2.1 Tayyor dori vositalarining to’g’ri saqlanish va saqlashga tasir etadigan omillar
Har bir preparatning yo`riqnomasida saqlash qoidasi ko`rsatilgan bo`ladi. Avvalo, o`sha yo`riqnomaga amal qilgan holda dori vositasidan foydalaning!
Odatda, dori vositalarini quyosh nuri to`g`ridan-to`g`ri tushmaydigan va namlik darajasi mo``tadil bo`lgan joyda saqlash lozim.
Tabletka va kapsula ko`rinishidagi prepatlar uchun namlik darajasi g`oyat muhim. Ularni salqin va quruq joyga qo`ying.
Aerozol yoki sprey ko`rinishidagi dorilar uchun yorug`lik nuri va xona harorati yuqori bo`lmasligiga e`tibor qarating.
Tindirma (nastoyka) yoki tomchi dorilar qo`ng`ir (himoyalangan) tusli idishlarda ishlab chiqilsa-da, ularni ham quyosh tushmaydigan erda saqlagan ma`qul.
Agar preparat yo`riqnomasida “Salqin va yorug`lik nuridan himoyalangan joyda saqlang” deyilgan bo`lsa, harorat ko`rsatkichi 15 darajadan oshmagan holda sovutgichga joylash mumkin. Shuningdek, “5 daraja haroratdan oshmagan holda saqlansin” degan ko`rsatmada ham muzlatgichda salash shart bo`ladi. Surtma va moyli dorilar, shamchalar hamda suyuq ko`rinishdagi preparatlar uchun muzlatkich eshigidagi tokchalar ayni mos keladi.
Maxsus dorixonalarda tayyorlanib beriladigan suyuq preparatlar 2-3 kungacha; kukun holida suv aralashtiriladigani esa 12-14 kungacha qo`llanilishi mumkin.
Uy sharoitida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalar uch kundan ortiq saqlanmaydi. Foydalanish jarayonida ham, albatta, sovutgichda turishi kerak.
Agar suyuq preparat yuzasida ko`pik yoki rangining xiralishishi kuzatilsa, foydalanmang! Muddati eskirgan dorilarni tashlab yuborayotganda qutisidan ochib, kanalizasiya quvurlariga oqizish mumkin emas! Yaxshisi, qutisiga solib, og`zini berkiting-da, so`ng chiqindi chelagiga tashlang.
Gidroliz qattiq dori turlaridagi qoldiq namlik asosida kechadi. Qattiq jismlar tarkibida oz miqdorda suv bo‘lishi, boshqa reaksiyalarga qaraganda gidroliz tezroq sodir bo‘lishini ta’minlaydi. Misol tariqasida atsetil salitsil kislotasining parchalanishini matematik modeli, vitamin V3 va uning xosilalarini, mikrofenoksat kislotasini gidrolizini keltirish mumkin.
Keyingi yillarda dorilarning mikrobiologik turg‘unligi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Mikrobiologik turg‘unlikni yo‘qolishi dori substansiyasini parchalanishiga, faolligini pasayishiga, zaharliligini oshishiga, tashqi ko‘rinishiga, mazasi va xidini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Mikrobiologik, kimyoviy va fizikaviy o‘zgarishlar orasiga aniq chegara qo‘yib bo‘lmaydi, chunki mikroorganizmlar yashash jarayonida fermentlar, murakkab efirlar hosil qilib, dori moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini keskin o‘zgartirishi mumkin.
Kimyoviy o‘zgarishlar bilan bir qatorda saqlash davomida fizikaviy o‘zgarishlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bu hol qattiq dori turlarida, jumladan tabletkalarda uchraydi. Ta’sir etuvchi moddaning tabletkadan ajralib chiqish tezligiga saqlanish muddati ham ta’sir qiladi. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda biofarmatsevtik noturg‘unlik konsepsiyasi shakllangan. Dori turlarini biofarmatsevtik turg‘unligi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar, preparatlarning xaqqoniy saqlash muddatini biofarmatsevtik baholashsiz belgilash mumkin emasligini ko‘rsatadi. Dori turg‘unligini o‘rganish o‘ta murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir. Tabletkalarning turg‘unligiga yordamchi moddalar turi va miqdori, texnologik jarayon, atrof muxit va qadoqlanadigan materiallar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu omillar ta’sirida adsorbsiya, oksidalanish, gidroliz, dekarboksillanish, polimerlanish, kompleks birikmalar hosil qilish kabi xodisalar sodir bo‘lishi mumkin.
Substansiyalarning texnologik xossalari va tabletkaning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida presslanadigan massa tarkibiga yordamchi moddalar qo‘shiladi. Yordamchi moddalar massaga zarur texnologik xossalar berish bilan birga, tabletkaning terapevtik faolligiga va saqlanish davomidagi turg‘unligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zi yordamchi moddalar dori turini tarkibidagi namlik miqdorini o‘zgarishi bilan, uning gidrolizga uchrashiga sabab bo‘ladi. YOrdamchi moddalar dorilarning oksidlanishi, yangi birikmalar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bir qaraganda indiferent va keng ko‘lamda ishlatiladigan sut qandi, amfetamin, tiamin, sulfametaksozol, dekstroamfetaminlar bilan reaksiyaga kirishishi mumkin. Bentonit, kaolin, magniy stearat, streptomitsin va antipirinni, metilsellyuloza esa sintofillinni rangini o‘zgarishga olib keladi. Magniy karbonat tabletka tarkibidagi dimedrolni parchalanishiga sabab bo‘ladi. Saxaroza askorbin kislotasi bilan birgalikda qo‘llanilsa shoxkuya alkaloidlari yig‘indisining turg‘unligini bir yilga uzaytiradi.
Yordamchi moddalarning tabletka turg‘unligiga ta’siri mutaxassislar tomonidan xar tomonlama o‘rganilgan. Masalan, kraxmal shilimshig‘i kofein, teobromin va teofillin tabletkalari tarkibida ishlatilganda, tayyor mahsulotning tashqi ko‘rinishi o‘zgargan, aksincha natriy karboksimetilsellyuloza va PVS ishlatilsa, bunday o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Demak, yordamchi moddalar tabletkalarning saqlanish muddatini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Tabletka tarkibiga qo‘shiladigan yordamchi moddalar texnologik va biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |