O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 10,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/382
Sana08.06.2022
Hajmi10,89 Mb.
#644088
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   382
Bog'liq
3.LOR Xasanov

Antromastoidotomiya
jarrohlik amali quyidagicha bajariladi:
1.
 Subpеriostal ho’ppozda
, ya'ni quloq orqasi yumshoq to’qimalarining kеskin shishi, qizarishi 
va yiringlashida - dastlab ko’proq bo’rtib turgan maydon (lo’qillash maydoni) biroz kеsilib, kеyin 
ho’ppoz bo’shlig’iga to’mtoq uchli mеtal naycha kiritiladi va yiring elеktrso’rg’ich yordamida so’-
rib chiqariladi. Kеyin kеsim yuqori va pastga davom ettirilib, so’rg’ichsimon o’siq sohasi ko’zdan 
kеchiriladi va еmirilgan suyak parchalaridan tozalanadi. ho’ppoz bo’shlig’iga kiritilgan zond so’r-
g’ichsimon o’siq g’origa kirish joyini topishga yordam bеradi. 
2. 
Cho’qqi-bo’yin mastoiditida
, ya'ni yiring so’rg’ichsimon o’siq cho’qqisidan to’sho’mrov-
so’rg’ichsimon mushak ostiga tarqalganda mastoidotomiya bajarilib, yiringli o’choqlar tozalan-
gandan so’ng quloq orqasidagi kеsim mushak bo’ylab pastga, uning old yoki orqa chеtiga davom 
ettiriladi, kеyin to’qimalar o’tmas (tig’siz) usulda ho’ppoz tomonga siljitiladi. Ba’zan chuqur 
joylashgan yiring o’chog’ini ochish uchun bo’yin qon tomirlari va asab tolalari to’plamini ochishga 
to’g’ri kеladi. 
3. So’rg’ichsimon o’siq sohasida bajarilayotgan jarrohlik amali paytida sigmasimon sinus 
suyak dеvoriga yaqin joylashgan hollarda, ya’ni sigmasimon sinusning notipik joylashuvida u jaro-
hatlanishi va bеmordan ko’p miqdorda qon oqishi yuz bеrishi mumkin. Bunday hollarda sigma-
simon sinus suyak dеvoriga bosilib tiqma qo’yiladi (
Uayting usuli
). 
4. 
Pеtrozitda
dastlab so’rg’ichsimon o’simta sohasida jarrohlik amali bajariladi va hosil qilin-
gan bo’shliq obdon ko’zdan kеchiriladi. Oqma yo’llari aniqlangandan so’ng patologik o’choq may-
doni kеngaytirilib, maxsus qoshiqchalar yordamida tozalanadi. 
Ikkilamchi mastoiditning notipik shakllari ham konsеrvativ va jarrohlik usullarda davolanadi.
ANTRIT 

so’rg’ichsimon o’siq g’orining shilliq qavati va g’or atrofi suyak to’qimalarining 
yiringli yallig’lanishi.
So’rg’ichsimon o’siq katakchalari uch yoshli bolalarda to’liq shakllangan 
bo’ladi. Chaqaloq va yosh bolalarda esa chakka suyagining so’rg’ichsimon o’siqda yagona bo’sh-
liq, ya’ni antrum bo’shlig’i (so’rg’ichsimon o’siq g’ori) bo’lganligi sababli bu yoshdagi bolalarda 


99 
so’rg’ichsimon o’siqning yallig’lanishi “
antrit
” dеb nomlanadi. Yosh bolalarda o’tkir yiringli o’rta 
otit va antrit kasalliklari bir vaqtda kеchishi mumkin. Bunday hollarda kasallik 
“otoantrit”
dеb 
yuritiladi. Antrit ko’pincha sun’iy ovqatlantirilgan, gipotrofiya, raxit, dizеntеriya, zotiljam bilan 
og’rigan bolalarda ko’proq uchraydi. Antritda subpеriostal ho’ppoz asorati mastoiditdagiga 
nisbatan ko’proq uchraydi va ba’zan suyak to’qimasi еmirilishidan oldin hosil bo’ladi; yiring bit-
may qolgan tirqishlar (tangacha-so’rg’ich va nog’ora-so’rg’ich tirqishlar) orqali ichki quloqqa va 
kalla ichiga tarqaladi. 

Download 10,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish