Dori moddalari
(substansiyalar) - ishlatishga ruhsat berilgan tabiiy va sun'iy biologik moddalar.
Dori vositalari
- profilaktika, diagnostika va davolash uchun foydalanishga ruxsat berilgan bir yoki
bir necha dori moddalari (substansiyasi), tabiiy va sun'iy ravishda olingan qo'shimcha moddalardir.
Bular qatoriga immunobiologik, radiofarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, diagnostika va
sterilizatsiya vositalari kiradi.
Tayyor dori vositasi
- davolash hususiyatiga ega bo'lgan dori shakli xususiy iste'molchiga davolash
uchun qulay bo'lgan shaklda sotishga tayyorlangan dori vositasi.
Yarim tayyor mahsulot
- dori vositasi bo'lishdan avval ishlab chiqarish jarayonining keyingi
bosqichlarini o'tishi lozim bo'lgan qisman ishlov berilgan xom ashyo yoki dori moddasi.
Dori shakli
deb bir yoki bir nechta dori moddalariga maxsus ishlov berib va uni bemor qabul
qiladigan qulay shaklga keltirilishiga aytiladi, ya'ni dori shakli bu dori preparatini tayyor holatga
keltirib ishlatilishidir. Masalan borat kislotasi shtanglasda turganda - dori preparatidir, eritma yoki
surtma dori ko‘rinishida - dori shaklidir.
Tayyor dori vositalari to'g‘risidagi umumiy tushunchalar. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi ―Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga
doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g‘risida‖gi qaroriga muvofiq dori vositalari sertifikatlashtirilishi
shart bo'lgan mahsulotlar turkumiga kiritildi. Ushbu qarorga ko'ra mahalliy korhonalar tomonidan
ishlab chiqarilgan va O'zbekiston Respublikasiga import qilingan dori vositalari belgilangan
tartibda laboratoriya tahlillaridan o'tib, muvofiqlik sertifikati berilgandan keyingina sotuvga
chiqariladi. Bugungi kunda tibbiyot amaliyotida qo'llashga ruhsat etilgan 6500 dan ortiq dori
vositalarining hammasi uchun me'yoriy hujjatlar tasdiqlangan bo'lib, bu standartlarning aksariyati
halqaro talablar bilan muvofiqlashtirilgan. Farmacevtika sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mahalliy
korhonalarimiz faoliyatiga xalqaro GMP sifat standartini joriy etish juda muhim. Sertifikatlash -
sifat talablarini to'la ta'minlash degani. Har bir dori vositasi, tibbiyot anjomi avvalo tibbiy
ekspertizadan o'tkazilib me'yoriy hujjat tasdiqlanganidan so'nggina ro'yxatga olinishi lozim.
Ro'yxatga olingan dori vositalari halqaro standartlar bilan uyg‘unlashtiriladi. Me'yoriy talablar
qancha yuqori bo'lsa, mahsulot sifati ham shuncha yuqori bo'ladi.
1-
jadval
Tayyor dori vositalarini tasniflanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |