In'yektsion dori turlari
- suvli yoki suvli bo'lmagan emulsiya, suspenziya va quruq (shu jumladan
liofilizaciyalangan) preparatlar bo'lib, organizmga parenteral yo'l bilan kiritiladigan va mahsus
germetik berkitilgan idishlarda chiqariladigan dori turlaridir. quruq, qattiq moddalar (kukunlar,
g‘ovak massalar va tabletkalar) in'yekciya qilinishidan oldin steril erituvchida eritiladi. hajmi 100
ml va undan ko'p bo'lgan in'yekcion eritmalar infuzion eritmalar deyiladi.
Nastoykalar
- tiniq spirtli, spirt-suvli ajratmalar bo'lib, dorivor o'simlik va hayvon organlari hom
ashyolaridan qizdirmasdan tayyorlanadigan dori turlari bo'lib, kuchli ta'sir etuvchi modda saqlagan
hom ashyolardan 1:10, qolganlaridan esa 1:5 (og‘irlik-hajm) nisbatida tayyorlanadi.
Ekstraktlar
- o'simlik hom ashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir yoki boshqa
ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bug‘latilgan
ajratmalardir.
Suyuq ekstraktlar (Extracta fluida) - koncentrlangan ajratmalar bo'lib, 50% dan ko'p namlik
saqlaydi, ajratuvchi sifatida har hil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi. Ular 1:1 nisbatda tayyorlanadi.
quyuq ekstraktlar (Extracta spissa) - o'ta qovushqoq bo'lib, idishdan to'kilmaydi, asalsimon
cho'ziladigan, tarkibida 25% gacha namlik saqlaydi, ular asosan 3:1, 4:1, 5:1 va 6:1 nisbatlarda
tayyorlanadi.
quruq ekstraktlar (Extracta sicca) - kukun ko'rinishida bo'lib, sochiluvchan yoki to'zg‘uvchan
hossali, tarkibida 5% gacha namlik saqlaydi.
Ekstrakt - koncentratlar (Extracta standartisata) - ekstraktlarning mahsus guruhi bo'lib, dorixona
sharoitida suvli ajratmalar tayyorlash uchun o'simlik hom ashyosining o'rniga ishlatishga
mo'ljallangan.
BioFarmasiya
- Farmasiya sohasida yangi yo'nalish hisoblanib, bu yo'nalishning ochilishiga asosiy
sabab dorishunos olimlarning, chunonchi dori tehnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi olimlarning dori
shakli turlari va ularning so'rilishi, qondagi koncentraciyasi o'rtasidagi bog‘liqlik masalalari asosida
qiziqishlari va tajribalari hosilasidir. Shunga ko'ra dori moddalar koncentraciyasini va ularning
metobolitlarini (parchalangan qoldiqlarini) qonda, plazmada, siydikda va shunga o'hshash biologik
suyuqliklarda bo'lgan miqdorini aniqlash usullari va asboblar ishlab chiqildi.
Dori shakliga tovarshunoslik ko'zi bilan qarash, tovarshunoslik harakteristikalariga qarab baho
berish hozirgi zamon talablariga javob bermay qo'ydi. BioFarmasiya ning yuzaga chiqishidagi
asosiy omillardan yana biri yordamchi moddalar sifatida ishlatiladigan kimyoviy birikmalarning
keskin ko'payishidir. Yordamchi moddalar bilan olib boriladigan tajriba va tekshirishlar bu
moddalarning organizmga va dori moddasining fiziologik ta'siriga befarq (indifferent) degan tarihiy
tushunchaning noto'g‘riligini isbotladi.
Yordamchi moddalar dori preparatlarining ta'sirini kuchaytirishi, pasaytirishi yoki ta'sir doirasini
o'zgartirishi mumkinligi isbotlandi.
Dori modda bilan yordamchi modda o'rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash natijalari shuni ko'rsatdiki, shu
dori shaklining ta'sir darajasini aniqlash faqat dori modda bilan yordamchi modda qo'shilgan holida
olib borilishi kerak ekan. Faqat dori moddasining ta'siri asosida dori moddasi to'grisida hulosa
chiqarish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |