№
Sinflar va
kichik sinflar
1 - guruh
(
ichish uchun
)
2 –
guruh
(
in'ekciya, yuvish
va inplantaciya
uchun
)
3 –
guruh
(ingalyaciya
uchun)
4 –
guruh
(
tana bo'shliq-
lariga
)
5 –
guruh
(teri orasiga,
ko'z shilliq
qavatiga va
yaralar
yuzasiga
)
1
Kukunlar,
o'simlik
yig‘malari
Dozalarga
bo'lingan
va
bo'linmagan
kukunlar
Flakonlardagi
liofilizaciyalan-
gan kukunlar
Mikrokristallik
kukunlar
Mikrokristallik
insuflyator
kukunlar
Prisipkalar,
upalar
57
2
Tabletkalar: -
tabletkalar
-
drajelar
-
granulalar
Oddiy
tabletkalar,
qobiqli
tabletkalar,
ta'siri
uzaytirilgan
tabletkalar,
briketlar,
drajelar, eritish
uchun
granulalar
Inplantaciya
uchun
tabletkalar
Mikrogranulala
r
Til
ostiga,
tomoqni
chayish uchun,
vaginal
tabletkalar
Yaralar
uchun
gidrofillanga
n granulalar
3
Kapsulalar:
-
qattiq
-
yumshoq
-
mikrokapsulala
r - liposomalar
- pelletlar
Oddiy
kapsulalar,
tubatinalar,
spansulalar,
medulalar,
tabletkalar,
tortmalar
Silikonli
mikrokapsulalar
, mikrosferalar,
gemosomalar
Turboingolyato
r-lar
(intal
tipida)
Til
ostiga,
rektal, vaginal
Mazlarga
qo'shish
uchun
4
Suyuqliklar: -
eritmalar
-
suspenziyalar -
emulsiyalar
To'yingan
eritmalar,
kolloid
eritmalar, ichish
uchun
mo'ljallangan
ampuladagi
eritmalar,
fitokimyoviy
preparatlar,
limonadlar,
qiyomlar
Ampula
va
flakonlardagi
infuzion
eritmalar,
shpris-tyubiklar,
mikrosferalar,
lipidli
emulsiyalar
Aerozollar
(eritmalar,
suspenziyalar,
emul‘ siyalar),
ampulalardagi
eritmalar
(amilnitrit,
ammiak)
Aerozollar,
quloq
tomchilari
va
b.,
klizmalar,
burunga
tomizish uchun
suspenziyalar
va
emul‘
siyalar,
sublingval
emul‘ siyalar
Aerozolllar,
ampulalar
(yod),
tomchilar,
eritmalar va
emulsiyalar
5
Qatlamli yoki
qattiq dispers
sistemalar
Chaynash yoki
so'rishga
mo'ljallangan
kubiklar,
plitkalar
Dori moddalari
bilan
to'yintirilgan
materialdan
iborat
implantatlar
Shamchalar,
sharlar,
tayoqchalar,
plyonkalar,
disklar,
trundlar,
ro'molcha
(salfetka)lar,
gubkalar
Mazlar,
linimentlar,
pastalar,
plastirlar,
qalamchalar,
trundlar, ko'z
pyonkalari,
yelimlar,
ro'molcha
(salfetka)lar,
mazli
bog‘lagichlar
6
Makromolekul
yar terapevtik
sistemalar
OROZ
sistemasi,
ORUVIAL
sistemasi,
niosomlar
Immobillangan
fermentlar va b.;
mikronasoslar
Rektal
va
vaginal
terapevtik
sistemalar
Transderman
al
sistema,
okuserd
Kukunlar
- qattiq dori shakli bo'lib, ular maydalangan bir yoki bir necha dori moddalari, yoki
ularni yordamchi moddalar bilan hosil qilgan aralashamalaridan iborat, ichki yoki tashqi maqsadlar
uchun mo'ljallangan, dozalarga bo'lingan yoki bo'linmagan, sochiluvchan yoki to'zg‘uvchan
58
hossaga ega bo'lgan, aksariyat holatlarda ma'lum bir kristallik tuzilishiga ega bo'lgan dori turlari
yoki dori vositalaridir.
Kukunlar tarkibiga ko'ra: oddiy (Pulveres simplices) yoki murakkab (Pulveres compositi),
dozalarga bo'lingan (Pulveres divisi) yoki bo'linmagan (Pulveres indivisi), qo'llanilishiga ko'ra
tashqi, ichish uchun yoki in'yekciya qilish uchun, shuningdek maydalik darajasiga ko'ra yirik
(Pulvis grossus), o'rta (Pulvis modice grossus), o'rta mayda (Pulvis modice subtillis), mayda (Pulvis
subtilis), o'ta mayda (Pulvis subtilissimus) va kolloid yoki juda mayda (Pulvis longe subtilissimus)
kukunlarga bo'linadi.
Granulalar
- qattiq dori shakli bo'lib, ular zarrachalarining o'lchami 3,0 mkm dan katta bo'lgan bir
yoki bir necha dori moddalarini maydalash orqali olingan yoki bir yoki bir necha dori moddalari
yoki ularni yordamchi moddalar bilan hosil qilgan aralashmalarini namlovchi-bog‘lovchi moddalar
yordamida zarrachalar o'lchamini 0,2 mm dan katta, 3,0 mm dan kichik bo'lgan o'lchamlarga
yetkazilgan, faqat ichish uchun mo'ljallangan, dozalarga bo'lingan, sochiluvchan hossaga ega
bo'lgan dori turlaridir.
Tabletkalar
- dozalalarga bo'lingan, bir yoki bir necha dori moddalar yoki ularni yordamchi
moddalar bilan hosil qilgan aralashmasini presslash orqali olingan qattiq dori turlari bo'lib, ular
asosan ichish, shuningdek surtish, til ostiga, teri ostiga va in'yekciya qilish uchun ishlatishga
mo'ljallangan bo'ladi.
Kapsulalar
- qattiq yoki yumshoq jelatina qobiqlariga bir yoki bir nechta biologik faol moddalarni
yordamchi moddalarsiz yoki yordamchi moddalar bilan hosil qilgan aralashmasi joylashtirilgan,
dozalarga bo'lingan, qattiq dori turidir. Kapsula lotincha - ―capsula‖ so'zidan olingan bo'lib,
―qobiq‖, ―quti‖ degan ma'nolarni anglatadi.
Surtmalar
(Unguenta) - yumshoq dori shakllari bo'lib, asosan mahalliy ishlatish uchun
mo'ljallangan. Ularning dispers muhitlari shunday reologik (yetarli qovushqoqlik, plastiklik va
psevdoplastik) ko'rsatkichlarga egaki, bu ko'rsatkichlar natijasida surtmalar belgilangan haroratda
ham o'zining turg‘unligini yetarli darajada saqlab qola oladi.
Pastalar.
Bu dori turlari mahalliy ishlatish uchun mo'ljallangan yumshoq dori shakllari bo'lib, ular
o'z tarkibida suspenziyalarni saqlagan (umumiy og‘irlikka nisbatan 20% dan ko'p), asos tarkibida
teng taqsimlangan qattiq dispers fazadan iborat. Pastalarni tayyorlashda surtmalar, gellar va
kremlarni tayyorlashda ishlatilgan asoslardan to'laligicha foydalanish mumkin.
Linimentlar.
Bu dori turlari qam maqalliy ishlatish uchun mo'ljallangan yumshoq dori shakllari
bo'lib, ular tana qaroratida erish hossasiga ega. Bu dori turlariga surtmalar, kremlar, gellar va
pastalarning hossalarini nomoyon etgan dori vositalari ham kirishi mumkin.
Kremlar
. Bular ham mahalliy ishlatish uchun mo'ljallangan yumshoq dori turlari bo'lib, ular o'z
tarkibida ikki yoki undan ortiq dispers tizimlarni saqlaydi. Tanlangan dispers tizimlar belgilangan
saqlanish haroratida ma'lum bir cho'kish tezligiga va past reologik ko'rsatkichlarga ega.
Gellar
. Bu dori turlari ham mahalliy ishlatish uchun mo'ljallangan yumshoq dori shakllari bo'lib,
ular o'z tarkibida suyuq dispers muhitida bir, ikki yoki ko'p fazali dispers tizimlarni saqlaydi.
Ularning reologik hossalari nisbatan kam koncentraciyadagi gel hosil qiluvchilar yordamida
me'yoriga yetkaziladi. Bu dori turlaridagi gel hosil qiluvchilar qo'shimcha tarzda dispers tizimdagi
suspenziyalar yoki emulsiyalarda turg‘unlashtiruvchilar vazifasini ham o'taydi. Shuning uchun ham
ular suspenzion gellar yoki emulsion gellar deb ataladi.
Shamchalar
- xona haroratida qattiq, tana haroratida suyuqlanuvchi yoki eruvchi, tarkibida bir yoki
ikki, ba'zan undan ham ko'p dori moddasi va yordamchi moddalar saqlagan, dozalarga bo'lingan
dori turi bo'lib, asosan tananing bo'shliqlariga qo'llash uchun mo'ljallangan bo'ladi.
Shamchalar ishlatilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
-
rektal shamchalar (Suppositoria rectalia) to'g‘ri ichak uchun mo'ljallangan;
-
vaginal shamchalar (Suppositoria vaginalia) bo'shliqlarga ishlatish uchun mo'ljallangan;
-
tayoqchalar (Bacilli) siydik chiqarish yo'llari, bachadon bo'yin kanallari va boshqa yaralar
oqibatida paydo bo'lgan tanadagi teshik-yo'llarga qo'llash uchun mo'ljallangan.
Ta'sir qilish mehanizmiga ko'ra shamchalar mahalliy (lokal) va rezorbtiv (tizimli) ta'sirga ega
bo'lgan shamchalarga bo'linadi.
59
Eritmalar
(Solutio - bosh kelishik, birlik sonda, Solutionis- qaratqich kelishik, birlik sonda) -
erituvchida qattiq, suyuq yoki gazli moddanning to'liq eritilgan qolidagi suyuq dori shakllaridir.
Erituvchi sifatida suv, spirt, efir, turli hil moylar ishlatilishi mumkin. Eritmalar turli hil rangda
bo'lishi mumkin, lekin albatta tiniq bo'lib, ularda osilma holdagi zarrachalar va cho'kma bo'lmasligi
kerak. Odatda sirtga va ichish uchun eritmalar sterillanmaydi, in'yekciya uchun ishlatiladigan
eritmalar esa albatta sterillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |