SEMINAR MASHG`ULOT UCHUN MATERIALLAR
1-
SEMINAR MASHG`ULOTI.
FARMATSEVTIKA SOHASI, TARIXI, OB′EKTLARI VA TERMINOLOGIK TIZIMI
Seminar mashg„ulotining rejasi
1. Farmatsevtika sohasi, tarixi haqida tushuncha
2. Farmatsevtika sohasi ob′ektlari va terminologik tizimi haqida tushuncha
Mashg‟ulot maqsadi:
Talabalarning Farmatsevtika sohasi, tarixi, ob′ektlari va terminologik tizimi
haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
Seminar mashg‟ulotini o
‘
tish davrida kutilayotgan natijalar:
talabalarning ma‘ruza mavzulari
bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini vaziyatli masalalar, keyslar orqali yanada boyitish. Shu
bilan birga, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimini mustahkamlashga erishish,
tarqatma materiallardan foydalanish orqali talabalar bilimini oshirish.
Seminar mashg‟ulotini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar:
Darslik, ma‘ruza matni, o‗quv
qo‗llanmalar, ko‗rgazmali materiallarlar, skotch, qog‗oz, marker
Laboratoriya jihozlari
:
ko‗rgazmali tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari,
qurilmalari va axborot multimedia qurulmalari bilan jihozlangan
xona
1918-yili Toshkentda birinchi o‗rta tibbiy bilim yurti ochildi va u O‗lka musulmonlar tibbiy
maktabi deb nomlandi.
1927-yili «Farmatsevtika», «Tish texnigi» bo‗limlari, 1929-yili «Akusherlik», keyinroq
«Sanitar-feldsherlik» (1935-yil), «Feldsher- laborant» (1951-yil), «Tibbiy hamshira» (1968-yil),
«Hamshira ishi mutaxassisi» (1997-yil) kabi bo‗limlar ochilgan. Bu o‗quv dargohida 1927—1940-
yillari 632 nafar mutaxassis tayyorlandi. Undan tashqari, 1938—1940-yillarda 112 nafar
farmatsevt, ya‘ni o‗rta ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlandi.
Shuningdek, oliy farmatsevtlar tayyorlash maqsadida 1937-yil 16-iyulda O‗zbekiston sog‗liqni
saqlash komissariatining 155-buyrug‗i bilan Toshkent farmatsevtika instituti tashkil etildi.
Urushdan keyingi yillarda respublikamizda dorixonalar tarmoqlari tez sur‘atlar bilan rivojlana
boshladi.
Dorixonalarni farmatsevt mutaxassislar bilan ta‘minlashni yaxshilash maqsadida barcha
viloyatlarda tibbiyot texnikumlari tashkil qilindi. Natijada shahar va qishloq dorixonalari yuqori
malakali farmatsevt kadrlar bilan ta‘minlandi. Respublika viloyatlarida, tuman va qishloqlarida
yangi dorixonalar, markaziy tuman dorixonalari, shifoxonalararo dorixonalar, shifoxona qoshi-
dagi dorixonalar soni ortib borib, aholi va davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari
hamda tibbiy-texnika asbob- uskunalari, bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan buyumlar
bilan ta‘minlash ishlari yaxshi yo‗lga qo‗yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |