O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi


Fanning maqsad va vazifalari



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/135
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#625125
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135
Fanning maqsad va vazifalari 
Hozirgi kunda umumiy mikrobiologiyadan mikroorganizmlarning tuzilishi, hayot jarayonini, 
molekulyar, hujayra bosqichlarida o‘rganilmoqda. Ishchi dasturda mikroorganizmlarning tasnifi, 
rejasi, morfologiyasi, fiziologiyasi, patogen mikroorganizmlarni o‘stirish uchun ozuqa muhitlar 
tayyorlash jarayoni, ekologiyasi, tashqi muhit faktorlarining mikroorganizmlarga ta‗siri, 
immunobiologik tibbiy preparatlar to‘g‘risidagi ta‗limotlar yoritiladi. Mikrobiologiya fanida
yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari: bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlarning 
morfologiyasi, fiziologiyasi ularning yuqumli kasallik patogenezidagi o‘rni, kasalliklarning 
klinikasi, epidemiologiyasi, spetsifik diagnostikasi, davolash, oldini olish usullari o‘rgatiladi. Ishchi 
dasturda farmatsevtik mikrobiologiya asoslari: dorivor o‘simliklarning, xom-ashyoning 
mikroorganizmlar ta‗sirida o‘zgarishi, dori tayyorlash jarayonida mikroorganizmlar bilan 
ifloslanishi, dori ishlab chiqarishda aseptika, antiseptika, dezinfeksiyaning moxiyati, immun 
preparatlar tayyorlash texnologiyalariga alohida o‘rin berilgan. Ishchi idasturda mikrobiologiya 
fanining asoslari zamon talablari asosida o‘z aksini topgan.
Fan bo‟yicha talabaning malakasiga qo‟yiladigan talablar
Talabalar o‘quv jarayonida mikrobiologiya fanidan mikroorganizmlar haqida umumiy tushuncha 
olishlari kerak, ularni o‘ziga xos bo‘lgan yashash qonuniyatlarini bilishi kerak va shu bilan birga 
yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari, ularni mikroorganizmlar bilan o‘zaro munosabatlari, yuqumli 
kasalliklar diagnostikasi, organizmning himoyalanish xususiyatlari, yuqumli kasalliklar doirasida 
patogen agentlarni ajratib olish, identifikatsiya va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yishni bilishi kerak. Har 
xil sinfga kiruvchi mikroorganizmlarning umumiy yashash qonuniyatlarini bilgan holda har xil 
yuqumli kasalliklarning laboratoriya diagnostikasini o‘zlashtirib bilishi kerak. Mikrobiologiya 
fanini o‘rganish davrida provizor va farmatsevtning kasb va profil fanlar uchun bilimi, mahorati 
amaliy faoliyati shakllanadi. Talabalar mikrobiologiya fanidan olgan bilimlari bo‘yicha dori 
moddalarning sterilligini aniqlash, kasallikni oldini olish uchun ishlatiladigan immunobiologik 
preparatlarni ishlata bilish, dorivor o‘simliklarni antimikrob xossalarini o‘rganib, yangi dori 
mahsulotlarini tayyorlashda olingan natijalarni ish jarayonida qo‘llaydilar. Mikroorganizmlarning 
morfologiyasi, tuzilishi va makroorganizm bilan o‘zaro munosabatlarini bilishi kerak, 
o‘qituvchining nazorati ostida xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilib, uslubiy ko‘rsatmalar 
yordamida quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak: - surtma preparatlarini tayyorlash; - tayyor 
surtmalarni bo‘yash usullarini bilish; - mikroorganizmlarni morfologiyasini o‘rganish uchun 
mikroskopiya usullarini qo‘llay olish; -bakteriyalarni ozuqa muhitlariga ekish va o‘sish 
ko‘rsatgichiga qarab ta‗rif berish; - antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali 
suyultirish, disk usullarida aniqlay olish; - mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya 
qilishni bilishlari ke rak; - yuqumli kasalliklarni klinik belgilariga qarab uning davrlarini bilish va 
taxminiy tashxis qo‘yish; -epidemik va pandemik yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi 
bakteriyalarni oldini olish chora tadbirlari, profilaktikasini bilishlari kerak. Organizmni 
himoyalanishi immunitet tushunchasini chuqur tahlil qilish va uning mohiyatini bilgan holda 
immun patologik holatlarga to‘g‘ri baho bera bilishi kerak. YUqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarga 


74 
bakteriologik, virusologik, serologik, mikroskopik, biologik, allergik usullarda tashxis qo‘yish 
asoslarini chuqur bilishi kerak. YUqumli kasalliklarni oldini olishda, davolashda qo‘llaniladigan 
vaksinalar, anatoksinlar, immun zardob va biopreparatlarning ishlatilishi va ahamiyatini bilishi 
kerak. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish