25
Promedol (trimeperidin) kimyoviy tuzilishi bo‘yicha piperidin
hosilasini saqlaydi. Promedolni 1948 yilda sintezlab olingan.
Tibbiyotda qo‘llaniladigan kimyoviy toza promedol oq kristall
holidagi kukun modda. Mazasi achchiq, deyarli hidsiz. Promedol
gidroxlorid tuzi suvda yaxshi eriydi. U etil spirti va xloroformda
qisman eriydi. Dietil efirida erimaydi. Suyuqlanish harorati 107-
1080C
Toksikologik ahamiyati.
Morfin alkaloidining og‘riqni qoldirish xususiyati jarrohlik
amaliyotini rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa ham, lekin u shu davr ichida
son-sanoqsiz kishilarni zaharlanishi, «morfinizmga» xastaligiga mubtalo bo‘lishiga sababchi
bo‘lgan. Ana shunday og‘riqni qoldirish xususiyatiga ega bo‘lgan, lekin narkotik ta’sir
etmaydigan modda olish maqsadida butun dunyo kimyogarlari ko‘pdan-ko‘p ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib bordilar. Natijada 100 dan ortiq yangidan-yangi birikmalar sintezlandi. Ulardan
tibbiyot amaliyoti uchun faqat promedol, izopromedol, lidol, fenadon kabilar taqdim etildi.
Promedol shokka qarshi birlamchi vosita hisoblanadi, miya qobig‘iga ta’sir etib, uning
og‘riq sezuvchi markazlari ishini susaytiradi. Og‘riqni qoldirish jihatidan promedol morfinga
juda yaqin turadi, lekin uning organizmga nisbatan zaharli kuchi morfinga qaraganda
kuchliroqdir. U shartli refleks va markaziy nerv sistemasi ishini susaytiradi.
Bu preparat hozirgi vaqtda turli xastaliklarda og‘riqni qoldirish uchun jarrohlik
amaliyotidan oldin va keyingi holatlarda keng qo‘llaniladi. U tug‘ruqxonalarda homilani
tug‘ilishiga yordam beruvchi va og‘riqni sezdirmaydigan modda sifatida ham ishlatiladi.
Oshqozon yarasi, stenokardiya, infarkt miokardi va boshqa xastaliklarni davolashda boshqa
dori vositalari bilan birga qo‘llaniladi.
Tez-tez is’temol qilinsa promedolga ham xuddi morfin singari «o‘rganib» qolish
mumkinligi va morfinizmga o‘xshash ta’sir etishi, uning katta kamchiligi hisoblanadi.
Promedol bilan zaharlanganda ko‘ngil aynish, bosh aylanish, darmonsizlanish, mastlik kabi
holatlar sodir bo‘ladi. SHuning uchun promedol bemorlarga faqat shifokor tavsiyasi bilan teri
ostiga yuboriladi. Bunda ta’sir 10-20 daqiqadan so‘ng seziladi va 3-4 soat davom etadi.
Faqatgina maxsus ko‘rsatmalar bo‘lganda promedolga kimyo toksikologik tahlillarini olib
boriladi. Promedol biologik ob’ekt tarkibidan nordonlashtirilgan spirt yoki nordonlashtirilgan
suv yordamida ajratib olinadi. Xloroform bilan pH=6,9-8,5 sharoitida maksimal
ekstraksiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: