Rasm 1. Korin bushligi a’zolarini old tomondan kurinishi.
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining xolati yoshga karab, ularning fiziologik yoki
patologik xolatiga va boshka sabablarga karab doimo uzgarib turadi. Ammo, korin
bo‘shlig‘i ichida jarrox qiyin axvollarga tushib kolganda undan chikishga yordam
beruvchi bir kancha muljallar bor. Ochilgan korin bo‘shlig‘ida ko‘ndalang chambar
ichak va uning ichak tutkichi bilan bo‘lingan yukori va pastki kavatlarni kurish
mumkin.
Korin bushligining yukorigi kavatida biz avvalo oshkozonning oldingi devori
va diafragma bilan oshkozonning oldingi devori orasida chukur joylashgan bursae
praegastrica ni kurishimiz mumkin, bursa praegastrica buylab qo‘limizni chapga
yunaltirsak lig. gastrolienale va undan keyin diafragma ostida joylashgan talokni
kuramiz.
Korin bushligi jaroxatini ung tomonini kutarib kurib, jigarning visseral
yuzasini, ut pufagini, oshkozonning pilorik kismini va un ikki barmokli ichakni
kurishimiz mumkin. Jigarning yukorigi yuzasi (pastda), diafragmaning pastki yuzasi
(yukorida) va lig. falciforme (chapda) orasida ung diafragma osti bushligi deb
nomlanuvchi korin parda bushligini topish mumkin, bu bushlik bursae hepatica deb
xam aytiladi. Bu xalta un ikki barmokli ichak yoki oshkozonning pilorik kismi
yaralari teshilib ketganda shu a’zolarning ichidagi narsalar tuplanadigan joy bulib
xam xizmat kiladi, bu esa rentgenoskopiya kilinganda kurinadi.
2
Korin bushligi yukorigi kavatni tekshirayotganda lig. hepatoduodenale ga
aloxida e’tiborni karatish lozim, chunki bu joyda ungdan chapga kiskartirilgan
abbreviatura buyicha DVA (ductus choledochus, vena portae, a.hepatica propria)
joylashadi. Bu elementlarning xolatini aniklash uchun jigar-un ikki barmokli
boylam orkasida charvi xaltasi teshigi topiladi, chap kulning kursatgich barmogi
orkali kirib, bosh barmok bilan boylamni oldini palpatsiya kilib, umumiy ut yuli
xamda jigar darvozasi kon tomirlari xolatini aniklash va tegishli tashxisni kuyish
mumkin, (masalan, umumiy ut yulining tosh kasalligi va b.k.) Bu usul bilan bursa
omentalis devorlarini, shu xaltaning orka varagi bilan koplanib turgan oshkozon osti
bezi oldingi yuzasini kisman tekshirish mumkin. Bundan tashkari, bu usul bilan
jigardan kon ketishini vaktinchalik tuxtatish xam mumkin, bu esa jigar jaroxatlarini
chukurligini aniklab, uni tikish uchun aloxida axamiyat kasb etadi.
Korin bushligi pastki kavatini tekshirib kurish uchun katta charvi kundalang
chambar ichak bilan birgalikda yukoriga kutariladi, shundan sung fiksatsiya kilingan
yukoriga kutariluvchi va pastga tushuvchi chambar ichaklar bilan korinning yon
devorlari orasidagi yonbosh kanallarning xolati, yugon ichaklarning medial yuzalari
va ingichka ichak tutkichi orasida joylashgan ichak tutkich bushliklarini topish
mumkin.
2
Malumki, ingichka ichak, ichak tutkichining ildizi kiyshik xolda chapdan
ungga, yukoridan pastga karab yunaladi va II bel umurtkasi satxida urta chizikdan
chaprokda boshlanib, ung yonbosh chukurchasida tugaydi. Ichak
tutkich ildizining uzunligi 15-20 sm bulishiga karamay, u 5-6 m ingichka ichakni
ushlab turadi va ung xamda chap ichak tutkich bushliklarini chegaralab turadi.
YOnbosh kanallar va ichak tutkich bushliklarini taftish kilish ichakdagi
perforatsiyalar yoki jaroxatlarning joyini aniklash xamda yiringlanishni aniklash
uchun katta axamiyat kasb etadi. Ichak xalkalari xolatini, ekssudat yoki yiringni
sinuslardan tuplangan joyini aniklash uchun jarrox ichak xalkalarini ung yoki chap
tarafga siljitadi va uning oldida orkadan korin parda, lateral gomondan yukoriga va
pastga tushuvchi chambar ichaklar, yukoridan kundalang chambar ichak va uning
tutkichi bilan chegaralangan mezenterial sinuslar kurinadi. Bu erda chap mezenterial
sinusning katta ulchamlari uziga dikkatni tortadi.
CHegaralangan (xaltalangan) peritonitda fakatgina shu joyni uzini
tekshirishga xarkat kilishi kerak, chunki boshka joylar tekshirilsa yalliglanish
jarayonini tarkalib ketish xavfi tugiladi. SHuni aytib utish kerakki, ung sinusning
anatomik chegaralari, ayniksa pastkisi, yaxshi rivojlangan, shuning uchun bu xolat
yiringni ung sinusdan boshka joylarga tarkalib ketishiga yul kuymaydi, chap
sinusning esa pastki chegarasi yuk, u tugridan tugri chanok soxasiga davom etadi,
yiringli jarayon xam shu yulni takrorlab, chanok peritoniti - pelveoperitonitni
chakiradi. Korin bushligini tekshirib kurishda doimiy buladigan, siljimaydigan
flexura duodenoyeyunalis, ichak tutkichi ildizi, kundalang chambar ichak kabi
anatomik xosilalarga axamiyat berish kerak. Tanikli rus xirurgi V.P.Gubarev
ingichka ichakning boshlanish kismini aniklash uchun juda effektiv va oddiy usulni
taklif etdi. Buning uchun kundalang chambar ichakning ichak tutkichi ildizi topilsa
buldi, undan ung kulning kafti bilan pastga siljib, ingichka ichak xalkalarini pastga
surib, II bel umurtkasining satxida, urta chizikdan chaprokda, ingichka ichakning
boshlanish kismi va shu joyga maxkamlangan flexura duodenoyeyunalis topiladi.
Bu usul juda muxim bulib, ingichka ichakni perforatsiyalarida taftish kilish uchun
va gastroenteroanastomozda ingichka ichakni uzunligini aniklash uchun katta
axamiyat kasb etadi, chunki adabiyotda ingichka ichakning boshlanish kismini topa
olmasdan, anastomoz yonbosh ichakning oxiriga kuyilgani va bu xolatlar, kupincha,
ulim bilan tugaganligi tugrisida ma’lumotlar bor.
Amalda korin bushligining ikkala bulimi bir-biri bilan ajralganmi, degan
savolni berish mumkin.
Normal xolatda ikkala bulim orasida bunday chegaralanish yuk, fakatgina
kundalang chambar ichak biroz shishgandagina yukorigi bulim ozgina izolyasiya
buladi, chunki ichak devori parietal korin pardaga tegib turadi. Lekin, oshkozon va
un ikki barmokli ichakning yaralari teshilib ketsa, kundalang chambar ichak va
charvi oshkozon va un ikki barmokli ichak ichidagi massani pastki bulimga
tarkalishiga yul kuymaydi, lekin bu chegarada zaif joy bor. Ma’lumki, colon
transversum fakatgina orka devorga fiksatsiya kilinadi, shuning uchun bu
a’zolarning teshilgan yaralari ularning oldingi devorida joylashsa, bunda massa ung
yonbosh kanal orkali chanok bushligiga borishi mumkin. CHap tomonda lig.
frenicocolicum borligi uchun patologik suyuklik yoki massaning bunday tarkalishi
bulmaydi. Oshkozon va 12-barmokli ichaklarning yaralari ularning orka devorlarida
joylashsa, teshilganda massa charvi xaltasiga tushadi va korinning pastki kavatiga
etib bormaydi. YUkoridagilardan tashkari, korin bushligining yukorigi va pastki
kavatlarida korin parda xisobiga bir kancha chuntaklar paydo buladiki, ularga
yiringli peritonitda yiringning ma’lum bir kismi kirib kolib, chuntak berkilib,
keyinchalik esa bu chuntaklar yiringlanish manbai bulib xizmat kiladi. Korin
bushligining yukorigi kavatida kuyidagi chuntaklar joylashadi:
1.
Saccus caccus lienis - chap kobirga osti soxasida, chap lig. rhrenico
colicum sinistra ustida joylashadi va talok uchun joy xisoblanadi.
2.
Recessus superior omentalis - charvi xaltasi ichida jigarning dum va chap
bulaklari ostida joylashadi.
3.
Recessus cardialis cavi omenti minoris - kichik charvi bushligining
kardial chuntagi, kichkina chukurcha bulib, kichik charvining chap kismida va
tugridan tugri lig. gastropancreaticum ustida joylashadi.
4.
Recessus lienaiis
-
talok darvozasi yakinida, katta charvi bushligida
joylashadi. Oldindan lig. gastrolienale, orkadan – lig. pancreaticoiienalis, chapdan -
talok darvozasi bilan chegaralanadi, ungda esa katta charvi bushligi bilan erkin
tutashib turadi.
5.
Recessus dudenopancreaticus- katta charvi bushligining ung bulimida
joylashadi va korin pardaning oshkozon osti bezi boshchasi va 12-barmokli
ichakning pastga tushuvchi kismidan lig. gastrocolicum ga utish joyida joylashadi.
6.
Recessus gastropancreaticus - oshkozonning orka devori va pancreas
orasidagi chukur bushlikdir. Kesilgan lig. gastrocolicum orkali kul kafti kiritilganda
shu chuntakka kiriladi va oshkozonning orka devori buylab yunalib, lig.
gastropancreaticum ga takalib kolishi mumkin.
7.
Recessus inferior omentalis - katta charvi bushligining eng pastki
bulimida joylashgan. Oldindan lig. gastrocolicum, orkadan kundalang chambar
ichak ichak tukichi bilan chegaralanadi. CHarvi bushligida biror bir patologik
suyuklik bulsa, u uzining ogirligi tufayli shu past joyda tuplanadi (rasm 2).
Korin bushligining pastki kavatida kuyidagi chuntaklar joylashgan:
8.
Recessus intersygmoideus - sigmasimon ichak xalkasi ichida chukurlik
sifatida yotadi.
9.
Recessus duodenoyeyunalis - korin pardaning ikkita burmasi - plica
duodenoyeyunalis superior va inferior, lar orasida yotadi. Flexura uodenoyeyunalis
soxasida ikkala burma orasida chukurlik paydo buladi. Bu chuntak korin parda orti
churralari yoki Treys churralari xosil bulishida katta axamiyatga ega. YUkorigi
burmada pastki ichak tutkich venasi joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |