QORIN BO‘SHLIG‘I KLINIK ANATOMIYASI
Qorin bo‘shlig‘i yuqoridan diafragma, pastdan l.terminalis, orqadan bel
soxasi, oldindan qorinning oldingi yon devori bilan chegaralanib turadi. Ko‘ndalang
chambar ichak va uning ichak tutqichi yordamida qorin bo‘shlig‘i yuqorigi va pastki
qavatlarga bo‘linadi. YUqorigi qavatda jigar, oshqozon, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari,
talok, qizilo‘ngachning qorin qismi, me’da osti bezi, pastki kavatda esa ingichka va
yo‘g‘on ichaklar joylashadi.
Qorin bo‘shlig‘i qorin parda bo‘shlig‘i va qorin parda orti bo‘shliqlariga
bo‘linadi. Bu tushunchalarni bir-biridan farklay bilish kerak. Qorin bo‘shlig‘i
deganda, yuqorida aytilgan chegaralar xududida yotgan joyni, qorin parda bo‘shlig‘i
deyilganda esa, qorin parda bilan qoplangan a’zolar uchun turar joy tushuniladi.
Katta odam organizmi tuzilishini mantikan tushunish va patologiya davrida
kelib chikadigan xolatlarni tushunish uchun odam embrionining rivojlanishi va
a’zolarning shakllanishi asosiy etaplarini ko‘rib chikish kerak.
Embrional rivojlanishining erta stadiyalarida birlamchi ichak jabralar
ravog‘idan kloakagacha spinal xordaga parallel xolda shakllanadi. U dorsal ichak
tutkich orkali embrional korin bushligining devori bilan tutashgan buladi.
Rivojlanishning 4-xaftasida 12-barmokli ichak soxasida birlamchi ichak yunalishida
ikkita dumbok paydo buladi, ulardan jigar va me’da osti bezi rivojlanadi. Jigar korin
pardaning ventral xaltasi tomoniga tezda usib, asta-sekin ung diafragma osti
bushlikni egallaydi, me’da osti bezi dorsal ichak tutkichda rivojlanadi va 12-
barmokli ichak uzining ichak tutkichi bilan korin bushligining orka devoriga
yopishgandan sung u doimo korin parda orkasida koladi. Jigarni korin bushligida
oldinga va pastga siljishi, uni diafragmal soxasida korin parda bilan koplanmay,
kolgan joylarida esa korin parda bilan xamma tomondan koplanishiga olib keladi.
Jigarning tezda usishi a’zolarning sintopiyasi uzgarishiga va ular orasida
boylamlar xosil bulishiga olib keladi. Jigar usishi davomida uzining orkasidan
birlamchi korin pardaning burmalarini tortadi, ular keyinchalik a’zoning korin parda
yopkichi va lig.coronarium hepatis, lig triangulare dexter et sinister, lig. falciforme
hepatis, lig hepatogastricum kabi boylamlarga aylanadi.
Ovkat xazm kilish traktining rivojlanishidagi ikkinchi muxim faktor bulib,
ovkat xazm kilish nayining differensiatsiyasi boshlanishi xisoblangan oshkozonning
paydo bulishi xisoblanadi.
Bu jarayon embrional rivojlanishining 6-xaftasidan boshlanadi, chunki bu
vaktda birlamchi ichakning kengayishidan oshkozon paydo buladi.
Birlamchi oshkozon avvaliga urta chizik buylab sagittal xolatda joylashadi,
bu xolatda uning katta egriligi orkaga, kichkina egriligi esa oldinga karagan buladi.
Oshkozon paydo bulishi bilan bir vakgning uzida birlamchi oshkozonning dorsal
tutkichi varaklari orasida talok paydo buladi. Rivojlanishning uchinchi oyida
oshkozon urta-median xolatdan chikib, uzining uzunasiga ketgan uki atrofida
chapdan ungga va pastga aylana boshlaydi, bu xolatda talok oldinga chikadi.
SHuning uchun talok intraperitoieal koplanib, doimo oshkozon-talok boylamining
ichida koladi.
Oshkozonning katta egriligi asta-sekin chapga, pastga va oldingi tomonga
siljiydi, dorsal tutkich oshkozon orkasidan yunaladi va shu xolda oshkozon korin
pardaning dorsal tutkichi bilan tugridan-tugri alokasini yukotadi, bu esa uning
orkasidagi charvi xaltasini kelib chikishiga sabab buladi. SHunday kilib, oshkozon
birlamchi korin bushligining orka devoridan ajraladi, lekin jigar, kizilungach
kundalang chambar ichak bilan alokasini saklab koladi. Ichak esa korin pardaning
orka devori bilan ichak tutkich ildizi misolida alokasini saklab koladi. SHy
maxalning uzida ichak nayi tomonidan ancha uzgarishlar sodir buladi. Sariklik yuli
bilan birlashgan ichak oldingi va orka nomli ikkita tizzani xosil kiladi. Oldingi
tizzadan 12-barmokli ichak, och ichak va yonbosh ichakning yukorigi kismi xosil
buladi, orka tizzadan esa-yonbosh ichakning eng pastki kismi va yugon ichakning
xamma kismi paydo buladi. Keyinchalik ichak xalkasining aylanishi kelib chikadi,
buning natijasida oldingi tizzaning dorsal tomonga siljishi ruy beradi, uning oldida
esa kundalang chambar ichakning boshlangich kismini xosil kilib, orka tizza
joylashadi. Korin bushligida kundalang chambar ichak orkasida 12-barmokli ichak
joylashadi. Tez rivojlanuvchi ichak xalkalari chambar ichakning bir kismini chapga
surib chikaradi va colon descendens ning boshlanishiga asos buladi. CHambar
ichakning yukori kismi esa, ung va pastga aylanib, colon ascendens ni boshlanish
joyini xosil kiladi. 2-oyli embrionda kur ichak deb atalmish divertikul rivojlanadi.
Uchinchi oyning oxirida shu divertikulning distal kismi rivojlanishdan orkada
koladi va buning natijasida chuvalchangsimon usimta paydo buladi. Kurinib
turibdiki, yukoriga kutariluvchi yugon ichak uzining nomini kelib chikishidan emas,
balki uzidagi axlatning yunalish yuliga karab olgan, ichakning uzi esa ung yonbosh
chukuriga sekin-astalik bilan tushadi. SHunnng uchun bolalarda kur ichak va
chuvalchangsimon usimtaning yukori turishi farklanadi, bu xolni utkir appenditsit
tufayli operatsiya kilinayotgan jarrox doimo esda tutishi kerak.
Oshkozon va charvi xaltasining rivojlanish jarayonida oshkozon kundalang
chambar ichak, ichak tutkichi bilan uchrashadi, buning natijasida u ventral
yunalishda siljiydi va kundalang chambar ichak ustida osilib kolib, lig
gastrocolicum ni xosil kilishga olib keladi, uning keyingi rivojlanishi va usishi
ingichka ichak xalkalarini etak sifatida tusib turuvchi katta charvini xosil kiladi
(rasm 1).
2
Katta charvining xosil bulishi odam evolyusiyasidagi katta muxim faktdir,
uning rivojlanishiga odamniig vertikal xolatiga utishi katta ta’sir kursatdi, buni
tasdig‘i deb shuni ko‘rsatish mumkinki, bazi bir xayvonlarda katta charvi yo‘k
bo‘ladi, yosh bolalarda esa zaif va oz rivojlangan buladi. Buni birinchi jarroxlikda
esda tutish lozim, chunki katta charvining yukligi korin pardaning plastik
kobiliyatini keskin kamaytiradi va yiringli jarayonni chegaralanishini kamaytiradi.
shuning uchun
bolalarda korin bushligidagi yiringli jarayonlar juda xavfli kechadi.
Oshkozon-ichak traktini xar xil bulimlarining rivojlanishi bilan birgalikda
asta-sekinlik bilan kon tomirlar xam rivojlanadi. Masalan, oshkozon paydo bulishi
bilan birgalikda shakllangan bezlar (jigar, pancreas, talok) umumiy manba (truncus
coeliacus) dan kon oladilar, embrional tarakkiyotning keyingi etaplarida birlamchi
ichakning distal kismidan paydo bulgan bulimlar yukorigi va pastki ichak tutkich
arteriyalari xisobiga kon bilan ta’minlanadilar. Ovkat xazm kilish traktining
yukorida aytib utilgan kiska embriogenezi bizga xar xil xolatlarni (kur ichakning xar
xil xolati va x.k.) chukur bilish va tushunishga yordam kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |