Sellyulozaning yarim sintetik xosilalari. Surtmalar texnologiyasida sellyuloza
xosilalaridan metilsellyuloza (MS) va natriy karboksimetilsellyulozalardan (Na-KMS) asos
sifatida foydalanish mumkin.
MS – oddiy efir bo‗lib, sellyuloza molekulasiga kiritilgan metil guruxining soniga qarab,
150 dan 700 gacha polimerizatsiya darajasidagi efirlarni xosil qilish mumkin. Ularning
molekulyar massasi mos ravishda 30000 dan 140000 gacha. MS eritmalarining asosiy xossasi
ularning qovushqoqligidir. Bu esa ularning tarkibidagi metoksi guruhlarning almashinish
darajasiga, ularning bir xilda tarqalganligiga va polimerizatsiya darajasiga bog‗liq. Farmatsevtik
texnologiyada ishlatiladigan MS 26-33% metoksi guruhlarini saqlaydi. U och sariq rangli,
tolasimon yoki paxtasimon ko‗rinishli, xidsiz va mazasiz, uzoq vaqt saqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |