98
6. Suyuq va quruq ekstrakt konsentratlarni ishlatilishi.
Ajratilgan vaqt: 2 soat
Ma‘ruza maqsadi: moyli ekstraktlarni va ekstrakt konsentratlarni texnologiyasi, ajratuvchilar,
ajratmani yot moddalardan tozalash, bug‗latish va quritishda ishlatiladigan asbob-uskunalar,
ishlatilishi bilan talabalarni tanishtirish.
Tayanch so‘z va iboralar: moyli ekstrakt, ekstrakt -konsentrat.
texnologiya, ajratuvchi, tozalash,
bug‗latish,
quritish,
asbob-uskuna, ishlatilishi.
Moyli ekstraktlar deb, dorivor o‗simliklardan moylar yordamida olingan ajratmalarga
aytiladi. Usimlik xom ashyosidai ta‘sir etuvchn moddalarni ajratib olish uchun o‗simlik va
mineral moylar (kungaboqar, paxta moyi, vazelin, er yong‗oq moyi va boshqalar) ishlatiladi.
Sanoatda moyli ekstraktlar ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: xom ashyo va
ajratuvchini tayyorlash; ajratma olish; yot moddalardan
tozalash; baholash va qadoqlash.
Ularni tayyorlashda matseratsiya, reperkolyasiya va boshqa usullardan foydalaniladi.
Moyli ekstraktlar issiq xolda bosim ostida, qalin jun matolar orqali suziladi. Ular tashqi
ko‗rinishi va ta‘sir etuvchi modda miqdori bilan baxolanadi.
Moyli ekstraktlar tashqi maqsadlar uchun ishlatiladi. Moyli ekstraktlarning soni uncha
ko‗p bo‗lmasda, ularga mingdevona, bangidevona, qashqarbeda o‗ti va gnafalium moyli
ekstraktlari, karotolin va boshqalar kiradi.
Mingdevona moyli ekstrakti. Bu ekstrakt tarkibida 0,05% alkaloid bo‗lgan mingdevona
bargidan, kunga-botqar moyidan 3 xil usulda olinishi mumkin.
1. Matseratsiya usuli. Sirlangan (emal bilan qoplangan) cho‗yan idishda 100 kism
yirik maydalangan mingdevona bargini 75 qism 95% li spirt va 3 qism ammiak bilan namlab,
xona haroratida qoldiriladi (12 soat) Aralashma ikki qavat devorli maxsus qozonga o‗tkazilib,
ustiga 1000 qism kungaboqar moyi va 50 qism quritilgan natriy sulfat solib, 50—60°S
xaroratda spirt,
ammiak va suv to‗liq bug‗languncha aralashtirib turiladi. Spirt, ammiak va
suv to‗liq, bug‗langanda aralashma tiniq bo‗lib koladi va barg barmoq orasiga olib ezilganda,
qirsirllaydi. So‗ng ajratma quyib olinadi, ikki kun tindirib, suziladi va moy bilan 1:10
nisbatigacha etkaziladi.
2. Sankt-Peterburg «Oktyabr» kimyo-farmatsevtika ishlab chiqarish birlashmasida
maydalangan mingdevona bargidan 1% li ammiak saqlagan 70% li spirt bilan perkolyatorlar
batareyasida ajratma olinadi. Olingan
ajratma suziladi va teng miqdordagi kungaboqar bilan
aralashtiriladi, mo‗‗tadil bosimda spirt, suv aralashmasi vakuum ostida to‗la uchib ketguncha
xaydaladi. Moyli konsentrat me‘yorigacha moy bilan suyultiriladi, 3— 4 kun tindiriladi,
so‗ng yuqorigi tiniq qismi
kuyib olinadi, pastki loyqa
qismi esa Nutch-filtr orqali suziladi.
3. 1959 yili M. T. Tarasova xom ashyoni xloroformli suv bilan perkolyasiya usulida
ajratma olishni taklif qildi. Ajratma ion almashgich «Espatit-1» smolasi orqali o‗tkazilib,
tozalanadi. Bunda alkaloidlar «Espatit-1» da ushlanib qoladi. Ular tarkibida ammiak
bug‗latilib, 50% li spirt bilan yuvib ajratib olinadi, bug‗latiladi va quritiladi. Qurigan tolqon
isitilgan moyda eritiladi. Tayyor maxsulot tarkibida alkaloid miqdori, xom ashyodagidan 10
marta kam bo‗lishi kerak.
Tayyor maxsulot tiniq, yashil yoki qo‗ng‗ir-yashil rangli, o‗ziga xos hidli, moysimon
suyuqlik. Og‗riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Salqin va qorong‗i joyda saqlanadi.
Baigidevona moyli ekstrakti. Bu ekstrakt mingdevona moyli ekstrakti o‗rniga ishlatilishi
mumkin. Xom ashyoda alkaloidlar miqdori besh baravar ko‗p bo‗lganligi tufayli, ekstrakt
tayyorlashda uni 5 marta kam olinadi. Olish usullari, baholash, ishlatilishi xuddi mingdevona
moyli ekstrakti bilan bir xil.
Qizilpoycha moyli ekstrakti. Bu ekstrakt mineral yoki o‗simlik moylari yordamida
matseratsiya usulida olinadi. Maydalangan xom ashyoga 10 baravar ko‗p miqdorda moy qo‗shib,
suv hammomida 3 soat mobaynida qizdiriladi. So‗ng ekstrakt quyib olinadi va tindirib, suziladi.
Uning tarkibida giperitsin va psevdogiperitsin flavonoidlari, efir moylari smolalar mavjud bo‗lib,
ishlatilishi shu moddalarning xususiyatlariga bog‗liq. Bitishi qiyin bo‗lgan yaralar
(troficheskie yazvi) da surtma dori sifatida ishlatiladi.
99
CHakanda moyi
. Bu moy chakanda o‗simligining
pishgan mevasidan olinadi. YAngi
yig‗ilgan yoki muzlatilgan chakanda mevasi maxsus mashinalarda urug‗iga shikast etkazmasdan
maydalanadi. Xosil bo‗lgan sharbat surg‗ich yordamida surib olinadi. Maydalangan xom ashyo
sentrifugalanadi. Ajralib chiqqan sharbat tindiriladi, suziladi, turg‗unlashtiriladi (pasteriza-
Dyyalanadi). SHarbati ajratilgan xom ashyo tarkibida ma‘lum miqdorda suv bo‗ladi. Uni
maxsus qurutgichlarda
5—7% qoldiq, namlik qolguncha quritiladi. Quritilgan xom ashyo 0—9 kg
dan maxsus idishlarga solinib, 16 perkolyatordan tashkil topgan batareyada qarshi oqimda
kungaboqar moyini olishda shu usulda ajratma olinadi. Olingan ajratma tindiriladi va suziladi.
Maxsulotda karotinoidl a r miqdori 180 m g% dan, kislota miqdori esa 14,5% dan ortmasligi kerak.
Agar ta‘sir etuvchi moddasi ko‗p bo‗lsa, ta‘sir qiluvchi moddasi kam bo‗lgan ekstrakt bilan
suyultirilib, me‘yoriga etkaziladi. Xozirgi vaqda chakanda mevasidan chiqindisiz foydalanish
texnologiyasi ishlab chiqarilgan bo‗lib, mevasining yumshoq qismi va urug‗idan metilenxlorid
yordamida aloxida-alohida ajratma olinadi, so‗ng ajratuvchi bug‗latiladi, koldiq moy
baholanadi va kungaboqar moyi bilan suyultirilib me‘yoriga etkaziladi. Qolgan xom ashyodan
ajratuvchi qoldig‗i bug‗latiladi va qolgan quruq tolqonga 60% li s p i r t bilan ishlov berilib
ajratma olinadi, undan
spirt xaydaladi, qoldiq vakuum quritgich asbobida quritiladi.
CHakanda moyi moysimon, qo‗ng‗ir qizil rangli, o‗ziga xos xidli suyuqlikdir. Preparat
tarkibida — karotinoidlarga nisbatan xisoblanganda karotinoidlar yig‗indisi 1,8 g/l dan kam,
kislota miqdori 14,5 dan yuqori bo‗lmasligi kerak.
CHakanda moyi saraton kasalligini, kuygan joylarni davolashda hamda ginekologiya
amaliyotida ishlatiladi. Og‗zi yaxshi berkitiladigan idishlarda, salqin va qorong‗i joylarda
saqlanadi.
Na‘matak moyi. Kam vitaminli na‘matak turi — itburun urug‗idan metilenxlorid yoki dix-
loretan yordamida olinadi. So‗ng ajratuvchi bug‗latiladi, ekstrakt suziladi va baxolanadi. Bu
qo‗ng‗ir-yashil rangli, achchiq ta‘mli, o‗ziga xos xidli moysimon suyuqlik.
Mahsulot tarkibida alfa va beta—tokoferollar 0,4 g/l dan kam va kislota miqdori 5,5 dan
ko‗p bo‗lmasligi kerak. Tashqi maqsadlarda dermatoz, qiyii bitadigan yaralarni davolashla
ishlatiladi.
Karotolin urug‗idan tozalangan na‘matak mevasining moyli ajratmasi. Bu qo‗ng‗ir rangli,
o‗ziga xos xid va mazaga ega bo‗lgan suyuqlik. Kislota miqdori 3,5 dam ortiq bo‗lmasligi, beta
karotinga xisoblanganda karotinoidlar 1,2 g/l bo‗lishi kerak.
Dermatoz, qiyin bitadigan yaralarni davolash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: