Konsentrat-ekstraktlar
Bular ekstraktlarning maxsus guruhi bo‗lib, dorixona sharoitida suvli ajratmalar tayyorlash
uchun o‗simlik xom ashyosi o‗rniga ishlatishga mo‗ljallangan. Dorixona sharoitida o‗simlik xom
ashyosi tarkibidagi ta‘sir qiluvchi moddalarni saqlab qolish sababli baxolanmaydigan dori turi
bo‗lgan suyuqlik - ajratmalar uchun muximdir. Ularni aniq baxolangan konsentrat
ekstraktlardan tayyorlash maxsulot sifatini, bemorlarga xizmat qilish madaniyatini oshirish
imkonini beradi. SHunga ko‗ra iloji boricha bu guruh preparatlarini konsentratlardan
tayyorlashga o‗tish maqsadga muvofiqdir. Ular suyuq va quruq bo‗ladi. Suyuq konsentrat
ekstraktlarni tayyorlash ajratma olish, yot moddalardan tozalash, baholash kabi texnologik
bosqichlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |