1-laboratoriya ishi.
Rux oksidining 10% li surtmasi.
Unguentum Zyncci oxydi 10%.
Vazifa.
10 g rux oksidi surtmasini tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor maxsulot sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Rux oksidi - 10,0 g
Vazelin - 90,0 g
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
Xovoncha dastagi bilan, tosh va tarozi.
Rux oksidi va vazelin.
Tayyor maxsulotni solish uchun idish.
Sochiq, tibbiyot dokasi va sovun
Slyuda, etiketka tayyorlash uchun qog’oz.
Elektr plitasi va 50-100 mkm li elaklar
Ishni bajarish tartibi.
Kerakli miqdordagi ruh oksidi (oldindan 100 mkm li elakdan o’tkazilgan) xovonchaga solinadi va ustiga tortib olingan vazelin oz-ozdan solib (10-20 g) xovoncha dastagi bilan bir xil oq rangdagi surtma tayyor bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan surtma tashqi ko’rinishi bo’yicha baholanadi va qadoqlanadigan idishga solinib, etiketka yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |