Moyli eritmalar tayyorlashning o‘ziga xos tomonlari
Moylarning qovushqoqligi yuqori bo‘lganligidan dori moddalarning erishi qiyin bo‘ladi. Shu sababli dori moddalar oldindan maydalangan, moy esa ma’lum haroratgacha isitilgan bo‘lishi lozim. Undan tashqari dorilar erishini yaxshilash maqsadida etil oleat, benzil benzoat kabi yordamchi erituvchilar qo‘shiladi. Moyli muhitda mikroorganizmlarning vegetativ shakillari va sporalari suvdagidan ko‘ra uzoqroq muddat saqlanib qoladi. Shu sababli moyli eritmalarni sterillash yuqori haroratda va uzoq davom etishi kerak. Shuning uchun moylarni avtoklavda 1200S da 2 soat sterillash kerak. Moyli eritmalar shisha bilan muloqotda bo‘lmaganligi tufayli ularni tayyorlashda turg‘unlashtiruvchilar qo‘shilmaydi. Eritmalarni faqat quritilgan ampulalarga shprits usulida quyish lozim (ampula kapillyarlari ifloslanmasligi uchun, aks holda kavsharlash vaqtida moy kuyib, eritmani ifloslantiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |