E t i l o l e a t
Bu etil spirtni olein kislotasi bilan hosil qilgan murakkab efir bo‘lib, och sariq, moysimon neytral muhitli suyuqlik, havoda oksidlanmaydi, termik sterilizatsiyaga yaxshi chidaydi, suv bilan aralashmaydi, spirt va moylar bilan yaxshi aralashadi. Moylarga nisbatan qovushqoqligi kam, to‘qimalarga oson so‘riladi va dorilar ta’sirini uzaytiradi (testosteron propionat). Etiloleat birinchi marta XI DF ga erituvchi sifatida kiritilgan bo‘lib, dezoksikortikosteron atsetat, progesteron, testosteron propionat, kamfora kabi eritmalarni tayyorlashda ishlatiladi.
Asosiy erituvchilarga qo‘shib ishlatiladigan yordamchi erituvchilar xozirgi vaqtda keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Ular yomon eriydigan moddalarni eruvchanligini yaxo‘ilaydi, eritmani gidrolitik parchalanishidan saqlaydi, dorini turg‘unligini oshiradi, ular spirtlar, efirlar va amidlarga bo‘linadi.
Spirtlar. Bir atomli va ko‘p atomli bo‘lib, suv bilan yaxshi aralashadi, suvda yomon eriydigan moddalarning eruvchanligini oshiradi. Lekin bularni ishlatishda oksidlovchilar ishtrokida zaharli aldegid, kislota va efirlar hosil bo‘lishini hisobga olish kerak.
Etil spirti. Etil spirti digitoksin, digoksin, selanid, strofantin, konvallotoksin, erizimin, olitorizid kabi suvda erimaydigan moddalarni eritish maqsadida 2-50% gacha eritmaga qo‘shiladi, so‘ng suv bilan kerakli xajmgacha suyultiriladi.
Propilenglikol. Bu ikki atomli spirt bo‘lib, tiniq, rangsiz suyuqlik, xona haroratida barqaror, lekin 1400 S dan yuqori xaroratda propion aldegidi, sut, uzum va sirka kislotalarigacha oksidlanishi mumkin.
Shuning uchun uni 1400S da 3 soatdan ortiq sterillash mumkin emas.
Propilenglikol nisbatan kam zaharli bo‘lib organizmdan tez chiqib ketadi. U yordamchi erituvchi va turg‘unlashtiruvchi sifatida suv va etil spirti eritmalarga 40-70% qo‘shilishi mumkin. Masalan, propilenglikol boshqa spirtlar bilan birgalikda antibiotiklar, sulfanilamidlar, barbituratlar, alkaloid asoslarini, A va D vitaminlarning erishini ta’minlaydi va turg‘un eritma hosil qiladi. Masalan, eritromitsinning suvli eritmasiga 40%, lantozidga 40% propilenglikol qo‘shiladi. Xinidin gidroxlorid eritmasi esa 100% propilenglikolda tayyorlanadi. 50% gacha propilenglikol saqlagan eritmalar venaga, undan ortiq saqlaganlari mushakka yuborilishi mumkin.
Glitserin. Bu uch atomli spirt. U gigroskopik xossaga ega bo‘lib, havodan 40% gacha suvni shimib olishi mumkin. Tibbiyotda ishlatiladigan glitserin 13% suv saqlaydi. 150 50 0 S da bir soat sterillanadi. Glitserin suvli va spirtli eritmalarga qo‘shimcha erituvchi sifatida 30% gacha qo‘shiladi. Xorijiy davlatlarda u levomitsetin, gidrokortizon, glyukoza, fenobarbital, morfinlarni in’eksion eritmasi tarkibiga kiradi. Bizda selanid, mezaton, viprokainlarni erishini yaxshilash maqsadida qo‘shiladi. Glitserin dorilarni organizmda tez so‘rilishga yordam beradi.
Polietilenoksid. PEO-200, 300, 400, 600 lar rangsiz, moysimon qovushqoq suyuqlik bo‘lib, spirt va suvda yaxshi eriydi, fiziologik indifferent, gidrolizga uchramaydi. In’eksion eritmalarga barqaror hisoblangan PEO-400 qo‘shiladi. PEO-400 suvda yomon eriydigan va gidrolizlanishga moyilligi bo‘lgan sulfanilamidlar, barbituratlar, antibiotiklar, natriyaskorbinatlarni eruvchanligini yaxshilash va turg‘unligini oshirish maqsadida asosiy erituvchiga 70% gacha qo‘shiladi. Masalan, digoksin, levomitsetin, penitsillin, serkolizin kabi dorilarning eritmalarini tayyorlashda ishlatiladi. Lekin PEO-400 ayrim dori moddalar bilan kompleks birikma hosil qiladi va sterillash vaqtida ular biologik faolligini to‘la yo‘qotishi mumkin. Ularga tarkibida fenol guruhini saqlagan birikmalar kiradi. PEO-400 tarkibida past molekulali fraksiyalarni saqlamasligi kerak, chunki ular oksidlanib zaharli birikmalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |