Tebranuvchi isitmalashda tana haroratini kun mobaynida me’yoridan yuqoriga tebranish darajasi 10Sdan ko‘p va unda minimal kunlik ko‘rsatkichi 370Sdan yuqori bo‘lib, sitomegalovirusli, mononukleozli va yiringli infeksiyalarga (masalan, xolangitda) xos.
Qaytalovchi isitmalashda tana haroratini to‘satdan yuqoriga ko‘tarilib (isitmalash davri) bir necha kun davomida saqlanishi va undan so‘ng shunday tezlikda me’yorigacha tushib ma’lum muddat shu xolatda turishi (isitmasiz davr) hamda unga ushbu jarayonni qayta-qayta takrorlanishi xarakterli. Isitmalash egri chizig‘ining bunday ko‘rinishi deyarli barcha xollarda asosan qaytalanuvchi tif kasalligida qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |