Uch va turt kunlik tanaffusdan keyingi isitmalash (1 rasm a) bezgak kasalligiga xos bo‘lib tana harorati har uch yoki to‘rt kundan keyin ko‘tarilib turadi.
To‘lqinsimon isitmalashda (1 rasm b) tana haroratini sekinlik bilan juda yuqori darajagacha ko‘tarilib, bir necha kun saqlanib turgandan so‘ng qanday ko‘tarilgan bo‘lsa shu xolatda me’yorigacha tushishi hamda ma’lum vaqtdan keyin ushbu jarayonning yana qayta takrorlanishi kuzatiladi. Isitmalashning bu turi asosan surunkali brusellez va limfogranulematoz kasalliklarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |