Baho
|
a’lo
|
yaxshi
|
qoniqarli
|
qoniqarlisiz
|
Yomon
|
|
O‘zlashtirish%
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% undan kam
|
1
|
Nazariy qism
|
20-17,2
ball
|
17-14,2 ball
|
14-11 ball
|
10,8-7,4 ball
|
7,2 ball
|
4.2. Taxlil qismi
4.2.1. Vaziyatli masalalar:
Vaziyatli masalalar:
1. Xozirda shikoyatlari bo‘lmagan 18 yoshli bemor dispanser ko‘rikdan o‘tish uchun UAShga murojaat qildi. Anamnezida tez-tez angina, revmatizm, poliartrit bilan og‘rigan. Revmatolog nazoratida bo‘lgan va davolanib turgan. Ob’ektiv ko‘rikda: bemor xolati qoniqarli. Teri qoplamalari rangpar, bo‘g‘imlari o‘zgarishsiz. O‘pqada veziqo‘lyar nafas. Ps - bir daqiqada 86ta ritmik (celler et altus), Myusse simptomi musbat. AQB 140/20 mm.sim.ust. Cho‘qqi turtkisi gumbazsimon, 6 qovurg‘a oralig‘ida, o‘rta umrov chizig‘idan tashqarida. Yurak chegaralari: o‘ng chegarasi – to‘shning o‘ng qirrasida, chap chegarasi - axillaris anterior chizig‘ida, yuqori chegarasi 3 qovurg‘a oralig‘ida. Aortada II ton susaygan, yaxshi eshitilish markazi Botkin-Erb nuqtasida bo‘lgan diastolik shovqin. Jigar va taloq paypaslanmaydi. EKG: Ritm sinusli. Interval PQ-0,22 sek. UQT: Hb-116g/l, leyk 9,8, EChT-18mm/s. DFA-0,22, Seromukoid-180, S-reaktiv oqsil, timol sinamasi manfiy, fibrinogen 550%.
Diastolik shovqin bilan namoyon bo‘ladigan kamida 3 ta kasallikni sanab o‘ting va bu kasalliklarda shovqinning yaxshiroq eshitilish nuqtasini ko‘rsating;
Dastlabki to‘liq tashhisni yozing;
Tashhisni aniqlashda qanday qo‘shimcha instrumental tekshirish usullari o‘tkazish lozim;
Ushbu patologiya uchun xos bo‘lgan kamida to‘rtta asoratlarni ayting;
№
|
Javoblar
|
1
|
Revmakardit, anemiya, tireotoksikoz, miokardit
|
2
|
Revmatizm, faoligi II, birlamchi revmakardit o‘tkazuvchanlikning buzilishi AVbloqada I st., revmatik poliartrit. yondosh. Sur Tonzillit
|
3
|
O‘tkir fazali sinamalar, ExoKG, tanglaydan surma – kons lor vrach
|
4.
|
Revmatologiya bo‘limida yotqizish (penitsillin, NPVS, askorutin, diazolin, bitsillin-5, tamoq sanatsiyasi)
|
2. . 21 yoshli ayol UAV ga bo‘g‘imlarda og‘rik, xarorat ko‘tarilishi, ko‘krak kafasida og‘rik, jismoniy zo‘riqishda xansirash, umumiy xolsizlik kabi shikoyatlar bilan murojaat qildi. 2 xafta oldin angina o‘tkazgan.
Ob’ektiv ko‘rganda: axvoli o‘rta og‘irlikda. Teri qoplamasi oq rangda,toza. AQB 100/70 mm.sim.ust. Yurak chegaralari o‘ngga va chapga bir oz kengaygan, tonlari bo‘g‘iqlashgan cho‘qqida yumshoq sistolik shovqin, taxikardiya. O‘pqada veziqo‘lyar nafas. EKGda PQ intervali 0,24 sekundga uzaygan. Kon analizi: Nv 110g/l, leyk 9,7.10 9/l, EChT – 25mm/s, SRO ++.
1.Yurak cho‘qqisida yumshoq sistolik shovqin eshitiladigan kamida to‘rtta kasallikni sanab bering;
2.To‘liq taxminiy diagnozni ko‘rsating;
3.Yuqori axborotli tekshirish usullari;
4. Ushbu kasallik uchun nisbatan spetsefik bo‘lgan labarator ko‘rsatgichlar va ularning ma’yor raqamlarini ko‘rsating;
5.VOP taktikasi (davolash tamoyillari va ikkilamchi profilaktikasi);
3. 23 yoshli 6 haftalik xomilador ayol xansirashga, yurak urib ketishiga shikoyat qilib UAV keldi. Shikoyatlarini xomiladorlik bilan bog‘laydi. Bemor so‘ziga qaraganda yoshligida bo‘g‘imlarida og‘riq xolatlari bo‘lgan. Ob’ektiv ko‘rganda: lablarida sianoz. Puls minutiga 110 ta, nafas olish soni minutiga 24 ta. Yurak cho‘qqi turtkisi tarqoq, diastolik («mushuk xirillashi») titrash. Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida presistolik shovkin, I ton qarsillovchi, ochik mitral klapan turtkisi. O‘pqada veziqo‘lar nafas. EKGda I,II, AVL va V5-6 tarmoqlarda kengaygan 2 o‘rkachli R tishcha. Yurak elektrik o‘ki chapga siljigan, QRS V1da M – simon. Jigar +2 sm.
1.Yurakda diastolik shovqin eshitiladigan kamida to‘rtta kasallikni va ularda ushbu shovqin eshitiladigan joylarni aniq ko‘rsatib sanab bering;
2.To‘liq taxminiy diagnozni ko‘rsating;
3.Yuqori axborotli tekshirish usullari;
4. Ushbu bemorda ExoKG da bo‘ladigan o‘zgarishni va undan kelib chiqib jarroxlik yo‘li bilan davolashga ko‘rsatmani ayting;
5.VOP taktikasi (davolash tamoyillari va ikkilamchi profilaktikasi);
4. 42 yoshli ayol, oyoqlarda shish, jismoniy zo‘riqishda xansirash, umumiy xolsizlikka shikoyat qilib UAVga keldi. Angina o‘tkazgandan keyin o‘zini yomon xis qila boshlangan. Revmatologda revmatizm kassalligi bo‘yicha xisobda turadi. Muntazam bitsillinterapiya oladi. Ob’ektiv ko‘rganda: teri qoplamalari oq rangda, toza. Lablarida sianoz, akrotsianoz. AQB 100/70 mm. sim. ust., pulsi 92 ta/min. Yurak chegaralari o‘ngga va chapga kengaygan. Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida qarsillovchi I ton, sistolik va presistolik shovqin, mersal aritmiya. O‘pqada – pastki qismlarda dimlangan xirillashlar. Qorni yumshoq, jigar +1,5 sm, o‘rtacha kattiklikda, oyoklarda shish. EKG-o‘ng va chap qorinchalar va chap bo‘lmacha gipertrofiyasi. UQT: Nv 110, erit. 2,9, ley. 7,2, EChT 28 mm/s.
1.Bir vaqtning o‘zida yurakning tegishli nuqtalarida sistolik va diastolik shovqin eshitiladigan kamida uchta orttirilgan va bitta tug‘ma kasallikni hamda ular yaxshi eshitiladigan joylarni ko‘rsating;
2. Taxminiy diagnoz;
3.Axborotli tekshirish usullari;
4. UAV taktikasi;
5. 45 yoshli bemor juvon, soat 12 gacha davom etuvchi bo‘g‘imlaridagi ertalabki karaxtlik, qo‘l panjalarini mayda bo‘g‘imlarida va tirsak bo‘g‘imida og‘rik, tana xaroratini 38,2 S ko‘tarilishi, xolsizlik shikoyatlari bilan umumiy amaliyot vrachiga murojaat qildi. Ob’ektiv ko‘rganda: tana vazni pasaygan , tiri rangpar, qo‘lning bilak-kaft, falangalararo bo‘g‘imlari deformatsiyalangan, limfaadenopatiya, gepatosplenomegaliya. AQB 100/60mm.sim. ust. Qonda Nv-90 g/l, leyk-3,5 x 10 9/l, EChT 40mm/s. EKG- ritm sinusli, taxikardiya.
1.Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchraydigan kamida 5 kasallikni sanab bering;
2. Ularning xar biriga xos bo‘lgan bo‘g‘imlardagi rentgenologik o‘zgarishlarni ko‘rsating;
3. Birlamchi diagnoz;
4. Diagnozni tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha tekshirish usullari;
5. UAV taktika va davolash tamoyillari;
6. Bemor K. 44 yoshli juvon tushgacha davom etuvchi bo‘g‘imlardagi ertalabki karaxtlik, bilak-kaft, falangalararo, boldir tovon hamda tovon bo‘g‘imlaridagi shish va og‘riqlarga shikoyat qilib UAV murojaat qildi. O‘zini bir yildan beri kasal xisoblaydi. Umumiy axvoli o‘rtacha og‘irlikda. Subfebril xarorat. Ekssudatsiya xisobiga bilak-kaft, falangalararo bug‘imlari deformatsiyalangan. Yurak va boshqa a’zolarda o‘zgarishlar yuq. EChT 50 mm/soat. DFA – 0,260.
1.Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchraydigan kamida 5 kasallikni sanab bering;
2.Birlamchi diagnoz;
3. Diagnozni tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha tekshirish usullari;
4. Amerika revmatologlar Assotsiatsiyasi bo‘yicha ushbu kasallikning 7 diagnostik mezonini keltiring;
5. UAV taktika va davolash tamoyillari;
7. Bemor Sh. 42 yoshli juvon, tinch xolatda hamda xarakatda qo‘l-oyok bo‘g‘imlaridagi doimiy og‘riklarga shikoyat qilib umumiy amaliyot vrachiga murojaat kildi. Anamnezida 5 yildan beri kasal, kasalligini tez-tez angina bo‘lishi bilan bog‘laydi. Shifoxona va sanatoriya sharoitida davriy ravishda davolanib turadi. Yelka, boldir va son mushaklarida atrofiya mavjud. Panja, bilak-kaft, tirsak, tizza va boldir-tovon bug‘imlarida proliferativ o‘zgarishlar xisobiga yaqqol defiguratsiya va deformatsiya. UQT: Nv 80 g/l; leyk 5,500; EChT: 30 mm/soat. Qonda revmatoid omil aniqlangan.
1.Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchraydigan kamida 5 kasallikni sanab bering;
2.Birlamchi diagnoz;
3. Diagnozni tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha tekshirish usullari;
4. Ushbu kasallikning rentgenologik davrlarini batavsil keltiring;
8. 48 yoshli bemor ayol, bilak-kaft va falangalararo bo‘g‘imlarda shish va intensiv og‘rik, ertalab va kechqurun kuchayishiga, ertalabki karaxtlik, xarorat ko‘tarilishi 38 S gacha, nafas olganda o‘ng ko‘krak qafasida og‘irlikka shikoyat qilib umumiy amaliyot vrachiga murojaat qildi. Ko‘rikda panja bug‘imlarini simmetrik zararlanishi, panjalarni bilak tomonga surilishi, bilak bug‘imlari soxasi paypaslaganda qattiq 0,5- 0,8 sm. o‘lchamdagi tugunlar aniqlandi. Panja bo‘g‘imlari rentgenografiyasida – bo‘g‘im yoriqlarini torayishi, bug‘im yuzalarida yakka-yakka naqshlar.Ko‘krak qafasi rentgenografiyasida – o‘ng plevral bo‘shliqda 6-qovurg‘agacha suyuqlik aniqlandi. UPT: solishtirma zichligi 1018, oqsil 5,8, erit. 2/3, ley. ¾, yakka uchrovchi silindrlar.
1.Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchraydigan kamida to‘rtta kasallikni sanab bering;
2.Birlamchi diagnoz;
3. Diagnozni tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha tekshirish usullari;
4. Ushbu kasallikda uchrashi mumkin bo‘lgan kamida 6 boshqa a’zolarning shikastlanishi va 1 poliorgan asorat hamda uni ishonchli diagnostikasini ayting;
5. UAV taktikasi;
9. 42 yoshli bemor umumiy amaliyot vrachigi bosh aylanishi va og‘rishiga, tovon bo‘g‘imlarining shishiga va og‘rishiga, biroz jismoniy xarakatda xansirash va yurak urib ketishi kabi shikoyatlar bilan muroajat qildi
Do'stlaringiz bilan baham: |