Infeksiyaga bog‘liq artritlar
Yiringli artrit – mikrob birlamchi o‘choqdan gematogen yo‘l bilan bo‘g‘im bo‘shlig‘iga tushishi natijasida yuzaga keladi. Ko‘pincha isitmalash, qaltirash, regionar limfoadenit asosida bitta yirik bo‘g‘im shikastlanadi. Bo‘g‘imda kuchli og‘riq, uning ustidagi terining qizarishi, shishi, funksiyasi buzilishi kuzatiladi. Punksiyada xira yiringli sinovial suyuqlik olinadi va unda ko‘p miqdorda neytrofillar aniqlaniladi.
So‘zakli artrit ko‘proq tizza va boldir-tovon bo‘g‘imlari shikastlanishi bilan kechadi. Odatda bitta bo‘g‘im shikastlanadi. Ayrim hollarda yuqori xarorat va qaltirash bilan kechuvchi, ko‘chib yuruvchi poliartralgiyalar kuzatilishi mumkin. Bo‘g‘im shishadi, ushlab ko‘rganda maxalliy xarorat yuqori bo‘ladi. Erta kontrakturalar, mushak atrofiyasi, bo‘g‘im defiguratsiyasi rivojlanadi. Tovon bo‘g‘imi shikastlanishi axillobursitlar, tendovaginitlar, tovon ekzostozlari, mushak atrofiyasi, yassioyoqlik «gonoreyali yassioyoq» ko‘rinishida kuzatiladi. Sinovial suyuqlikda gonokokklar aniqlanadi, leykotsitlar miqdori 50 tadan 150 109/l gacha bo‘lishi mumkin.
Brusellyozli artritda bitta yoki bir nechta periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pag‘ona shikastlanadi. To‘lqinsimon isitma, qaltirash, gepatosplenomegaliya, limfoadenopatiya, nerv sistemasini zararlanishi, leykopeniya, limfatsitoz, EChT oshishi negizida artralgiyalar, artritlar, periartritlar, bursitlar, sakroileitlar, spondilitlar, spondiloartritlar kuzatiladi. Tashxis qo‘yishda epidanamnez, Rayt-Xeddelson reaksiyasi, brusellyoz antigeni bilan teri sinamasi (Byurne reaksiyasi) katta ahamiyatga ega.
Zaximli artrit asosan kechqurunlari avj oluvchi og‘riq sindromi bilan kechadi. Bo‘g‘im ustidagi teri rangpar, taranglashgan. Palpatsiyada bo‘g‘im og‘riqsiz, funksiyasi saqlangan, Vasserman reaksiyasi musbat bo‘ladi
Laym kasalligi boreliya chaqiradigan endemik yuqumli kasallik bo‘lib, iksod kanasi orqali yuqadi. Kasallikning o‘ziga xos bo‘lgan belgilari, xalqasimon ko‘chib yuruvchi (migratsiyalanuvchi) eritema, qaytalanuvchi mono- yoki oligoartrit, isitmalash, artralgiya, bosh og‘rig‘i, bo‘yin mushaklari rigidligi bilan birga kechadi. Kichik bo‘g‘imlar artriti, meningit, miokardit, perikardit, yurak o‘tkazuvchanligi buzilishi, miya va periferik nervlar shikastlanishi, hamda quloq solingagi yoki sut bezi so‘rg‘ichi yakka limfotsitomasi kabi asoratlar kuzatilishi mumkin. Tashxislashda spiroxeta borreliyaga qarshi IgG antitelasi 1: 80 va undan yuqori titrda bo‘lishi, sinovial suyuqlikni ekish natijalari ahamiyatga ega.
Tuberqo‘lyozli artritda periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasi zararlanishi kuzatiladi. Jarayon ko‘proq bitta bo‘g‘imda (tizza, toz-son, boldir-tovon, bilak-tirsak) joylashadi. Kasallik asta sekin rivojlanadi: bir oz og‘riq, shish, bo‘g‘imda suyuqlik to‘planishi, mushaklar atrofiyasi paydo bo‘ladi. Bo‘g‘im tashqi ko‘rinishi rangpar, yengil gipertermiya, bo‘g‘im bo‘shlig‘ida suyuqlik mavjud, defiguratsiyalangan. Kechki bosqichlarida oqmalar hosil bo‘lishi mumkin. Rentgenda suyak trabeqo‘lalarining o‘choqli o‘zgarishlari, suyak bo‘g‘im oxirlarining destruksiyasi va erishi, ularning siljishi, yarim chiqishlari aniqlanadi. Diagnostika epidanamnez, boshqa a’zolarda tuberqo‘lyoz o‘choqlari topilishi, musbat tuberqo‘lin sinamasi, rentgenogrammadagi o‘zgarishlar, to‘qimalar biopsiyasi, sinovial suyuqlik ekmasi natijalari kabi o‘ziga xos klinik va labaratoriya belgilariga asoslaniladi.
Virusli artritlar ko‘proq virusli gepatitda, qizilcha va epidparotitda rivojlanadi. Virusli gepatit bilan og‘rigan bemorlarda artrit sariqlik oldi davrida paydo bo‘ladi va sariqlik avj olgan vaqtda yo‘qoladi. Qizilchada bo‘g‘imlar zararlanishi poliartrit ko‘rinishida, generalizatsiyalashgan papulyoz toshmalar bilan birga kechadi. Tenosinovitlar rivojlanishi unga xosdir. Epidemik parotitda o‘zgarish bitta yoki ikkita yirik bo‘g‘imda kuzatiladi. U ayollarga nisbatan erkaklarda ko‘proq uchrab, qotib qolish, shish, teri eritemasi, quloqoldi bezi shishi kabi klinik belgilar bilan nomoyon bo‘ladi. Virusli artritlarda o‘zgarishlar 2 haftadan – 2 oygacha bo‘lgan vaqt davomida to‘liq orqaga qaytadi.
O‘tkir parazitar artritlar barcha gelmentlar va bir qator sodda xayvonlar tomonidan chaqiriladi. Bo‘g‘imning jarohatlanishi parazitning bo‘g‘im bo‘shlig‘iga yoki suyak to‘qimasiga kirib olishi natijasida yuzaga keladi. Tashxis laboratoriya va asbobiy tekshirish usullari asosida qo‘yiladi: eozinofiliya, qonda va sinovial suyuqlikda IgE miqdorining oshishi kuzatiladi, najasda parazit yoki uning tuxumi topiladi.
GALEREYa BO‘YIChA «TUR USULINI» QO‘LLANILIShI
Maksad: berilgan muammo bo‘yicha talabalarni mallumotlarni kritik Baholashga urgatish. Bunda talabalarga fikrlash uchun vakt beriladi sungra 2, 3, 4, 8, kichik guruxlarda muxokama o‘tkazish boshlanadi , kachonki uyinda barcha gurux ishtrok etmaguncha bu usul xarbir talabaga uz nuktai nazarini aytib bera olish kobiliyatini beradi. O‘qituvchi talabalarga konkret vazifa beradi. O‘qituvchi talabalarga gurux tuzib olishini aytadi.
Sungra esa xar-bir gurux yechgan masalani almashishi aytiladi
Auditoriyada bir necha raqamlangan mashqlar osib qo‘yiladi. Xar bir kichik gurux (2-3 kishi)ga 10 minut vaqt muxokama uchun beriladi, xar bir mashq uchun keyin kollektiv bo‘lib javoblar ichidan sifatlisini tanlab olinadi
Bo‘g‘im sindromining differensial diagnostikasi:
.Revmatmning klinik kechish xususiyatlari
Revmatioidli artritning klinik kechish xususiyatlari
Infeksion artritning klinik kechish xususiyatlari (brusellez, sil, zaxm).
javoblar
1. Revmatik poliartrit diagnostikasida quyidagilar muhimdir:
- streptakokk infeksiyasi o‘tkazganligi bilan bog‘liqligi (1-2 xaftadan keyin);
- o‘rta va yirik bo‘g‘imlarni zararlananishi, ularni ko‘chuvchan xaraterda bo‘lishi va bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi; Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari (NYaQDV) yaxshi samara berishi va bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlar izsiz yo‘qolishi;
- ichki a’zolarni zararlanishi: kardit, kichik xoreya, xalqasimon eritema, teri osti tugunchalari;
Kichik diagnostik mezonlarga isitma, artralgiya, EChT ni, o‘tkir fazali ko‘rsatgichlarni (antistreptolizin -O titri) oshishi, EKG da P-Q oralig‘ining uzayishi konda eozinofiliya, limfotsitoz kuzatiladi.
2. Revmatoidli artrit Bu biriktiruvchi to‘qimalarning surunkali sistemali autoimmun yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan bo‘g‘imlarni kuchayib boruvchi eroziv destruktiv poliartriti ko‘rinishida kechadi.
quyidagi tashxisiy mezonlarga e’tibor berishi kerak:
bo‘g‘imlardagi ertalabgi qotib qolish; bo‘g‘imlarni 1,5 oydan ortiq vaqt davomida shishishi; panja bo‘g‘imlarini simmetrik ikki tomonlama zararlanishi («morj suzg‘ichlari»);regionar mushaklarni tez atrofiyaga uchrashi; og‘riqsiz, harakatchan revmatoid tugunchalarni bo‘lishi;ichki a’zolarni zararlanishi (plevrit, gastrit, jigarni kattalashishi, miokardit, perekardit, buyrik amiloidozi, poliserozitlar va boshqalar); qonda α1 va α2, gamma-globulinlarni oshishi; qon zardobida yoki sinovial qobiqda revmatoid omilni bo‘lishi (Voler – Rouz reaksiyasi, lateks- test), S- reaktiv oqsilni oshishi; T -limfotsitlar miqdori va T- supressorlar faoliyati pasayishi, disimmunnoglobulinemiya; sinovial suyuqlikda yaqqol namoyon bo‘lgan sitoz; biopsiyada: sinovial qobiqdagi gistologik o‘zgarishlar (sinovial, limfoid va plazmatik xujayralar proliferatsiyasi, gipertrofiyasi va nekrozi, umumiy oriqlash; eritrotsitlar cho‘kish tezligini (EChT) turg‘un oshishi;rentgendagi o‘zgarishlar: bo‘g‘im oldi, epifizar osteoparozi, bo‘g‘im yorig‘ini torayishi, uzuratsiyalar; bo‘g‘imlardagi turg‘un yallig‘lanishli o‘zgarishlar,
3. Brusellyozli artritda bitta yoki bir nechta periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pag‘ona shikastlanadi. To‘lqinsimon isitma, qaltirash, gepatosplenomegaliya, limfoadenopatiya, nerv tizimini zararlanishi, leykopeniya, limfatsitoz, EChT oshishi bilan birga artralgiyalar, artritlar, periartritlar, bursitlar, sakroileitlar, spondilitlar, spondiloartritlar kuzatiladi. Tashxis qo‘yishda epidanamnez, Rayt-Xeddelson, Byurne (brusellyoz antigeni bilan teri) sinamalari katta ahamiyatga ega.
Zaximli artrit asosan kechqurunlari avj oluvchi og‘riq sindromi bilan kechadi. Bo‘g‘im ustidagi teri rangpar, taranglashgan. Palpatsiyada bo‘g‘im og‘riqsiz, funksiyasi saqlangan, Vasserman sinamasi musbat bo‘ladi
So‘zakli artrit ko‘proq tizza va boldir-tovon bo‘g‘imlari shikastlanishi bilan kechadi. Odatda bitta bo‘g‘im shikastlanadi. Ayrim hollarda yuqori xarorat va qaltirash bilan kechuvchi, ko‘chib yuruvchi poliartralgiyalar kuzatilishi mumkin. Bo‘g‘im shishadi, ushlab ko‘rganda maxalliy xarorat yuqori bo‘ladi. Erta kontrakturalar, mushak atrofiyasi, bo‘g‘im defiguratsiyasi rivojlanadi. Tovon bo‘g‘imi shikastlanishi -axillobursitlar, tendovaginitlar, tovon ekzostozlari, mushak atrofiyasi, yassioyoqlik («gonoreyali yassioyoq») ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Sinovial suyuqlikda gonokokklar aniqlanadi, leykotsitlar miqdori 50 tadan 150x 109/l gacha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |