3.Fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqlik.
Ushbu mavzuni o‘qitishda talabalarning Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya bilan, Biologiya, Ma’yor fiziologiya, Bioximiya,. Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Propedevtika ichki kasalliklar , Tuberqo‘lez,. Onkologiya, Rentgenologiya va tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya fanlari asosidagi bazis bilimlariga tayanadilar.
4 Mashg‘ulot tarkibi
4.1.Nazariy kism
Mavzuni muhokama qilishda quyidagi momentlarga ahamiyat beriladi. revmatizm va revmatoidli artritning klinik kecheshiga ahamiyat berish kerak.
Revmatik poliartrit diagnostikasida quyidagilar muhimdir:
- streptakokk infeksiyasi o‘tkazganligi bilan bog‘liqligi (1-2 xaftadan keyin);
- o‘rta va yirik bo‘g‘imlarni zararlananishi, ularni ko‘chuvchan xaraterda bo‘lishi va bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi; Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari (NYaQDV) yaxshi samara berishi va bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlar izsiz yo‘qolishi;
- ichki a’zolarni zararlanishi: kardit, kichik xoreya, xalqasimon eritema, teri osti tugunchalari;
Kichik diagnostik mezonlarga isitma, artralgiya, EChT ni, o‘tkir fazali ko‘rsatgichlarni (antistreptolizin -O titri) oshishi, EKG da P-Q oralig‘ining uzayishi.
Umumiy amaliyot vrachi oxirgi vaqtlarda revmatizmni turg‘un surunkali, 2-3 bo‘g‘imlar, xatto bir bo‘g‘im zararlanishi, bilan yoki revmatoid artritni eslatuvchi proliferativ o‘zgarishlar bilan kechayotganligini unutmasligi kerak. Revmatoid artritdan farqli o‘laroq revmatizmda ertalabki qotib qolish, jarayonni simmetrikligi kuzatilmaydi va qonda revmatik omil aniqlanmaydi. Bo‘g‘imlarni bunday o‘tkir yallig‘lanishi, jarayonni har xil vaqt oralig‘ida tez -tez qaytalanib turishi noaniq etiologiyali, polisindrom revmatizmda bo‘lishi mumkin. U ko‘proq o‘rta va keksa yoshdagi erkaklarda uchraydi. Bunda bir yoki bir nechta bo‘g‘im zararlanadi (ko‘proq tizza, keyin bilak-kaft yoki panja mayda bo‘g‘imlari). Xuruj bir necha soatdan bir necha kungacha davom etib, keskin og‘riqlar va periartiqo‘lar to‘qimalar shishi bilan kechadi, shuningdek bo‘g‘imlardagi jarayon to‘liq yaxshi bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Qonda eozinofiliya, limfotsitoz kuzatiladi.
Revmatoid artrit.
Bu biriktiruvchi to‘qimalarning surunkali sistemali autoimmun yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan bo‘g‘imlarni kuchayib boruvchi eroziv destruktiv poliartriti ko‘rinishida kechadi.
Umumiy amaliyot vrachi bemorlardan kasalligi to‘g‘risida batavsil so‘rashi va ko‘rik chog‘ida quyidagi tashxisiy mezonlarga e’tibor berishi kerak:
- bo‘g‘imlardagi ertalabgi qotib qolish;
- bo‘g‘imlarni 1,5 oydan ortiq vaqt davomida shishishi;
- panja bo‘g‘imlarini simmetrik ikki tomonlama zararlanishi («morj suzg‘ichlari»);
- regionar mushaklarni tez atrofiyaga uchrashi;
- og‘riqsiz, harakatchan revmatoid tugunchalarni bo‘lishi;
- ichki a’zolarni zararlanishi (plevrit, gastrit, jigarni kattalashishi, miokardit, perekardit, buyrik amiloidozi, poliserozitlar va boshqalar);
- qonda α1 va α2, gamma-globulinlarni oshishi;
- qon zardobida yoki sinovial qobiqda revmatoid omilni bo‘lishi (Voler – Rouz reaksiyasi, lateks- test), S- reaktiv oqsilni oshishi;
-T -limfotsitlar miqdori va T- supressorlar faoliyati pasayishi, disimmunnoglobulinemiya;
- sinovial suyuqlikda yaqqol namoyon bo‘lgan sitoz; biopsiyada: sinovial qobiqdagi gistologik o‘zgarishlar (sinovial, limfoid va plazmatik xujayralar proliferatsiyasi, gipertrofiyasi va nekrozi).
Kechroq paydo bo‘ladigan diagnostik belgilar:
- tana xaroratini uzoq vaqt davomida subfebril ko‘rsatgichlargacha ko‘tarilib turishi;
- umumiy oriqlash;
- eritrotsitlar cho‘kish tezligini (EChT) turg‘un oshishi;
- rentgendagi o‘zgarishlar: bo‘g‘im oldi, epifizar osteoparozi, bo‘g‘im yorig‘ini torayishi, uzuratsiyalar;
- bo‘g‘imlardagi turg‘un yallig‘lanishli o‘zgarishlar, ularda deformatsiya va kontraktura rivojlanishi bilan.
Agar poliartrit ikki yil davomida revmatik omilsiz kechsa, unda revmatoid artrit tashxisi quyidagi mezonlar aniqlanganda qo‘yiladi:
- jarayon qo‘l va oyoqlar panjasidagi barcha mayda bo‘g‘imlarni ¼ qismiga tarqalgan;
- Qo‘l panjasining tipik zararlanishi ularni defiguratsiyasi yoki suyaklararo oraliqning shishishi bilan birga kechsa;
- Kamida bitta bo‘g‘imda revmatoid artritga xos rentgenologik o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa.
Kasallikning bo‘g‘im- visseral turi 10 % xollarda kuzatilib, agressivligi, tez zo‘rayib borishi va doimiy faol kechishi bilan farq qiladi. Bunlay xollarda umumiy amaliyot vrachi bemorlarni shifoxonaga yo‘llashi lozim. Yuborilmagan taqdirda bemorning umumiy ahvoli og‘irlashib boradi va ambulator davo foyda bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |