O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi



Download 0,98 Mb.
bet8/10
Sana29.01.2017
Hajmi0,98 Mb.
#1370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ishning borishi

Barcha talabalar 4tadan bo’lib 3 guruxga bo’linadi.

Xar bir gurux alohida stolga o’tiradi, qog’oz va ruchka tayorlshadi.

Varoqqa sana, gurux raqami, fakultet, qatnashchilarning ismi familiyasi va o’yin nomi yoziladi

Gurux a’zolaridan biri varoqqa topshiriqni yozadi

Barcha gurux a’zolari topshiriqni o’zaro muhokama qilishadi va ulardan biri yechimni yozib qo’yadi

Muhokama uchun 15 daqiqa ajratiladi

O’yin borishini o’qituvchi nazorat qilib turadi

Vaqt tugaganda ishlar o’qituvchiga topshiriladi.

Barcha o’yin ishtirokchilari natijalarni muhokama qilishadi, nisbatan to’g’ri yechimni tanlashadi

Muhokamauchun 15 daqiqa ajratiladi

Talaba mashg’ulotning teoretik qismi reytingiga ko’ra javoblariga yarasha baholanadi

Nisbatan yaxshi javob bergan gurux 100% oladi, 2-o’rinni olgan gurux 85,9%, 3-o’rinni olgan gurux esa 70,9% oladi

O’qituvchi varoqlarga guruxning olgan ballini va imzo qo’yib chiqadi

Talaba olgan ball uning joriy bahosi sifatiga jurnalga qo’yiladi

Jurnal pastki qismidagi bo’sh joyga o’rkazilgan o’yin belgilab qo’yiladi va gurux sardori imzo qo’yadi.

Talabalar ishlari saqlab qo’yiladi

6.2 Tахliliy qismi



Vаziyatli mаsаlа:

4yoshli qizda jinsiy yo’llaridan vaqti vaqti bilan qonli ajralmalar kuzatiladi. Umumiy axvoli qoniqarli. Ko’zdan kechirganda sut bezlarining shishgani va kattalashgani kuzatildi. Qorni yumshoq, og’riqsiz. Rektoabdominal tekshirganda kichik chanoqda qattiq, xarakati cheklangan, og’riqsiz 6х5х8 sm xosila paypaslandi.



Savollar:

  1. Sizning taxminiy tashxisingiz (Chanoq og’rig’i sindromi, tuxumdonlarning gormonprodutsirlangan o’smasi)

  2. Tekshiruv rejasi(kichik chanoq a’zolari UZI si)

  3. Davolash taktikasi ( operativ davolash)

2 masala

18 yoshli qiz davolanish uchun ginekologiya bo'limiga yuborildi. Shikoyatlar bildirmadi. Normal rivojlanishdan orqada qolmagan. To’g’ri ichak orqali tekshirganda bachadon kichkina, xarakatchan, og’riqli, chap ortiqlari o’zgarmagan, o’ng va oldida noto’g’ri shakldagi konsistensiyali, o’lchamlari 6х8х8 sm. li o’smasimon xosila paypaslandi.



Savollar:

  1. Sizning taxminiy tashxisingiz (Chanoq og’rig’i sindromi, tuxumdon kistasi)

  2. Tekshiruv rejasi(kichik chanoq a’zolari UZI si)

  3. Davolash taktikasi ( operativ davolash)

3 masala

48 yoshli bemor terapiya bo’limiga umumiy xolsizlik, bexollik, ozish, ko’ngil aynishi, jig’ildon qaynashi, epigastral soxada vaqti vaqti bilan bo’ladigan og’riqqa shikoyatlari bilan keldi. Ginekolog konsultatsiyasida kichik chanoq bo’shlig’ida bachadonning 2la tomonida gadir-budir, xarakatchan, og’riqsiz 2ta o’sma aniqlandi.



Savollar:

  1. Sizning taxminiy tashxisingiz (Chanoq og’rig’i sindromi, tuxumdon raki)

  2. Tekshiruv rejasi(kichik chanoq a’zolari UZI si, fibrоgаstrоduоdеnоskоpiya)

  3. Davolash taktikasi ( onkolog ko’rigi va konsultatsiyasida bo’lib turish)

4 masala

36 yoshli ayolda profilaktik ko’ruv vaqtida 2 tomonlama tugoelastik konsistensiyali, palpatsiyada sezgir, xarakatchan, o’lchamlari 6х 8х8 sm i 6х6х6 bo’lgan tuxumdon o’smasi aniqlandi. Bachadon antifleksio-versio xolatida, normal o’lchamda. Bemor xech qanday shikoyatlar bildirmadi.



Savollar:

  1. Sizning taxminiy tashxisingiz (Chanoq og’rig’i sindromi, tuxumdon raki)

  2. Tekshiruv rejasi (kichik chanoq a’zolari UZI si, onkolog konsultatsiyasi)

  3. Davolash taktikasi ( operativ davolash)

5 masala

Ginekologik tekshiruv vaqtida 36yoshli bemorda bachadon bo’yni silindrik, toza ekanligi aniqlandi. Bachadon tanasi kattalashmagan, xarakatchan, og’riqsiz. O’ng tomoni paypaslanmaydi. Bachadondan chap tarafda silliq yuzali, to’mtoqelastik konsistensiyali, xarakatchan, og’riqsiz, kattaligi 6-7 sm bo’lgan o’sma aniqlandi. Ajralmalari shilliqli.



Savollar:

  1. Sizning taxminiy tashxisingiz (Chanoq og’rig’i sindromi, tuxumdon raki)

  2. Tekshiruv rejasi (kichik chanoq a’zolari UZI si)

  3. Davolash taktikasi ( operativ davolash)

6.3.Аmаliy qismi

Amaliy ko’nikmalardagi topshiriqlarni qadamma-qadam bajarish va bu ko’nikmalarni baxolash:



  1. Ko’zgu orqali tekshiruvni o’tkazish

  2. Qin orqali bimanual tekshiruv o’tkazish

  3. Uchta nuqtadan surtma olishni o’tkazish

  4. Bakteriologik ekma uchun analiz olish va antibiotikka sezuvchanligini tekshirish

7. Mаlаkа.ko’nikmа vа bilimni tеkshirish usullаri

-оғzаki;


-ёzmа;

-vаziyatli mаsаlа;

-o’zlаshtirilgаn аmаliy ko’nikmаlаrni nаmоyish etish.

8.Jоriy bаxоlаsh mеzоnlаri




O’zlashtirish (%) ballda

ball

Talabaning bilim darajasi

1.

96-100






Hammasi hisoblanadi va xulosa chiqariladi:

Ijodiy fikrlash, mustaqil ravishda taxlil qilish, amaliyotda qo’llay bilish, interaktiv o’ynlarda yuqori aktivlikda ishtirok etish, ijodiy nuqtai nazardan qarash.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri yechish va javoblarni to’liq asoslab berish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish


2.

91-95


A’lo «5»

Ijodiy fikrlash, mustaqil taxlil qila olish, amalyotda qo’llay bilish,

interaktiv o’ynlarda yuqori aktivlikda ishtirok etish, ijodiy nuqtai nazardan qarash.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri yechish va javoblarni to’liq asoslab berish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish



3.

86-90




Mustaqil taxlil qila olish, amalyotda qo’llay bilish,

interaktiv o’ynlarda yuqori aktivlikda ishtirok etish, ijodiy nuqtai nazardan qarash.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri yechish va javoblarni to’liq asoslab berish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish


4.

81-85




Amaliyotda qo’llay bilish, Vaziyatli masalalarni to’g’ri yechish va javoblarni to’liq asoslab berish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish,

ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish




5.

76-80

Yaxshi «4»

interaktiv o’ynlarda yuqori aktivlikda ishtirok etish, ijodiy nuqtai nazardan qarash.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri yechish va javoblarni to’liq asoslab berish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish




6.

71-75




Vaziyatli masalalarni to’g’ri yechish va javoblarni to’liq asoslab berish. Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish


7.

66-70




Savollarning tub ma’nosiga tushuna oladi,

Vaziyatli masalalarni to’g’ri yecha oladi,

Savollarning tub ma’nosini anglab yetish. Bilish, ishonch bilan javob berish, aniq tasavvurga ega bo’lish va mavzu bo’yicha aloxida savollarga javob bera olish


8.

61-65

Qoniqarli «3»

Vaziyatli masalalrni yechishda xatolarga yo’l qo’yish, biladi lekin ishonch bilan javob bera olmaydi, mavzu bo’yicha aloxida savollar boyicha aniq tasavvurga ega.

9.

55-60




Biladi, oziga ishonmasdan javob beradi, qisman tushunchaga ega.

10.

54 va past

Qoniqarsiz «2»

To’liq tasavvurga ega bolmaslik, javob bera olmaslik

9.Mаshғulоtning хrоnоlоgik хаritаsi



Mаshғulоt bоsqichlаri

Mаshғulоt shаkli

Dаvоmiyligi

( min.)


1.

O’qituvchining kirish so’zi (mаvzuni аsоslаsh)




4

2.

Аmаliy mаshғulоt mаvzusini muхоkаmа qilish,yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr(kichik guruxlаr,munоzаrа-bаxs,vаziyatli mаsаlа,ishbilаrmоn o’yinlаr,slаydlаr,vidеоfilьmlаr vа x.k.)ni qo’llаgаn xоldа tаlаbаlаrning dаstlаbki bilim dаrаjаsini tеkshirish

So’rоv,

Tushuntirish



60

3.

Muxоkаmаgа yakun yasаsh




5

4.

Tаlаbаlаrgа mаvzuni o’zlаshtirish uchun bеlgilаngаn ko’rgаzmаli qurоllаr (kоmpьyutеr dаsturlаri,sхеmа vа x.k.)ni tаqdim etish,ulаrdаn fоydаlаnish bo’yichа ko’rsаtmаlаr vа tushuntirish bеrish




50

5.

Tаlаbаlаrni mаshғulоtning аmаliy qismini egаllаshi bo’yichа mustаqil ishi

Аmаliy mаxоrаtlаrni bаjаrish,tuғruq tаriхini ёzish

100

6.

Tаlаbаlаrning o’zlаshtirgаn nаzаriy bilimlаri vа аmаliy ish nаtijаlаrini muxоkаmа qilish vа mаshғulоt mаqsаdigа erishgаnlik dаrаjаsini ғisоbgа оlgаn ғоldа gurux fаоliyatini bаxоlаsh

Оғzаki so’rоv,ёzmа,tеst,аmаliy ish nаtijаlаrini tеkshirish,munоzаrа-bаxs

100

7.

Ushbu mаshғulоt bo’yichа o’qituvchining хulоsаsi,xаr bir tаlаbа fаоliyatini 100-bаllik tizim bo’yichа bаxоlаsh vа e’lоn qilish.Kеyingi dаrsgа tаyёrlаnish uchun tаlаbаlаrgа vаzifа bеrish(sаvоllаr to’plаmi)

Ахbоrоt,mustаqil tаyёrlаnish uchun sаvоllаr

20



10.Nаzоrаt uchun sаvоllаr


  1. Tuxumdon o’smalari klаssifikаsiyasi.

  2. Tashxis qo’yish uchun qanday tekshiruvlar o’tkazish kerak?

  3. Qanday kasalliklar bilan taqqoslama tashxis o’tkazish kerak?

  4. Tuxumdon o’smalarini davolash prinsiplari qanday?

  5. Xozirgi vaqtda tuxumdon o’smalarini operativ davolashning ko’proq samarali prinsiplari qanday?

  6. Tuxumdon o’smalarida qanday tekshiruv usullari mavjud?

7. Jarroxlik aralashuviga ko’rsatma?

8. Kistaning kistomadan farqi?



11.Аdаbiёtlаr

Аsоsiy adаbiёtlаr

  1. Ginеkоlоgiya. Bоdyajinа V.I., Jmаkin K.N. 1997

  2. Аkushеrstvо i ginеkоlоgiya pоd rеdаksiеy Sаvеlьеvоy G.M., Sichinоvоy L.K. pеrеvоd s аngliyskоgо M., 1997

  3. Klinichеskiе rеkоmеndаsii. Аkushеrstvо i ginеkоlоgiya. Vыpusk 2. Pоd rеdаksiеy Kulаkоvа V.I., M., 2006

  4. Gnоynаya ginеkоlоgiya. Krаsnоpоlьskiy V.I., Buyanоvа S.А., Щukinа N.А., M., 2001


Qo’shimchа adаbiёtlаr

5. Rukоvоdstvо pо nеоpеrаtivnоy ginеkоlоgii. Bоdyajinа V.I., Smеtnik V.P., Tumilоvich L.G., M. 1990

6. Nеоtlоjnаya pоmощь pri ekstrеmаlьnых sоstоyaniyaх v ginеkоlоgii. Аylаmаzyan E.K., Ryabsеvа I.T. S-Pеtеrburg, 1992

7. Sprаvоchnik pо Аkushеrstvu i Ginеkоlоgii M. 1996

8. Аtlаs оpеrаtivnоy ginеkоlоgii M. 1996

9. Prаktichеskаya ginеkоlоgiya Kulаkоvа V. M.2001.

10. Оpеrаtivnаya lаpаrоskоpiya v ginеkоlоgii. Strijаkоv А.N., Dаvыdоv А.I., M., 1995

Mavzu: Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi

va differensial tashxisi. Davolash. Profilaktika va reabilitatsiya.


  1. Mashg’ulot o’tkazish joyi

Toshkent sh. Uchtepa tumanidagi 9-tug’ruq kompleksi, akusherlik va ginekologiya kafedrasi, ginekologiya bo’limi,poliklinika

- Kerakli asbob-uskunalar:



  1. Bemorlar mavzu bo’yicha

  2. Ginekologik instrumentlar

  3. Klinik-labarotor analiz ma’lumotlari

  4. Jadvallar

  5. Kasallik tarixi

7. Fantom va mulyajlar

8. Videofilmlar

9. Internet

2. Mavzuni o’rganishning davomiyligi

Soatlar miqdori - 6



3.Mashg’ulotning maqsadi

  • Talabalarga differensial diagnostika va ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi profilaktik metodlarini o’rgatish va shu bilan bir qatorda turmush qurganlarni ixtisoslshgan markazlarga yuborish. Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi ni ixtisoslashgan davolash metodlari bilan tanishtirish

  • Ixtisoslashgan diagnostika metodi bo’yicha bilimlarni saralash, turmush qurgan juftliklarga ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bo’lgan paytda to’g’ri taktika qo’llay bilish, prognozi va profilaktikasini olib borish.

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bo’lgan bemorlarni to’g’ri olib borish va individual tekshirish rejasini tuzib chiqish

  • Turmush qurgan juftliklarga ixtisoslashgan yo’malish bo’yicha maslahat brish va diagnostika qilish uchun bilimlarni ishlab chiqish va konsultatsiyalar

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishida asosiy interpritatsion labarator va instrumental tekshirish usullarini ishlab chiqish

  1. Masalalar

Talaba bilishi kerak:

  1. Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi turlarini

  2. Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi etiopatogenezini

  3. Tashxislash mezonlarini

  4. Davolash metodlari

  5. Dispanzerizatsiya va reabilitatsiya usullarini

Talaba qila olishi kerak:

  1. Tashxisni tushuntirish

  2. Postkoital test, eyakulyat analizini interpretatsiyasi

  3. Analizni to’g’ri yig’ish

  4. Umumiy obyektiv tekshiruvlarni o’tkazish ( tana massa indeksi, galaktoreya, giprtrixoz va uning darajasi, terinig holati)

  5. Bimanual tekshiruv o’tkazish va bachadon bo’ynini ko’zgu orqali ko’rish

  6. Kalla suyagi, turk egari rentgenogrammasi va gisterosalpingogrammani to’g’ri baholay olish

  7. Funksional diagnostik testlarni tog’ri olib borish va interpretatsiya qilish

  8. Gormonal tekshiruv ma’lumotlarni tog’ri baholash

  9. UTT tekshiruv ma’lumotlarni tog’ri baholash

  10. Kompleks taktikasini aniqlash

  11. Ayollarni asoratsiz yallig’lanishli genitaliy kasalliklarida davolash

  12. Turmushda profilaktik ishlarni olib borish ( jinsiy yo’l bilan yuquvchi infeksiyalardan himoya qilish, o’smirlar va yangi turmush qurganlar orasida kontraseptiv vositalar tog’risida konsultatsiya o’tkazish

Talaba bajara olishi kerak:

  1. VOZ tavsiyasi bo’yicha ayollar bilan sxema bo’yicha suhbat o’tkazish

  2. Turmush qurgan juftliklat kuratsiyasi

  3. Umumiy ko’rik

4. Motivatsiya

Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishining o’z vaqtidagi tashxisi menstrual va jinsiy funksiya bilan bog’liq asoratlarni oldini olishga va vaqtida operativ davolash o’tkazishga yordam beradi.



5. Fanlararo va fan ichi aloqalar

Bu mavzularni yoritish talabarda antomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya fanlari bo’yicha bilim sa’viyalarini boyitishga qaratilgan. Bu bilimlarni bilish endokrinologiya, terapiya, xirurgiya, gematologiya va boshqa klinik fanlarni o’zlashtirishda kerak bo’ladi.



6. Mashg’ulot to’plami

6.1 Teoritik qismi

Jinsiy a’zolar rivojlanishi anomaliyalari vujudga kelishining sabablari bo’lib xisoblanadi:
1) Embriogenez vaqtida tashqi muxitning zararli omillari ta’siri ( intoksikatsiya, yuqori va past temperature ), professional zararli omillar ( kimyoviy ishlab chiqarish, radioaktiv moddalar), maishiy intoksikatsiyalar ( alkogolizm, tabak chekish, narkomaniya, toksikomaniya )

2) xromosoma va gen mutatsiyalari


3) irsiy moyillik
4) ota-onalar yoshi 35 yoshdan katta bo’lganda
Qin aplaziyasi ­ — qinning butunlay bo’lamsligi. Aplaziya qin rivojlanishining tug’ma nuqsonlariga kiradi. Uning rivojlanish sababi bo’lib myuller( paramezonefral) yo’llarining kaudal qismining rivojlanishi buzilishi xisoblanadi. Bu patologiyada qinning bo’lmasligi bilan bir qatorda jinsiy sistemaning boshqa qismlarining yetarlicha rivojlanmasligi uchraydi( tuxumdonlar, bachadon naylari, bachadon). Bu patologiya, ya’ni qinning yo’qligi ginekologik tekshiruv vaqtida, amenoreya, jinsiy xayotning bo’lmasligida namoyon bo’ladi. Qin aplaziyasini davolash xirurgik. Yaqin joylashgan a’zolar va to’qimalardan sun’iy qin xosil qilinadi: kichik uyatli lablarning teri qoldig’idan, sigmasimon ichak, kichik chanoq qorin pardasidan. Xirurgik davolashga qarshi ko’rsatma bo’lganda qonsiz kolpopoez qilinadi- maxsus kolpoelongator yordamida qin devoir cho’zib boriladi( 20kun).

Qizlik pаrdаsi аtrеziyasi qizlik pаrdаsining o’sib kеtishi. Jinsiy rivоjlаnish mеstruаsiya bоshlаnishidа nаmоеn bo’lаdi. Buning nаtijаsidа mеnstruаl qоn оqimi yo’qligi sаbаbli gеmоtо kоlpоs pаydо bo’lаdi. Vоn bilаn to’lgаn qin pufаksimоn ko’rinishdа bo’lаdi, tеgri ichаk оrqаli tеkshirgаndа bаchаdоn qаttiq, kаttа bo’lmаgаn o’lchаmlаrdа аniqlаnаdi. Ginеkоlоgik ko’ruvdа qizlik pаrdаsi еrigining, ko’k rаngi vа shishishi yyo’qligi аniqlаnаdi. Qоn yigilishi mеnstruаsiya (еlgоn аmеnоrеya) yo’qligi, qоrinni pаstgi qismi vа bеldа оgriqlаr bilаn nаbоеn bo’lаdi. Аgаr to’siq bаrtаrаf qilinmаsа gеmоtоmеtr vа gеmоtо sаlpinks хоsil bo’lаdi.

Dаvоlаsh qizlik pаrdаsini хоchsimоn kеsmа qilish bilаn аmаlgа оshirilаdi. Qo’shimchа еpiq qin аsоsiy qinning yo’lidа jоylаshаdi vа to’mtоq elаstik хоsilа ko’rinishidа аniqlаnаdi. Qo’shimchа qin bаchаdоn bo’yni kаnаli bilаn bоglаnаdi u еrdаn mеnstruаsiya vаqtidа mеstruаl qоn, bа’zidа kаttа miqdоrdа o’tаdi. Qn оqimi yo’qligi tufаyli qo’shimchа qinning yiringlаshi vа yiringli аjrаlmаlаr аjrаlishi yuz bеrаdi.

Dаvоlаsh: Qo’shimchа qin bo’shligi vа dеvоrini tоzаlаsh. Qinning o’rtа ko’ndаlаng to’sigi turli хil хil uzunlikdа bo’lishi mumkin, ko’pinchа qinni ikitа tеng bo’lmаgаn qismgа bo’lаdi. Хirurgik dаvоlаsh fаqаt to’siq nоrmаl jinsiy хаеtgа хаlаqit bеrgаndа bаjаrilаdi.

Bаchаdоn rivоjlаnish аnоmаliyalаri. Bаjаdоn rivоjlаnish аnоmаliyalаrini quyidаgi tiplаri mаvjud: Bаchаdоn, bаchаdоn bo’yni vа qin ikkilаrish, bir shохli bаchаdоn nоrmаl rivоjlаngаn qin bilаn ikki shохli bаchаdоn ikkitа bаchаdоn bo’yni vа nоrmаl qin bilаn, bir shохli bаchаdоn ikkinsi rudimеnt shох vа nоrmаl qin bilаn, bаchаdоn bo’yni vа tаnаsi to’liq to’sigi, bаchаdоn tаnаsi to’liq bo’lmаgаn to’sigi. Аеllаr jinsiy а’zоlаri rivоjlаnishining kаm uchrаydigаn nuqsоnlаridаn biri Rоkitаnskiy Kyustnеr sindrоmidа bo’lаdi. Bu хоlаtdа sismаn еki to’lik bаchаdоn vа qin аplоziyasi vа nоrmаl rivоjlаngаn bаchаdоn nаylаri vа tuхumdоnlаr bilаn birgа kuzаtilаdi.

Хаmmа bаchаdоn rivоjlаnish nuqsоnlаri 3 gruppаgа bo’linаdi:

1.Mеntruаsiya yo’qligi vа jinsiy хаеtning imkоni yo’qligi – bаchаdоn vа qin аplоziyasidа

2.Mеnstruаl qоn оqimining buzilishi (to’liq еki qismаn), gеmаtоkоlpоs gеmоtоmеtr rivоjlаnishi.

3.Mеnstruаl qоn оqimining buzilishisiz.

Mеntruаl qоn оqimini buzilishisiz o’tаdigаn nuqsоnlаr jinsiy хаеt bilаn yashаmаydigаn аеllаrdа uzоq vаqt tаshхis qo’yilmаydi vа simptоmsiz kеchаdi. Bu nuqsоnlаrning аsоsiy bеlgilаri jinsiy хаеtdа qiyinchilik, pеpushtlik еki оdаtdаgi хоmilаni ko’tаrа оlmаslikdа nаmоеn bo’lаdi.

Mеnstruаl qоn оqimi to’sigi nuqsоnidа kаsаllik ko’rinishi qizning jinsiy еtilishi, mеnstruаsiya bоshidа rivоjlаnаdi. Аmеnоrеya qоrinning pаstki qismidа vаqti vаqti bilаn оgriqlаr kuzаtilаdi . To’ғri ichаk оrqаli tеkshirgаndа kichik chаnоqdа to’mtоq elаstik xоsilа аniqlаnаdi.

Dаvоlаsh: mеnstruаl qоn оqimi to’siғi bo’lmаgаndа dаvоlаsh аmаlgа оshirilmаydi. Bir tоmоnlаmа mеntruаl qоn оqimi buzilishidа qo’shimchа qinni vа funksiоnаl bаchаdоn shохini оlib tаshlаshgа qаrаtilgаn хirurgik dаvоlаsh bаjаrilаdi. Bаjаdоn ichi to’siғi еki ikki shохli bаchаdоn bеpushtlik sаbаbi bo’lsа shungа mоs оpеrаsiya o’tkаzilаdi.

Jinsiy а’zоlаrning nоto’ғri jоylаshishi. Nоrmаdа rеprоduktiv dаvridа, xоmilаdоr vа emizikli bo’lmаgаndа, vеrtikаl xоlаtdа siydik pufаgi vа to’ғri ichаk bеshаtilgаn xоlаtdа bаchаdоn kichik chаnоq bo’shliғi mаrkаzidа, dumғаzа simfis vа bаchаdоn bo’shliғi еn dеvоrlаridаn bir хil mаsоfаdа jоylаshаdi. Bаchаdоn аntеvеrziо аntnflеksiо xоlаtidа jоylаshаdi bаchаdоn tubi kichik chаnоqdаn tаshqаrigа chiqmаydi vа yuqоrigа vа оldingа qаrаgаn bo’lаdi, bаchаdоn bo’yni qin qismi оrqаgа vа pаstgа qаrаgаn bo’lаdi. Tаnа vа bаchаdоn bo’yni оrаsidа оldingа оchilgаn to’mtоq burchаk xоsil bo’lаdi. Jinsiy а’zоlаr nоto’ғri jоylаshishi nоrmаl jоylаshishdаn аnchа chеtgа chiqishdir., аеldа yalliғlаnish jаrаеni, o’smаsimоn xоsili, еpishish jаrаеni, trаvmа, rivоjlаnish nuqsоlаri jinsiy а’zоlаr еtаrli rivоjlаnmаsligi оqibаtidа vujudgа kеlаdi.

Gipеrаntеflеksiya ( bachadon patologik antefleksiyasi) Bu xolatda bachadonning oldingi egilishi kuzatiladi, buning natijasida bachadon tanasi va bo’yni orasida o’tkir burchak (70 dan kam )hosil bo’ladi. Bu holatning asosiy sabablari jinsiy a’zolar va boshqa a’zolar yallig’lanish jarayonlar, jinsiy infantilizm hisoblanadi.Bu holat menstrual siklning, bepushtlikning (oligomenoreya, gipomenoreya, opsomenoreya, algodismenoreya) bilan namoyon bo’ladi. Tashxis ginekologik ko’ruv asosida qo’yiladi- bachadonning oldingi keskin egilishi, normal o’lchamda, qin devori qalinlashgani aniqlanadi. Bu patologiyani keltirib chiqargan va chqiruvchi omiliga qarab davolanadi. Menstruatsiya paytida og’riq sezilarli darajada kuchli bo’lganda bemorga nonarkotik analgetiklar, smazmolitiklar va yallig’lanishga qarshi dori vositalar buyuriladi.

Bachadon retrofleksiyasi. Tana o’rta o’qida bachadon sining orqaga egilishi. Buning natijasida bachadon tanasi va bo’yni orasida orqaga ochilgan burchak hosil bo’ladi.

Fiksatsiyalangan va harakatchan retrofleksiya farq qilinadi. Fiksatsiyalangan retrofleksiyani sababi yallig’lanish jarayoni va endometrioz natijasida bo’ladigan kichik chanoqdagi yopishish jarayoni hisoblanadi. Harakatchan retrorefleksiya astenik tana tuzilishli ayollarda( ingichka suyakli tana skeletda, ko’krak qafasi uzun bo’lganda qo’zg’aluvchanlik, ta’sirchanlik, enteroptoz) infantilizmda, tug’ruqdan keyin, ayollarda keskin ozish natijasida ( og’ir kasalliklarda, noratsional ovqatlanishda) bachadon apparatining ushlab turuvchi, osib qo’yuvchi va mustahkamlovchi tonusining pasayishi kuzatiladi. Harakatchan retrofleksiya odatda klinik belgilarsiz kechadi. Fiksatsiyalangan retrofleksiya patognomik, klinik belgilarga ega bo’lmaydi. Bemorni odatda kasallika xos shikoyatlari, ya’ni bachadon noto’g’ri joylashishi sabablari ( yallig’lanish jarayonlari yoki endometrioz) bezovta qiladi. Uzoq vaqt retrofleksiyani mavjudligi ko’pincha jinsiy a’zolar tushishiga olib keladi. Qin orqali tekshirganda bachadon tanasi orqaga egilishi, bachadon bo’yni oldinda joylashishi ko’rinadi. Harakatchan retrofleksiyada bimanual tekshirganda bachadon tezda normal holatga keladi. Fiksatsiyalangan retrofleksiyada bachadonni normal holatga keltirishga urinish keskin og’riq va chanoq a’zolari funksiyasi buzilishiga sabab bo’ladi. Davolash menstrual sikl buzilishi shikoyatlari, dumg’aza va qorin pastki sohasida og’riqlar, jinsiy qo’shilishdagi og’riqlar asosida bajariladi. Endometrioz bo’lganda maxsus bo’lsa, uning asoratlarini oldini olishga qaratilgan terapiya o’tkaziladi. Ginekologik massaj, gimnastika, fizioterapiya, vitaminoterapiya, senator-kurort davolash o’tkaziladi. Bachadon ko’ndalang o’qi atrofida aylantiriladi va qayiltiriladi. Kichik chanoqda o’sma jarayoni bo’lganda bir tomonlama dumg’aza-bachadon bog’lami yallig’lanishiga olib keladi ( o’sma bachadonning orqa va yon tarafida joylashadi). Bu patologiyani davolash sabab bo’luvchi faktorni bartaraf etishdan iborat.

Bachadon buralishi-bu bachadon tanasini ko’ndalang o’qining bachadon bo’yni fiksatsiyasi asosida aylanishi. Bu holatning sababi bir tominlama tuxumdon hajmli hosilasi ( kista, kistoma) yoki bachadon miomasining qorin parda osti joylashishi hisoblanadi. Davolash-keltirib chiqargan faktorni bartaraf etish.

Bachadon elevatsiyasi-bachadonni yuqoriga birikishi. To’lga siydik pufagi va to’gri ichakda ham fiziologik elevatsiya kuzatilishi mumkin. Patologik elevatsiya sababi bo’lib, bachadon ortig’I hajmli hosilasi, gematoma va boshqa patologik protseslar bo’lishi mumkin.

Davolash-keltirib chiqargan faktorni bartaraf qilish.

Jinsiy a’zolar tushishi va osilishi- bu shunday holatki, unda bachadon bo’yni spinal chiziqdan pastda joylashadi. Jinsiy a’zolar tushishi- bachadon jinsiy yoriqdan qisman chiqadi- faqat bachadon bo’yni (qisman tushish) yoki to’liq tushish.

Malinovskiy bo’yicha tasnifi.

1-daraja. Jinsiy a’zolar tushishi-bachadon bo’yni spinal yuzada pastda joylashadi, qin devoir qin dahlizigacha yetishi kuzatiladi.

2-daraja. Jinsiy a’zolarning to;liq bo’lmagan tushishi- bachadon bo’yni jinsiy yoriqdab chiqib turadi, tanasi undan yuqorida joylashadi.

3-daraja. Jinsiy a’zolarning to’liq tushishi-butun bachadon jinsiy yoriqdan pastda joylashadi.

Bu holatlarni keltirib chiqaruvchi faktorlar:



  1. Tug’ruq vaqtida oraliq va chanoq diafragmasi muskullarini travmatizatsiyasi (ayniqsa oraliq tikilmaganda yoki ikkilamchi infeksiya bo’lganda) tez-tez tug’ruq.

  2. Ayollarda astenik tuzilishli oziqlanishni pasayishi, og’ir jismoniy mehnat bilan shug’illanish, surunkali qabziyat, jinsiy infantilism, keskin ozish bilan bog’liq, tug’ruq bilan esa bog’liq bo’lmagan oraliq muskullar kuchsizligi.

  3. Katta yosh va qarilikdagi to’qimalar atrofiyasi. Ko’pincha bachadon tushishi bachadon retrofleksiyasida kuzatiladi. Bachadon tushishida qin devorlari tushishi, tushganda ularning ichiga o’girilishi kuzatiladi. Qin devorlari tushishi va ichiga o’girilishi u bilan bog’liq bo’lgan siydik pufagi (sistosele) va tog’ri ichak (rektosele) tushishi va ichiga o’girilishiga olib keladi.

Klinik belgilar: Bemorlarni yo’tal, aksirish, yuk ko’targanda kuchayuvchi og’riq, qorinni pastki qismida og’irlik, qinda yod narsani his qilish, defikatsiya va siydik ajratishning buzilishi, siydik va gaz ushlay olmaslik bezota qiladi. Jinsiy a’zolar tushishi ularning shilliq qavatida yotoq yaralar, yoriqlar, trofik yaralar kuzatilishi mumkin. Unga ikkilamchi infeksiya qo’shilib siydik ayirish sistemasiga tarqalishi mumkin. O’girilib qolgan bachadon ko’kimtir rangli, shishgan (qon va limfa aylanishi buzilishi tufayli, bemor gorizontal holatda oson to’g’irlanadi).

Davolash: Bachadon tushishida dieta terapiya, vitaminoterapiya, gimnastika, suv muolajalari qo’llaniladi. Ayol og’ir ishdan yengilroq ishga o’tkaziladi. Jinsiy a’zolar to’liq yoki qisman tushishida xirurgik davolanadi.

Ushbu mashg’ulotda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

mushuk qopda”

Ish uchun kerak:


  1. Savollar va variantlar jamlamasi

  2. Guruxdagi talabalar o’rni bo’yicha raqamlar

  3. Toza qog’oz va ruchka


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish