3. Fan ichi va fanlararo bog‘liqliklar.
Ushbu mavzuni o‘tish talabalarni Anatomiya, Gistologiya – embriologiya va sitologiya bilan, Biologiya, Normal fiziologiya, Bioximiya, Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Ichki kasalliklar propidevtikasi, Sil kasalliklari, Onkologiya, Rentgenologiya va tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya asoslarini bilishlariga asoslanadi.
4. Nazariy qism
Dars taxlilida mashg‘ulotning quyidagi qismlariga etibor beriladi:
O‘t qopini olib tashlangandan so‘ng yuzaga keluvchi va bevosita o‘tkazilgan operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar bo‘lib quyidagilar xisoblanadi: 1) o‘t qopining bo‘lmasligi sindromi; 2) o‘t yo‘lining cho‘ltog‘i sindromi; 3) stenozlovchi xolangit va papillit. Postxolesistektomik sindromning klinikasi o‘ng qovurg‘a yoyi ostida to‘mtoq og‘riqlar, o‘t kolikasining qaytalama xurujlari (tosh xosil bo‘lganida), xolangit simptomlari bilan xarakterlanadi. Tashxisni vena ichi xolegrafiyasi, retrograd xolangiopankreatografiya orqali tasdiqlash mumkin. Bazan xolestz belgilari, yallig‘lanish ustunlik qilganida – solangit simptomlari kuzatiladi. Ko‘pincha dispeptik va ichak bUTTlishlari kuzatilib, ular ayniqsa ko‘p miqdorda va yog‘li ovqat yeyilganidan so‘ng kuchayadi. Davosi o‘t yo‘llari diskineziyasi va xolesistit davosi bilan bir xil, toshlar va strikturalar bo‘lganida qayta operatsiya qilinadi.
Erta va kechki operatsiya qilingan meda kasalliklari farqlanadi. Ularga: Demping sindrom, gipoglikemik sindrom, olib keluvchi xalqa sindromi, anastamozning peptik yaralari kiradi. Demping sindromda odatda ovqatdan so‘ng 10-15 daqiqa o‘tgach (ayniqsa shirin va sutli maxsulotlardan so‘ng) to‘satdan keskin xolsizlik, terlash, arterial gipotoniya, taxikardiya, bosh og‘rig‘i, ifodalangan mushak gipotoniyasi va yotishga bo‘lgan kuchli moyillik kuzatiladi. Bazan qorinda kesuvchi og‘riqlar, g‘uldirash bo‘lib, ich ketishi bilan yakunlanadi. Gipoglikemik sindromda to‘satdan xolsizlik, bosh aylanishi, ovqatdan 2-3 soat o‘tib keskin qorin ochishi, uchliklar titrashi, taxikardiya, gipotoniya yuzaga keladi. Qonda gipoglikemiya kuzatiladi. Bemor axvoli ovqat yegach yaxshilanadi. Olib keluvchi xalqa sindromida epigastral soxada, o‘ng qovurg‘a yoyi ostida og‘riqlar, yengillik keltiruvchi ko‘plab qayt qilish kuzatilishi mumkin. Ovqatdan so‘ng qayt qilishlar oqibatida bemorlar o‘zini ovqatdan cheklaydi.
Operatsiya qilingan meda kasalliklari
|
Rivojlanish mexanizmi
|
Klinik manzara
|
Tashxislash
|
Davolash
|
Demping sindrom. Bilrot II bo‘yicha meda rezeksiyasi o‘tkazgan bemorlarning 30-40%ida uchraydi.
|
Meda saqlamasining evakuatsiyasini tezlashishi va ovqat massalarining ingichka ichak bo‘ylab tezkor passaji → ingichka ichakning boshlang‘ich qismida osmotik faol moddalarning nofiziologik yuqori konsentratsiyasi to‘planishi → tomir ichi suyuqligining ingichka ichakka o‘tishi va AQXning kamayishi → tomirlar o‘zanining impresso- va volyumoretseptorlari tasirlanishi → katexolaminlar, serotonin, asetilxolin, bradikininning qonga tashlanishi.
|
Ovqat vaqtida yoki 5-20 daqiqa o‘tib, ayniqsa shirin va sutli ovqatlardan so‘ng bemorda kuchli xolsizlik, terlash, yurak urib ketishi, uyquchanlik, yuz oqarishi yoki giperemiyasi, bosh aylanishi, gipotoniya, kam xollarda AQB oshishi, bazan xushdan ketish ro‘y beradi. Epigastral soxada og‘irlik va diskomfort, ko‘ngil aynishi, bazan qayt qilish, kekirish, meteorizm, ich ketishi kuzatiladi. Vaqt o‘tishi bilan ishtaxa pasayadi, tana massasi kamayadi, asteniya, psixik depressiya rivojlanib, ishiga oilaga bo‘lgan qiziqish kamayadi. Ko‘pincha diensefal sindrom paydo bo‘lib keskin xolsizlik, yurak urib ketishi, paresteziyalar bilan kechadi. Xuruj ko‘p miqdorda peshob va najas ajralishi bilan yakunlanadi. Xuruj 10 daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi.
|
Xos bo‘lgan simptomatika. Rentgenologik tekshiruvda: bariy aralashmasining meda cho‘ltog‘idan tez evakuatsiya bo‘lishi (“tashlanishi”) va ingichka ichak bo‘ylab tezlashgan passaj.
|
Parxezdan yengil xazm bo‘luvchi uglevodlar, sutli maxsulotlar, o‘ta issiq yoki sovuq ovqatlar chiqarib tashlanadi. Birinchi va ikkinchi ovqatlarning o‘rni almashtiriladi. Ovqatdan so‘ng 30 daqiqa davomida o‘rinda yotish yoki kresloda yarim yotgan xolatda bo‘lish tavsiya etiladi. Antiserotonin preparatlari buyuriladi (rezerpin, peritol). Konservativ davo samarasiz bo‘lgan og‘ir xollar rekonstruktiv gastroeyunoduodenoplastikaga ko‘rsatma bo‘ladi.
|
Gipoglikemik sindrom (kechki demping sindrom) meda rezeksiyasini o‘tkazgan bemorlarning 5%ida uchraydi.
|
Och ichakka bir vaqtda ko‘p miqdorda so‘rilishga tayyor uglevodlar tushadi → qonda qand miqdori ortadi → insulin ko‘p miqdorda xosil bo‘ladi→ keyinchalik gipoglikemiya rivojlanadi.
|
Ovqatdan 2-3 soat o‘tib rivojlanadi. O‘ta kuchli ochlik xissi, ko‘krak ostida so‘ruvchi og‘riqlar, xolsizlik, ko‘plab ter ajralishi, yurak urib ketishi, bosh aylanishi, ko‘z oldi qorong‘ulashuvi, qizib ketish, butun tananing qaltirashi, bazan xushni yo‘qotish kuzatiladi. Bemor yotishga majbur bo‘ladi. AQB pasaygan, qonda qand miqdori past ko‘rsatkichlargacha tushib ketadi. GS bir necha daqiqadan 2 soatgacha davom etadi.
|
Xos bo‘lgan simptomatika. Glyukoza berilgach glikemik egrilik bo‘lishi. Qonda glyukozaning tez va o‘tkir ko‘tarilishidan so‘ng keskin va avvalgi ko‘rsatkichdan ham kamroqqa pasayishi ro‘y beradi.
|
Gipoglikemiya xurujlarini o‘rnini qoplash. Bemor GSning mushkul vaziyatlariga tushib qolmaslik uchun o‘zi bilan doimo qand yoki pechene olib yurishga majbur.
|
Olib keluvchi xalqa sindromi. Bilrot II bo‘yicha meda rezeksiyasi o‘tkazgan bemorlarning 5-10%ida uchraydi.
|
Duodenal saqlamalarning evakuatsiyasining buzilishi oqibatida yeyilgan ovqatning bir qismi olib ketuvchi emas, balki olib keluvchi ichakka o‘tib qoladi.
|
Bemorlar ovqatlangandan so‘ng 30min-1soat o‘tib qovurg‘a yoyi va ko‘krak ostidagi og‘irlikka, ko‘ngil aynishiga, ko‘p miqdordagi, suyuq va o‘t bilan qayt qilishga shikoyat qiladilar. Qayt qilish yengillik keltiradi. Ko‘plab qayt qilish elektrolitlar yo‘qotilishiga, hazm qilishning buzilishi va tana massasining kamayishiga olib kelishi mumkin.
|
Rentgenologik belgilari bo‘lib kontrastning och ichakning olib keluvchi qismida uzoq vaqt ushlanib qolishi, uning peristaltikasining buzilishi, ichak xalqasining kengayishi xisoblanadi.
|
Ovqatlangandan so‘ng ovqatning olib keluvchi xalqaga tashlanishini oldini olish maqsadida chap yonboshda yotish tavsiya etiladi. Prokinetiklar qo‘llaniladi (metoklopramid, loperamid, bromoprid). Og‘ir xollarda rekonstruktiv operatsiya qilinadi.
|
Postgastrorezeksion anemiya. meda rezeksiyasini o‘tkazgan bemorlarning 15%ida uchraydi.
|
Temir tanqisligi anemiyasi anastamozning peptik yaralaridan qon ketishidan kelib chiqishi mumkin bo‘lib, bu simptomsiz bo‘lishi ham mumkin. Uni rivojlanishiga ingichka ichak bo‘ylab passajning tezlashishi va atrofik enterit oqibatida temirning ionizatsiyasi va so‘rilishining buzilishi keng imkon beradi. Ichki faktor sintezining kamayishi vitamin V12 utilizatsiyasini kamaytiradi → giperxrom anemiya rivojlanadi.
|
Anemiyaning klinik manzarasi.
|
Anemiyadagi diagnostik tekshiruv natijalari..
|
Temir sulfat, temir laktat, ferrokal, ferropleks, feramid, ferrogradumet, tardiferon va boshqalar qo‘llaniladi. Ferroterapiya askorbin kislotasini qabul qilish bilan birga olib boriladi. Vitamin V12 tanqisligida oksikobalmin yoki sianokobalmin qo‘llaniladi.
|
PXES ko‘rinishlari
|
Klinik ko‘rinishi
|
Davolash
|
O‘t qopi bo‘lmasligi sindromi (xoledox yoki Oddi sfinkterining spazmi)
|
Xolesistektomiyadan so‘ng operatsiya qilingan bemorlarning taxminan 50%ida Oddi sfinkterining gipertonusi bo‘ladi deb xisoblanadi. Odatda uning spastik xolatida tipik irradiatsiya beruvchi o‘tkir, davomli bo‘lmagan og‘riqlar yuzaga keladi. Yog‘larni ko‘tara olmaslik kuzatiladi. Og‘riqlar psixoemotsional zo‘riqish oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Xatto kuchli og‘riqlar vaqtida ham isitma, sariqlik, teri qichishi bo‘lmaydi.
|
O‘tkir og‘riqlar davrida spazmolitiklar qo‘llaniladi. Muxim omillardan bo‘lib avaylovchi parxez (№5 individual qabulni xisobga olib), tez-tez ovqatlanish xisoblanadi. Issiqlik applikatsiyalari, novokain yoki magniy sulfat bilan elektroforez, diatermiya, induktometriya, UVCh buyurish mumkin.
|
Obstruksion sindrom. “Unitilgan toshlar” (97% xolda) va o‘t yo‘llarida qaytadan xosil bo‘lgan toshlar (3% xolda)oqibatida hamda surunkali pankreatit, o‘t yo‘li cho‘ltog‘ining divertikuliti oqibatidagi umumiy o‘t yo‘li stenozi oqibatida kelib chiqadi.
|
Xoledoxolitiazning klinik manzarasi o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi, bazan o‘ng yelka va kurakka uzatiluvchi og‘riqlar bilan xarakterlanadi. Og‘riqlar o‘t qopini olingunicha bo‘lgan og‘riqlar bilan bir xil bo‘ladi. Kolika xurujlari odatda peshob rangining to‘qlashuvi, teri qichishi, bazan sariqlik va najas rangining oqarishi bilan kechadi. Xuruj maxalida harorat oshishi va qaltirash kuzatilishi mumkin. Xurujlar orasida qorinning yuqori qismi yoki o‘ng qovurg‘a yoyi osti soxasida doimiy og‘riqlar, ovqatdan so‘ng ko‘krak osti soxasida og‘irlik kuzatiladi.
|
Xoledoxdagi ko‘ndalang o‘lchami 1sm.dan kam toshlar 50 % xollarda 4-6 hafta davomida spontan tushib ketadi. T-simon drenajlar bilan chayish va toshlarni lokal parchalash (litotripsiya) toshlarning tushishini tezlashtirishi mumkin. Sariqlik borligi, o‘t yo‘llari diametrining 1 sm.dan kattalashishi, xolangit klinikasi bo‘lgan xollar xoledoxotomiyaga ko‘rsatma bo‘ladi.
|
O‘t qopi yo‘lining ortiqcha cho‘ltog‘i
|
Siptomatologiya aniq belgilarga ega emas. Ko‘pincha o‘ng qovurg‘a yoyi ostida og‘riq xurujlari, bazan isitma, sariqlik bilan birga kuzatiladi.
|
Og‘riq sindromi va o‘t gipertenziyasining belgilari qayta operatsiya uchun ko‘rsatma xisoblanadi: o‘t qopi yo‘lining ortiqcha cho‘ltog‘i olib tashlanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |