O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy-pedagogika fakulteti 3-sonli ichki kasalliklar kafedrasi



Download 2,08 Mb.
bet45/139
Sana31.12.2021
Hajmi2,08 Mb.
#239128
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   139
Bog'liq
7 гастро. лотин (2)

Baxolash mezonlari

Maksimal ball 20-19

18-17 ball

16-15 ball

14-13 ball

12 ball

alo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon


100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va kamroq


4.1 Analitik qism

Vaziyatli masalalar:

1. Bemor 34 yoshda, UAShga ovqatlanganidan so‘ng paydo bo‘luvchi epigastral soxada va o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi og‘irlik va yoyilgan og‘riqlarga, o‘qtin-o‘qtin yengillik keltiruvchi, ko‘plab, o‘t bilan qayt qilishga shikoyat qilib murojaat qildi. Anamnezdan 6 oy avval oshqozon yara kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan (Bilrot II bo‘yicha). Ko‘rilganda: umumiy axvoli o‘rta og‘irlikda, to‘yinishi past darajada, Yurak: tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls 98ta/min. AQB 100/60 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Qorni yumshoq, epigastral soxasi bir oz og‘riqli. Ovqat qabil qilgan zaxoti o‘ng qovurg‘a yoyi ostida shish kuzatilib, qayt qilishi bilan yo‘qoladi. Jigar va talog‘i kattalashmagan. Ich kelishi qabziyatga moyil.

1.Yuqoridagi simptomlar kuzatiluvchi kamida 4 ta jarroxlikdan keyingi kasalliklarni ko‘rsatib bering.

2. Taxminiy tashxis;

3. Informativ tekshirish usullari;

4. Eng informativ tekshirish usuli va unda bo‘ladigan o‘zgarishlar;

5. UASh taktikasi.

Javoblar:




Javoblar

Ball

1

Demping-sindrom, gipoglikemik sindrom, olib keluvchi xalqa sindromi, anastamozning peptik yarasi.

15

2

Olib keluvchi xalqa sindromi

25

3

Bariy bilan rentgenoskopiya, EFGDS

20

4

Bariy bilan rentgenoskopiya:olib keluvchi xalqaning antirefluks qisqarishi

20

5.

Operativ davo uchun xirurgga yuborish.

20

__________________________________________________________________

2. Bemor 38 yoshda. UAShga ovqatdan so‘ng, ayniqsa shirinliklar istemolidan keyin 10-15 daqiqa o‘tgach keskin bo‘ladigan xolsizlik, sovuq ter bosishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, yurak urib ketishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: bemor 12 b.i. yara kasalligi bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan. Bemor ahvoli gorizontal xolatda yaxshilanganligi uchun ovqatdan so‘ng darxol yotib olishga xarakat qiladi. Ko‘zdan kechirilganda bemor ozg‘in, teri va ko‘rinarli shilliq qavatlari oqargan, toza. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Yurak: tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 100ta. AQB 100/60 mm.sim.ust. Tili ildiz soxasida oq karash bilan qoplangan. Qorni yumshoq, epigastral soxada og‘riqli. Jigar va talog‘i kattalashmagan.

1. Taxminiy tashxis;

2. Qo‘shimcha tekshirish usullari;

3. UASh taktikasi bemorni olib borishni to‘liq yoritish bilan birga (medikamentoz va nomedikamentoz). __________________________________________________________________

3. Bemor 29 yoshda. UAShga ovqatdan so‘ng 30-40 daqiqa o‘tib epigastral soxada og‘riqlar bo‘lishi, ularning operatsiyadan avvalgiga qaraganda kuchliroq va davomliroqligiga, ko‘ngil aynashi va zarda qaynashiga shikoyat qilib murojaat qildi. Anamnezdan: 2 oy avval bemorda oshqozon rezeksiyasi, gastroenteroanastamoz qo‘yish bilan birga operatsiyasi o‘tkazilgan. Obektiv: bemor to‘yinganligi o‘rta darajada, teri va ko‘rinarli shilliq qavatlari odatdagi rangda, toza. Yurak – tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 80 ta. AQB 120/60 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Tili oq karash bilan qoplangan. Qorni yumshoq, epigastral soxada lokal og‘riqli. Jigar va talog‘i kattalashmagan. Ich kelishi qabziyatga moyil.

1. Qaysi 3 ta kasalliklarda yuqorida keltirilgan shikoyatlar kuzatiladi?

2. Taxminiy tashxis;

3. Tekshirish usullari;

4. UASh taktikasi bemorni olib borishni to‘liq yoritish bilan birga (medikamentoz va nomedikamentoz).

__________________________________________________________________

4. Bemor X. 35 yoshda. UAShga oxirgi 2 oy davomida o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi kolikasimon og‘riqlarga, bazida ovqatdan so‘ng ko‘ngil aynishi va qorin dam bo‘lishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: yarim yil avval o‘t-tosh kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan (xolesistektomiya). Obektiv: t 36,6 S Yurak – tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 80 ta. AQB 110/70 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Qorni yumshoq, o‘ng qovurg‘a yoyi osti og‘riqsiz. Ortner, o‘ng taraflama frenikus simptomlari manfiy. Jigar va talog‘i kattalashmagan. UQT, UST o‘zgarishsiz.

1.Yuqoridagi simptomlar kuzatiluvchi kamida 4 ta kasallikni sanab bering;

2. Taxminiy tashxis;

3. Informativ tekshirish usullari;

4. UASh taktikasi;

__________________________________________________________________

5. Bemor X. 36 yoshda. UASh.ga o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi ovqatdan so‘ng bo‘luvchi to‘mtoq, tortuvchi og‘riqlarga, ularni o‘ng kurakka uzatilishiga, ich kelishining noturg‘unligiga va uni yog‘lik yoki ko‘p miqdorda ovqatdan so‘ng kuchayishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: yarim yil avval o‘t-tosh kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan (xolesistektomiya). Oxirgi 3 oyda yuqoridagi shikoyatlar bezovta qilmoqda. Obektiv: Yurak – tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 70 ta. AQB 120/60 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Qorni yumshoq, o‘ng qovurg‘a yoyi osti og‘riqli. Ortner, o‘ng taraflama frenikus simptomlari manfiy. Jigar va talog‘i kattalashmagan. UQT, UST o‘zgarishsiz.

1.Yuqoridagi simptomlar kuzatiluvchi kamida 4 ta kasallikni sanab bering;

2. Taxminiy tashxis;

3. Informativ tekshirish usullari;

4. Ushbu tashxisni tasdiqlashda xal qiluvchi axamiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha tekshirish usulini ayting.

5.UASh taktikasi;

__________________________________________________________________

6. Bemor 31 yoshda. UASh.ga epigastral soxadagi davriy to‘mtoq og‘riqlarga, og‘iz qurishi va og‘izda achchiq tamga, kekirish, ko‘ngil aynishi, ishtaxa pasayishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan 2 oy avval oshqozon ya.k. bo‘yicha operatsiya qilingan (Bilrot 2 bo‘yicha meda rezeksiyasi). Ko‘rilganda: Yurak – tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 80 ta. AQB 110/60 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Qorni yumshoq, epigastral diffuz tarqalgan og‘riqlar. Jigar va talog‘i kattalashmagan.

1.Yuqoridagi simptomlar kuzatiluvchi kamida 4 ta kasallikni sanab bering;

2. Taxminiy tashxis;

3. Informativ tekshirish usullari;

4. UASh taktikasi bemorni olib borishni to‘liq yoritish bilan birga (medikamentoz va nomedikamentoz).

__________________________________________________________________

7. Bemor X. 35 yoshda. UAShga epigastral soxadagi, orqaga uzatiluvchi, ba’zan belbog‘simon xarakterdagi og‘riqlarga, ularning yog‘li ovqatdan so‘ng kuchayishiga, zarda qaynashiga, og‘iz qurishiga, kekirishga, qayt qilishga, ishtaxaning pasayishiga, ich ketishlarga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: yarim yil avval o‘t-tosh kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan (xolesistektomiya). Operatsiyadan so‘ng yuqoridagi shikoyatlar bezovta qilmoqda. Obektiv: Bemor oriqlagan. Yurak – tonlari o‘rta jaranglikda, ritmik. Puls daqiqasiga 90 ta. AQB 110/60 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Qorni yumshoq, epigastral soxa og‘riqli. Chap taraflama frenikus simptomlari musbat. Jigar va talog‘i kattalashmagan.
1.Yuqoridagi simptomlar kuzatiluvchi kamida 5 ta kasallikni sanab bering;

2. Taxminiy tashxis;

3. Informativ tekshirish usullari;

4. Najas taxlilida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi..

5.UASh taktikasi;

_________________________________________________________________

8. Bemor 34 yoshda, UASh.ga oxirgi vaqtda paydo bo‘lgan sababsiz xolsizlikga, ishtaxa yo‘qligi, ozish, epigastral soxada og‘irlik va noaniq og‘riqlarga, najasning “ko‘mirsimon”qorayib kelishiga shikoyat qilib keldi. Uzoq yillar mobaynida yara kasalligi bilan og‘rigan. 2 yil avval oshqozan yara kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan (Bilrot 1 bo‘yicha). Oxirgi 10 yil mobaynida kasallik avjlanishi kuzatilmagan. 20 yil avval virusli gepatit “A” o‘tkazgan. Obektiv ko‘rilganda bemor to‘yinganligi past darajada. Teri va shilliq qavatlari oqargan, chap o‘mrov osti soxasida kattalashgan limfa tugunlari aniqlanadi. Cor – tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik puls daqiqaiga 95ta. AQB 100/70 mm.sim.ust. O‘pkalarida vezikulyar nafas eshitiladi. Tili kir-kulrang karash bilan qoplangan. Qorni yumshoq, palpatsiyada pilorik qismda og‘riqli.

1. Yuqoridagi shikoyatlar va simptomlar bilan kechuvchi 2 tadan kam bo‘lmagan kasallik va 3 tadan kam bo‘lmagan asoratni sanab bering;

2. Taxminiy tashxis (asosiy, asoratlar);

3.Informativ tekshirish usullari;

4. Ushbu bemordagi kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida UASh qanday dispanser nazoratini o‘tkazishi kerak;

5. UASh taktikasi.



Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish