2.1 Streptotsid- Streptocidum
Tasvirlanishi: oq yoki sarg’imtir rangli hidsiz kukun.
Eruvchanligi: organik erituvchilarda atseton, vodorod xloridda yaxshi eriydi, 96% li spirt qiyin eriydi, issiq suvda yaxshi sovuq suvda kam eriydi .
Chinligi:
UK-spektr. Infraqizil nuri tasirida substansiya, ochuvchi reaktiv sifatida kaliy bromid ishtirokida, 4000 dan 400 sm-1 gacha to’lqin hosil qiladi.
UB-spektr. Ultrabinafsha spektri uchun 0.0008% li preparat olinib, 0.01M NaOH ishtirokida olib boriladi va 220-330 oralig’ida maksimum 251nm to’lqin uzunligini hosil qiladi.
UB-spekt. Ultrabinafsha spektri uchun 0.015% preparat olinib, 1M HCl ishtirokida olib boriladi va 220-320nm to’lqin hosil qiladi, maksimum 264-271 nm, minimum 241-268 nm, o’rtacha 257-268 nm to’lqin uzunligini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |