Bromatometrik usul. Sulfanilamid preparatlarining miqdorini aniqlashda fenollarga o‘xshash bromatometriyaning ikki xil usulidan foydalanish mumkin. Ulardan biri ma’lum miqdordagi preparatning xlorid yoki sulfat kislotadagi eritmasini kaliy bromid va metiloranj indikatori ishtirokida suyuqlik rangsizlangunga qadar kaliy bromatning 0,1 mol/1 eritmasi bilan bevosita titrlashga asoslangan:
Reaksiyaning ekvivalent nuqtasida oxirgi qo‘shilgan bir tomchi ortiqcha kaliy bromat eritmasi metiloranjni oksidlab rangsizlantiradi.
Bromatometriyaning boshqa usuli titratning ortiqchasi bo‘yicha qayta titrlashga asoslangan bo‘lib, bunda sulfanilamidning kislotadagi eritmasiga kaliy bromid ishtirokida kaliy bromatning 0,1 mol/l eritmasidan ortiq hajmda qo'shib, so‘ngra uning reaksiyaga kirishmay qolgan qismi yodometrik usulda aniqlanadi.
Geterosiklik halqa, ayniqsa norsulfazol, etazol kabi oltingugurt geteroatomi saqlagan sulfanilamid preparatlar yengil oksidlanuvchanligi sababli, ularni bromatometrik usul bilan aniqlash tavsiya qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |