Shaxs va individuallik. Xar bir kishining shaxsi uning individualligi vujudga
keltiradigan xislatlar va fazilatlarning fakat unga xos birikuvidan tarkibtopgandir.
Individuallik-kishining uziga xosligini, uning boshka odamlardan farkini aks
ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter
xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi kizikishlarda, bilish jarayonlariga oid
fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) da kobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos
uslubda va xokazolarda namoyon buladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir
xildagi birikmasini uzida mujassamlashtirilgan odam yuk-inson shaxsi uz
individualligi jixatidan betakrordir.
Shunday kilib individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning fakat bitta jixati
bulib xisoblanadi, xolos!
Individuallik bilan shaxsning tuzilishi urtasidagi uzaro bogliklik.
"Shaxs
va individuallik" tushunchalari kanchalik darajada birlikdan iborat bulganiga
karamay, bir-biriga mos kelmasligining uzi xam shaxsning tuzilishini kishining
individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allakanday shakl
sifatida tasavvur kilish imkoniyatini bermaydi. "Shaxs" va "individuallik"
tushunchalari (xuddi "individ" va "shaxs" tushunchalari singari) aynan bir-biriga
uxshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiat ijtimoiy munosabatlar sub'yekti
sifatida, individning sitemasi tarzidagi sosial fazilat sifatida karaladigan Garb
psixologiya fanining nomarksistik yunalishlarida shaxs bilan individuallikning
strukturasi (ya'ni tuzilishi, tashkil topishi) bir-biriga tamomila mosligi tan olinadi.
Bunday psixologik maktablar va yunalishlarning vakillari individuallikning tuzilishi
anik ta'riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini tulaligicha uz ichiga oladi va ta'riflab
beradi, degan nuktai nazarni ilgari surishadi. Jumladan, psixologlar maxsus shaxsiy
suroknomalarni kullashadi (bular sinaluvchining uziga, uzining individual-shaxsiy
fazilatlariga uzi baxo berishini taklif etadigan savollardan tashkil topgan uziga xos
anketalardir). Ulardagi javoblar mazmunini taxlil kilgan va surok natijalarini
matematik amallar vositasida kayta ishlagan xolda tadkikotchi biron bir xislatning
(tipning) ana shu xislatga mos keladigan darajasida namoyon bulishining sonlar bilan
ifodalanadigan belgisiga ega buladi. Lekin bunday metodlr yordamida nari borsa
kishining individualligi tavsiflanishini tasavvur kilish mumkin. Birok kishi jalb
etilgan ijtimoiy munosabatlarning "yaxlit birligida" shaxsni xar tomonlama tavsiflab
bulmaydi.
Xakikatda esa, agar shaxs xamisha uzining konkret sosial muxiti bilan "xakikiy
munosabatlari" sub'yekti sifatida namoyon bulishi inobatga olinadigan bulsa,
"shaxsning tuzilishiga konkret sosial guruxlar va jamoalar faoliyati va munosabatida
tarkib topadigan ana shu "xakikiy munosabatlar" va alokalar mukarrar tarzda
kiritilishi shart. Suroknomalar esa kishining uziga xali shakllanib bulmagan sosial
muxit sharoitidagi, "umuman mavxum muxitda"gi xolati buyicha beradigan baxosiga
muljallangandir. Shaxsning individlararo real munosabatlaridan iborat jixatini
suroknomalarda aks ettirib va aniklab bulmaydi. aytib utilganidek, suroknomalar
shaxsning tuzilishiga umumiy ta'rif berish xukukiga da'vogarlik kilar ekan, aslida
individuallikni tavsiflashga, individuallik xislatlarining uning bir asosiy belgilari
(omillari) atrofida tashkil bulishi prinsiplarini topishga urinishlar bilan cheklanadi.
Majoziy ma'noda aytganda individual-psixologik xislatlarning keng "kolleksiyasi"
yorliklar
takiladigan
("shizotimiya-siklotimiya"
"introversiya-ekstroversiya",
"xissiyotlilik-vazminlik" va xokazo) bir kancha "vitrinalarda" joylashtiriladi.
Jumladan,
psixologiyada
individuallikning
kupgina
xislatlari-moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, mayillik darajasi, tashvishlanish va shular
kabilar aniklangandir. Bular jumlani individning uziga xosligini kursatadi. Bu
psixologik xodisalar uz moxiyatiga kura uzaro munosabatda bulib, oshkor yoki
oshkora bulmagan xolda allakanday muxitning mavjudligini takozo etadi. Shaxs
aynan ana shunday muxitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovuzkorlik tashvishlanish
va xokazolarni namoyon kiladi. Bordiyu, agar odamlarning individual fazilatlari bu
tadkikotlarda izchil, uzgaruvchan, rang-barang mazmunli tarzda namoyon bulsa, u
xolda sosial muxit uzgarmaydigan, shakllanmagan (amorf), mazmunsiz, "umuman
muxit" sifatida tasavvur kilinadi. Sosial muxitning "shaxs-muxit"dan iborat uzaro
munosabatiga kiyosan as'ana bulib kolgan mexanistik tarzda talkin kilinishi muxitni
yo faol shaxsning uz kuch-gayratlarini ishga soladigan maydon sifatida, yoxud gurux
tarzida shaxsga tazyik kursatuvchi kuch sifatida izoxlaydi. Shaxsning va uni kurshab
turgan sosial muxitning uzaro birgalikdagi xarakatining faol xususiyati tugrisidagi
tasavvur garb fanida na shaxs psixologiyasining nazariy kismlari tukimalariga va na
shaxsiy tadkik etishning psixologik metodlariga kiritilmagandir.
Boshka tadkikotlarda kishi individualligining ekstrapunitivligi (uzining xususiy
muvaffakiyatsizliklari uchun aybni boshka odamlarga agdarish mayli) kabi belgisi
yaxshi jamoa a'zosining fe'l-atvoriga xos bulish-bulmasligi, ya'ni bu uning shaxsida
mukarrar namoyon blish-bulmasligi aniklandi. Oldiniga shaxs testi yordamijda
ekstrapunitivligi yakkol sezilib turgan sportchilar (sportning uynaladigan turlariga oid
komandalarning a'zolari ular juda xam kupchilik edi) guruxi aniklanadi.
Individuallikning ushbu belgisi ular uchun yetakchi xisoblanmish sport faoliyatida
ularning shaxsiga oid fazilatlarni anik kursatib beradigandek tuyuladi. Xakikatda esa
sportchilarning yaxshi uyushgan guruxlarida (xakikiy jamoalarda), shaxsiy test
ma'lumotlariga binoan ekstrapunitiv shaxslar uz komandasi a'zolariga nisbatan
jamoaning aynan bir xil bulib kolishiga karatilgan munosabatda bula boshlashibdi
(11.6.ga karang), ya'ni shaxsning ekatrapunitiv belgisiga tomomila karama-karshi
fazilatni namoyon kilishibdi.
Shunday kilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga
karaganda keng ekanligi shubxasizdir. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning
individualligini kursatadigan va fakat extirosda, ichki kiyofada, kobiliyatlarda va
xokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas,
balki shaxsning rivojlanish darajasi xai xil bulgan guruxlarda, ana shu gurux uchun
yetakchi xisoblangan faoliyat orkali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda
uzini namoyon etishni xam kushish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |